166
Saqlanish
qonunlari
46-§. TABIATDA ENERGIYANING SAQLANISHI.
FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI
Tabiatda energiyaning aylanishi va saqlanishi
Energiyaning saqlanish qonuni faqat mexanik hodisalar doirasidagina
emas, balki boshqa barcha fizik hodisalarda ham o‘rinli. Bu hodisalarda
energiya bir turdan boshqa turga aylanishi mumkin. Masalan,
ishqalanish
kuchi ta’sirida harakatlanayotgan jism mexanik energiyasining bir qismi
issiqlikka aylanadi.
Quyoshning yorug‘lik
energiyasi Yer yuzini isitadi, issiqlik tufayli suv
havzalari va nam yerlardan suv bug‘lari atmosferaga ko‘tariladi,
hosil
bo‘lgan bulutlardan yog‘in yog‘adi, bu yog‘inlar daryolardagi suvni hosil
qiladi, daryo suvining potensial energiyasi baland to‘g‘ondan
tushishida
kinetik energiyaga aylanadi, suvning kinetik energiyasi gidroelektrstansi-
yalarda turbinani aylantiradi va elektr energiya hosil bo‘ladi,
elektr energiya
esa xonadonlardagi elektr chiroqlari orqali yorug‘lik energiyasiga aylanadi
va h.k. Shu tariqa tabiatda energiya yo‘q bo‘lib ketmaydi, u faqat bir tur-
dan boshqa turga aylanadi. Bu energiyaning saqlanish qonunidir. Tabiatda
energiyaning saqlanish qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: