163
VII bob. Ish va energiya. Energiyaning saqlanish qonuni
4. Sharchani novning yuqori uchidan qo‘yib yuborib, tajribani takrorlang.
5. Katta massali sharchani novning o‘rta qismidan qo‘yib
yuboring va bru-
sokning siljishini yana qayta o‘lchang.
6. 1-laboratoriya ishidagi kabi masofa va vaqtni o‘lchab, sharcha
olgan tezlanishni toping. Tezlanish va vaqt ko‘rsatkichlaridan foydalanib,
sharchaning brusokka urilish vaqtidagi
tezligini aniqlang va
2
mυ
2
E
k
=
formuladan kinetik energiyani toping.
7. Brusokning surilishida bajarilgan ish va kinetik energiya orasidagi
bog‘lanish natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring.
137-rasm. Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga
bog‘liqligini
kuzatish uchun qurilma
45-§. QUVVAT
Quvvat va uning birliklari
Bir xil mexanik ishni turli mashina turlicha vaqtda bajarishi mum-
kin. Masalan, katta kran yerda turgan 10 t g‘ishtni 30
m balandlikka
1 minutda olib chiqishi mumkin. Kichik kran esa shuncha g‘ishtni 2 t
dan 5 marta ko‘tarib yuqoriga chiqarishi mumkin. Bunda ikkala kran bir
xil ish bajardi, lekin uni bajarish uchun turlicha vaqt sarfladi.
Mashina, dvigatel va turli xil mexanizmlarning
ish bajara olish im-
koniyatini taqqoslash uchun quvvat deb ataladigan fizik kattalik kiritilgan.
Bir xil ishni bajaruvchi mashinalardan qaysi biri shu ishni qisqaroq vaqt
ichida bajarsa, shunisi quvvatliroq bo‘ladi. Mexanizmning quvvati N vaqt
birligida bajargan ishi bilan ifodalanadi:
.
t
N =
A
Do'stlaringiz bilan baham: