I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
keladi. Vujudga kelgan bunday harakat reaktiv harakat deyiladi
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
keladi. Vujudga kelgan bunday harakat reaktiv harakat deyiladi.
Reaktiv harakatni tasavvur qilish uchun quyidagi tajribani o‘tkazaylik. Probirkaning yarmigacha suv quyib, tiqin bilan yopaylik va 123rasmdagidek aravachaga o‘rnataylik. Quruq yonilg‘i al angasida probirkadagi suvni isitaylik. Suv qaynash darajasiga yaqinlashganda tiqin katta tezlik bilan otiladi, aravacha esa tiqin yo‘nalishiga qaramaqarshi tomonga harakatlanadi. Bunda tiqinni probirkadan otib chiqaruvchi bug‘ning bosim kuchi ga qaramaqarshi yo‘nalgan reaktiv kuch paydo bo‘ladi. Reaktiv kuch ta’sirida aravacha tiqin harakatiga qara maqarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Masalan, tiqinning massasi m 1 = 10 g, aravachaning massasi (quruq yonilg‘i va probirka bilan birgalikda) m 2 = 500 g, tiqin va aravachaning tiqin otilmasdan avvalgi tezliklari υ 1 = υ 2 = 0, tiqinning otilish tez ligi υ 1 ′= 10 m/s ga teng, deylik. Impulsning saqlanish qonunidan foydalanib, tiqin otilganda aravachaning olgan υ 2 ′ reaktiv tezligini hisoblaymiz. 123rasm. Tiqinning harakatiga qa ramaqarshi yo‘nalishda hosil bo‘lgan reaktiv harakat υ → 2 ′ υ → 1 ′ m 1 m 2 141 VI bob. Impulsning saqlanish qonuni m 1 υ 1 + m 2 υ 2 = m 1 υ 1 ′ + m 2 υ 2 ′ tenglikda υ 1 = υ 2 = 0 bo‘lgani uchun chap tomoni nolga teng bo‘ladi: 0 = m 1 υ 1 ′ + m 2 υ 2 ′. Bundan υ 2 ′ = = − m 1 υ 1 ′/m 2 yoki υ 2 ′ = – 0,2 m/s bo‘ladi. Reaktiv harakatni tushunib olish uchun yana boshqa tajribalarni ham o‘tkazish mumkin. 124a rasmda tasvirlangan tajribada suv υ 1 tez lik bilan bir tomonga otilib tursa, nayning o‘zi qaramaqarshi tomonga υ 2 reaktiv tezlik bilan harakat qiladi. 124b rasmdagi tajribada esa bukilgan shisha nayning ikki uchidan suv otilib turadi. Bunda suvning harakatiga qaramaqarshi yo‘nalishda vujudga kelgan reaktiv harakat hisobiga shisha nay aylanadi. Bu sistema Segner parraklari deyiladi. Havo yordamida ham reaktiv harakatni hosil qilish mumkin. 125rasmda shunday qurilmaning asosiy qismi tasvirlangan. Bunda erkin aylanuvchi disk qo‘zg‘almas nayga podshipnik orqali o‘rnatilgan. Siqilgan havo nay orqali disk ichiga kiradi. Bosim ostidagi havo disk chetlariga o‘rnatilgan to‘rtta naycha orqali urinma tarzda tashqa riga otilib chiqib turadi. Bu esa diskni qa ramaqarshi yo‘nalishda aylantiruvchi reaktiv harakatni hosil qiladi. Qurilmaning yordamchi qismi sifatida siqil gan havoni hosil qiluvchi changyutgich dan foydalanish mumkin. Shlang yordamida changyutgichdan katta bosimli siqilgan havo yuborilsa, reaktiv harakat hisobiga disk kat ta tezlikda aylanadi. Yordamchi qism o‘rni ga puflangan havo sharidan ham foydalanish mumkin. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling