I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

13-§. JISMLARNING ERKIN TUSHISHI
Bir xil balandlikdan tashlangan tosh va qush patining yerga turli 
vaqtlarda tushishini kuzatgan qadimgi yunon faylasufi Aristotel Yer tortish 
kuchi ta’sirida og‘ir jismlar yengil jismlardan oldin 
tushadi, degan xulosaga kelgan. Bu noto‘g‘ri ta’limot 
qariyb ikki ming yil davomida to‘g‘ri deb kelin di. 
Italiyalik olim Galileo Galileyning (1564–1642) XVI 
asr oxirida o‘tkazgan tajribalaridan keyingina Aristotel 
fikrlari noto‘g‘ri ekan ligi isbotlandi. 
Galiley Piza minorasidan (42-rasm) bir vaqtda 
po‘lat va tosh sharlarini tashlab, ular yеrga aynan 
bir vaqtda tushishiga ishonch hosil qildi. Galiley 
quyidagicha faraz qildi (gipotеzani ilgari surdi): agar 
havoning qarshiligi bo‘lmasa, bir vaqtda tashlangan 
po‘lat sharcha va yеngil qush pati minoradan bir 
vaqtda tushadi. Bu gipotеzani tеkshirish uchun uzun 
shisha naycha ichiga po‘lat sharcha va qush pati 
joylashtirildi. Havo bor nayda po‘lat sharcha qush 
patidan oldin tushishi kuzatildi (43-a rasm). Naydan 
havo so‘rib olinganida esa po‘lat sharcha va qush pati 
bir vaqtda tushdi (43-b rasm). Bu tajriba Galilеy farazi 
to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi.
Jismning havosiz joyda faqat Yerning tortishi 
ta’siridagi Yer tomon harakati erkin tushish 
deb ataladi.
42-rasm. Piza minorasi
43-rasm. Siyraklashgan 
havoda jismlar harakati 
a)
b)


49
II bob. To‘g‘ri chiziqli harakat
Jismning erkin tushishi to‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakatga 
yaqqol misol bo‘ladi. Ma’lum bir balandlikdan qo‘yib yuborilgan sharcha 
tekis tezlanuvchan harakat qilib, uning tezligi har sekundda 9,81 m/s
2
ga 
ortib boradi (44-rasm). 
Erkin tushayotgan jismning tezlanishi o‘z 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling