QO‘SHIMCHA SAVOLLAR
1. Ikkita bir xil qayiqdan birida o‘tirgan bola ikkinchi qayiqni arqon bilan
tortsa, ikkala qayiq bir xil suriladimi? Agar javob salbiy bo‘lsa, qaysi qayiq
ko‘proq suriladi?
2. Osmonda turnalar galasi uchib ketmoqda. Ularning birbiriga nisbatan
harakati haqida nima deyish mumkin?
3. Nima uchun ko‘chish bosib o‘tilgan masofaga teng yoki kichik bo‘lishi
mumkin, lekin katta bo‘la olmaydi?
4. Poyezd oynasidan qaralsa, tashqaridagi daraxtlar, uylar oyna yonidan
chopib o‘tib turadi. Bunda oyna yaqinidagi predmetlar tezligi, oynadan
uzoq dagi predmetlar tezligidan katta bo‘ladi? Nima sababdan?
5. Avtomobil oynasidan kuzatib boruvchi kishiga boshqa avtomobil
g‘ildiragining harakati qanday ko‘rinadi?
6. Avtomobilning o‘ng va chap g‘ildiraklari burilishda bir xil yo‘l bosib
o‘tadimi?
7. Yerda 5,6 m uzunlikka sakraydigan odam Oy yoki Marsda necha
metr uzoqlikka sakrashi mumkin? Agar Yerning massasi Quyoshchalik katta
bo‘lsa, bu uzunlik o‘zgaradimi?
8. Velosipedchi burilayotganida nima uchun burilayotgan tomonga og‘adi?
9. Normal atmosfera bosimi hamma shaharlarda bir xilmi? Bir xil bo‘lma
sa, nima uchun?
10. Yer orbitasi bo‘ylab harakatlanayotgan kosmik kema ichida gugurtni
yoqish mumkinmi?
11. Ishlatilayotgan arra qanday maqsadda moylab turiladi?
12. Nima uchun muz ustida sirpanib ketganimizda orqaga yiqilamiz?
13. Nima uchun parashyutda sakragan odam yerga parashyutsiz odamga
nisbatan sekin tushadi?
14. Mayatnikli, qumli va burama soatlar Oyda ishlatilsa, Yerdagidek ish
laydimi? Nima uchun?
15. O‘tmishda yurtimizda «Qo‘qon arava» nomi bilan mashhur aravalar
ishlatilgan. Ularning g‘ildiraklari otning bo‘yidan ham baland qilib yasalgan.
Buning sababi nimada?
16. Odatda, otaravaning orqa g‘ildiragi oldidagidan kattaroq qilib yasal
gan. Nima uchun?
147
Do'stlaringiz bilan baham: |