150
Saqlanish qonunlari
Masala yechish namunasi
Avtomobil 5 kN motor kuchi ta’sirida 3 km masofani bosib o‘tdi. Avto-
mobil motori qancha ish bajargan?
Berilgan:
Formulasi:
Yechilishi:
F = 5 kN = 5 000 N;
A =
Fs.
A = 5 000 N ⋅ 3 000 m =
s = 3 km = 3 000 m. = 15 000 000 J = 15 MJ.
Topish kerak:
A = ?
Javob:
A = 15 MJ.
Tayanch tushunchalar: mexanik ish, ta’sir kuchining mexanik ishi,
kuchning proyeksiyasi.
1. Shtangachi shtangani yuqoriga ko‘tardi. Uning mushaklari elastiklik kuchlari ba-
jargan ish bilan og‘irlik kuchining ishi orasida qanday farq bor?
2. Harakatlanuvchi jismga qo‘yilgan kuch qanday holda ish bajarmaydi?
1. Yerda turgan yukka 250 N kuch ta’sir etayotgan holda u shu kuch yo‘nalishida
8 m masofaga sudrab olib borildi. Bunda qancha ish bajarilgan?
2. Aravachaga ma’lum bir burchak ostida kuch ta’sir etilib, u 15 m masofaga
olib borildi. Agar aravachaga ta’sir etayotgan kuchning harakat yo‘nalishiga
proyeksiyasi 42 N bo‘lsa, bu yerda qancha ish bajarilgan?
3. Yo‘lda buzilib qolgan avtomobilni 3
kishi turtib, 480 m uzoqlikdagi ustaxo-
naga olib borishdi. Agar ulardan biri avtomobilga 150 N, ikkinchisi 200 N,
uchinchisi esa 250 N kuch bilan ta’sir etib borgan bo‘lsa,
ularning har biri
qanchadan ish bajarishgan? Ularning uchalasi birgalikda qancha ish bajargan?
4. Elektrovoz temiryo‘l vagonlarini 2 km masofaga tortib borganda 240 MJ ish
bajardi. Elektrovoz vagonlarni qanday kuch bilan tortib borgan?
5. Jism yuqoriga tik otildi. Quyidagi hollarda og‘irlik kuchi ishining ishorasi
qan day bo‘ladi?
a) jism yuqoriga ko‘tarilganda;
b) jism pastga tushganda.
6. Massasi 75 kg bo‘lgan kishi binoga kiraverishdagi joydan 6-qavatga
zinada chiq-
qanida qanday ish bajaradi? Har bir qavatning balandligi 3 m.
7. Yo‘ldosh Yer atrofida orbita bo‘ylab aylanadi. Raketa dvigateli yordamida yo‘ldosh
boshqa orbitaga o‘tkazildi. Yo‘ldoshning mexanik energiyasi o‘zgardimi?
151
VII bob. Ish va energiya. Energiyaning saqlanish qonuni
Do'stlaringiz bilan baham: