I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun sarflangan vaqtga nis-


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun sarflangan vaqtga nis-
bati quvvat deb ataladi.
Xalqaro birliklar sistemasida quvvatning asosiy birligi qilib vatt (W) 
olin gan. 1 W deganda 1 s ichida 1 J ish bajaradigan qurilmaning quvvati 
Δl


164
Saqlanish qonunlari
tushiniladi. Quvvat birligining nomi bug‘ mashinasini ixtiro qilgan ingliz 
olimi Jeyms Uatt (Watt) sharafiga qo‘yilgan. Amalda quvvatning boshqa 
birliklari – millivatt (mW), gektovatt (gW), kilovatt (kW), megavatt (MW) 
ham qo‘llaniladi. Quvvatning asosiy va boshqa birliklari orasidagi muno-
sabatlar quyidagicha: 
1 mW = 0,001 W = 10
–3
W; 1 gW = 100 W = 10
2
W;
1 kW = 1 000 W = 10
3
W; 1 MW = 1 000 000 W = 10
6
W.
Quvvat ish va vaqt kabi skalyar kattalikdir.
Quvvat formulasidan ma’lum vaqt ichida bajarilgan ishni topish mumkin:
A = Nt. (2)
Bu formula ish va energiyaning yana bir-birligini kiritishga imkon be-
radi. Mexanik ishning birligi 1 W quvvatli mexanizmning 1 s davo mida 
bajargan ishiga teng. Bu birlik vatt-sekund (W · s) deb ataladi. Quvvatni 
ish bajarish tezligi deb atash mumkin. Transport vositalarining quvvati ot 
kuchi deb ataluvchi maxsus birlikda o‘lchanadi. Taxminan 736 W bo‘lgan 
mexanizmning quvvati 1 ot kuchiga teng, ya’ni:
1 ot kuchi ≈ 736 W.
Quvvat, kuch va tezlik orasidagi munosabatlar
Transport vositalari ko‘pincha o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanadi. 
υ tez lik bilan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan avtomobil t vaqt 
davomida s = υt masofani bosib o‘tadi. Avtomobil o‘zgarmas tezlik bi-
lan harakat qilishi uchun unga harakatga keltiradigan motorning F ku-
chi ta’sir etib turishi kerak. Bu kuch avtomobilning harakatiga qarshilik 
qila digan kuchlarga (turli ishqalanish kuchlariga) miqdor jihatdan teng va 
qarama-qarshi yo‘nalgandir. Shuning uchun avtomobil s masofani bosib 
o‘tganida, uning motori bajargan ish A=Fs=Fυt ga teng bo‘ladi. Agar A=Nt 
ekanligini hisobga olsak, quvvatning quyidagi formulasi kelib chiqadi:
N=Fυ.  (3)
Bu formuladan ko‘rinadiki, motorning quvvati qancha katta bo‘lsa, avto-
mobilning tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun katta tezlikda 
harakat qiladigan samolyot, poyezd, avtomobillarga katta quvvatli motorlar 
o‘rnatiladi. Yuqoridagi formuladan yana shuni anglash mumkinki, motorning 
quvvati o‘zgarmas bo‘lganda, tezlik qancha katta bo‘lsa, kuch shuncha kichik 


165
VII bob. Ish va energiya. Energiyaning saqlanish qonuni
bo‘ladi. Shuning uchun qiyalik bo‘yicha tepalikka chiqishda avtomobilning 
tortish kuchini oshirish uchun tezlik kamaytiriladi.
Masala yechish namunasi
Katta kran 10 t g‘ishtni, kichik kran esa 2 t g‘ishtni 30 m baland likka 
1 minutda olib chiqdi. Har bir kran quvvatining foy dali qismini toping. 
g = 10 m/s
2
deb oling.
Berilgan
Formulasi
Yechilishi:
m
1
=10 t =10 000 kg; A
1
m

gh; A
1
= (10 000 · 10 · 30 ) J = 3 000 000 J;
m
2
= 2 t = 2 000 kg;  A
2
m

gh;  A
2
= (2 000 · 10 · 30) J = 600 000 J; 
h = 30 m; 
t = 1 min = 60 s; 
g = 10 m/s
2
.
 Topish kerak:
 N
1
= ? N
2.
= ? 
JavobN

= 50 kW; N

= 10 kW.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling