I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tayanch tushuncha: quvvat.
1. Quvvat nima? U qanday birliklarda ifodalanadi?
2. Quvvat, kuch va tezlik orasidagi munosabat qanday ifodalanadi?
3. Ish va energiya joul (J) dan tashqari yana qanday birlikda o‘lchanadi?
4. Avtomobil tepalikka chiqishda tortish kuchini oshirish uchun haydovchi nima 
qilishi kerak?
1. Agar bola 1 soatda 360 kJ ish bajargan bo‘lsa, bola quvvatining foydali qismini 
toping. 
2. Massasi 4 kg bo‘lgan jism kuch ta’sirida gorizontal sirtda 5 s davomida 15 m 
masofaga tekis harakatlantirib borildi. Sirpanuvchi sirtlarning ishqalanish koeffi­
tsiyenti 0,2 ga teng bo‘lsa, jism harakatlantirilgandagi quvvatning foydali qismini 
toping. Ushbu va keyingi masalada g = 10 m/s
2
deb oling. 
3. Ot massasi 1 t bo‘lgan aravani 1 km masofaga 10 minutda olib bordi. Agar 
aravaning harakatiga qarshilik koeffitsiyenti 0,06 ga teng bo‘lsa, ot quvvatining 
foydali qismini toping. 
4. Samolyot 900 km/soat tezlik bilan uchmoqda. Motorining foydali quvvati 1,8 Mw 
bo‘lsa, uning tortish kuchi qancha?
t
N
2
= A
2
N
1
=
A
1
t
N
1
= 3 000 000
60
W=50 000 W=50 kW;
N
2
= 600 000 W=10 000 W=10 kW.
60
;
.


166
Saqlanish qonunlari
46-§. TABIATDA ENERGIYANING SAQLANISHI. 
FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI 
Tabiatda energiyaning aylanishi va saqlanishi
Energiyaning saqlanish qonuni faqat mexanik hodisalar doirasidagina 
emas, balki boshqa barcha fizik hodisalarda ham o‘rinli. Bu hodisalarda 
energiya bir turdan boshqa turga aylanishi mumkin. Masalan, ishqalanish 
kuchi ta’sirida harakatlanayotgan jism mexanik energiyasining bir qismi 
issiqlikka aylanadi. 
Quyoshning yorug‘lik energiyasi Yer yuzini isitadi, issiqlik tufayli suv 
havzalari va nam yerlardan suv bug‘lari atmosferaga ko‘tariladi, hosil 
bo‘lgan bulutlardan yog‘in yog‘adi, bu yog‘inlar daryolardagi suvni hosil 
qiladi, daryo suvining potensial energiyasi baland to‘g‘ondan tushishida 
kinetik energiyaga aylanadi, suvning kinetik energiyasi gidroelektrstansi-
yalarda turbinani aylantiradi va elektr energiya hosil bo‘ladi, elektr energiya 
esa xonadonlardagi elektr chiroqlari orqali yorug‘lik energiyasiga aylanadi 
va h.k. Shu tariqa tabiatda energiya yo‘q bo‘lib ketmaydi, u faqat bir tur-
dan boshqa turga aylanadi. Bu energiyaning saqlanish qonunidir. Tabiatda 
energiyaning saqlanish qonuni quyidagicha ta’riflanadi:

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling