I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

100-rasm. Raketaning 
balandlikda orbita bo‘ylab 
harakat trayektoriyasi
Kosmonavt Vladimir 
Jonibekov
Kosmonavt Solijon 
Sharipov


114
Dinamika asoslari
Bu gal u Rossiya kosmik kemasida uchib, uzoq muddat davomida kos-
mosda tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etdi.
Hozirgi paytda kosmonavtika benihoya ri voj lanib bormoqda. Yer atrofida 
turli mamlakatlarning ko‘plab Yerdan boshqariladigan sun’iy yo‘ldoshlari 
uchib yuribdi. Ular yordamida koi notni tadqiq qilish bilan birga, Yer yuzi-
ning ob-havosi, Yerdagi turli jarayonlar muntazam o‘rganib boriladi. Tele-
ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni, uyali telefon aloqalarini Yer yuzi bo‘ylab 
uzatish ham sun’iy yo‘ldoshlar yordamida amalga oshiriladi (101-rasm).
Quyosh sistemasining barcha sayyoralari tomon Yerdan boshqariladi-
gan raketalar uchirilgan. Ular boshqa sayyoralardan turli ma’lumotlar-
ni Yerga yetkazib turadi. Biz o‘tgan mavzularda birinchi kosmik tez lik 
va uning qiymatini bilib oldik. Tezlik ortib borgan sari harakat orbitasi 
ham o‘zgarib borib, aylana bo‘ylab uchayotgan yo‘ldosh ellips, so‘ngra 
parabola deb nomlanuvchi trayektoriyalarda harakatlana boshlaydi (102-
rasm). Hisoblashlarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning tezligi υ
II
= 11,2 km/s 
ga yetkazilsa, u Yer orbitasidan chiqib ketadi va Quyosh atrofida orbita 
bo‘ylab harakat qila boshlaydi. 
Bu holda u Quyoshning sun’iy 
yo‘ldoshiga aylanib qoladi. Bu 
tezlik chegarasi ikkinchi kos-
mik tezlik deb ataladi. Agar 
raketa Yerdan Quyosh atro-
fidagi orbita bo‘ylab harakati 
yo‘na lishida υ
III
= 16,7 km/s 
tezlik bilan uchirilsa, raketa uchinchi kosmik tezlikka erishadi va Qu-
yosh sistemasini tark etadi. Bu tezlik chegarasi uchinchi kosmik tezlik 
deb ataladi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling