162
Saqlanish
qonunlari
1. 135-rasmda tasvirlangan jism qo‘yib yuborilgandan 1 s, 2 s va 3 s vaqt o‘tgan-
dan keyin qanday balandlikda bo‘lishini keltirib chiqaring va tushuntirib bering.
2. 125 m balandlikda turgan 200 g massali jism qo‘yib yuborildi. Jism harakatining
uchinchi va beshinchi sekund oxirlarida potensial va kinetik
ener giyalari qancha
bo‘ladi? Ushbu va keyingi masalalarda
g = 10 m/s
2
deb olinsin.
1. 100 g massali jism tik yuqoriga 30 m/s tezlik bilan otildi. 2
s dan keyin u ning ki-
netik va potensial energiyalari qancha bo‘ladi? Eng yuqori balandlikda jism
qanday potensial energiyaga ega bo‘ladi?
2. Kopyor to‘qmog‘i 6
m balandlikdan tushib, qoziqni urganda 18 kJ kinetik energi-
yaga ega bo‘ladi. Shunday balandlikda to‘qmoqning potensial ener giyasi qoziqqa
nisbatan qancha bo‘ladi? Kinetik energiyasi-chi? To‘qmoqning massasi qancha?
3. Massasi 200 g bo‘lgan jism tik yuqoriga 30 m/s tezlik bilan otildi. Eng
yuqori
nuqtaga ko‘tarilganda jismning potensial energiyasi qancha bo‘ladi?
4. Balandlikdan qo‘yib yuborilgan 500 g massali jismning to‘liq mexanik energiyasi
200 J ga teng. Jism qanday balandlikdan qo‘yib yuborilgan? g = 10 m/s
2
deb
olinsin.
5. 136-rasmda tasvirlangan jismning massasi 50 g, prujinani 10 sm ga cho‘zib
qo‘yib yuborilganda erishgan eng katta tezligi 10 m/s bo‘lsa,
yopiq sistemaning
to‘liq mexanik energiyasi qancha bo‘ladi? Bunday prujina qanday bikirlikka ega?
Do'stlaringiz bilan baham: