Ma’ruza – 3 Mavzu: Mexanikada saqlanish qonunlari


Download 88.37 Kb.
bet1/9
Sana26.01.2023
Hajmi88.37 Kb.
#1124652
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Mexanikada saqlanish qonunlari Reja

Ma’ruza – 3 Mavzu: Mexanikada saqlanish qonunlari


Reja:



  1. Impuls va uning saqlanish qonuni.

  2. Mexanik ish, quvvat va uning birliklari.

  3. Energiya. Kinetik va potensial energiya.

  4. Mexanik energiya va uning saqlanish qonuni.

Tayanch iboralar:
Impuls , mexanik ish, quvvat, energiya, kinetik energiya, potensial energiya, joul, vatt.

Agar jismga qo‘yilgan kuchlar ma’lum bo‘lsa, Nyuton qonunlari mexanika masalalarini yechishga imkon beradi. Lekin ko‘p hollarda bu kuchlar noma’lum bo‘lgani uchun Nyuton qonunlarini bevosita qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, ikkita jism to‘qnashishida yuzaga keladigan deformatsiyalanish juda murakkab bo‘lib, elastiklik kuchlarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Kuchlarning ta’sir etish vaqti ham juda qisqa bo‘ladi. Natijada kuzatilayotgan jarayonlarda namoyon bo‘layotgan kuchlarning qiymatlarini aniqlash ancha mushkul. Bu kabi hollarda masalani yechish uchun Nyuton qonunlaridan kelib chiqadigan natijalardan, xususan, yangi fizik kattaliklar – impuls va energiya kattaliklaridan foydalaniladi. Ma’lum bir sharoitlarda bu kattaliklar ko‘rilayotgan jarayon davomida o‘zgarmasligi, ya’ni saqlanishi ko‘plab hodisalarni tahlil qilishda qulaylik tug‘diradi. Shuning uchun impuls va energiyaning saqlanish xossalaridan foydalanish murakkab masalalarning nisbatan sodda ko‘rinishga keltirilishiga yordam beradi. Impuls va energiyaning saqlanish qonunlari fizikaning barcha bo‘limlariga tegishli bo‘lib, tabiatning eng muhim qonunlaridir.




Impuls va uning saqlanish qonuni


To‘xtab turgan aravachani ma’lum bir tezlikda harakatlantirish uchun uni katta tezlikda kelayotgan boshqa aravacha turtib yuborishi kerak. Yoki uni astasekin tortib, kichik kuch ta’siri yordamida ham kerakli tezlikka erishtirish mumkin. Lekin buning uchun uzoq vaqt davomida kuch ta’sir ettirib turish kerak bo‘ladi. Bu ikki usulda arava bir xil tezlikda harakatga keladi: birida qisqa vaqt davomida katta kuch, ikkinchisida uzoq vaqt davomida kichik kuch ta’sirida. Demak, jismlarning o‘zaro ta’sirida natija kuchning miqdoridan tashqari, ta’sirlashish vaqtining davomiyligiga ham bog‘liq ekan.

Download 88.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling