115
V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati
Tayanch tushunchalar: raketa, sun’iy yo‘ldosh, kosmos,
kosmik
kema, ikkinchi kosmik tezlik, uchinchi kosmik tezlik.
1. Kosmonavt kosmik kemadan tashqariga chiqsa, vaznsizlik holatida bo‘ladimi?
2. Yer sun’iy yo‘ldoshining harakatini tekis tezlanuvchan harakat deb bo‘la dimi?
1. Massalari 1200 kg dan bo‘lgan ikkita avtomobil massa markazlari orasidagi
masofa 5 m ga teng. Avtomobillar bir-birini qanday kuch bilan tortishadi?
2. Bir-biridan 100 m masofada turgan 8 000 t va 12 500 t massali ikkita kemaning
o‘zaro tortishish kuchi kattaligini toping.
3. 99-betda keltirilgan ma’lumotlardan
foydalanib, Quyosh va Yer orasidagi tor-
tishish kuchini toping.
4. Massasi 100 t bo‘lgan uy Yerga qanday kuch bilan tortiladi? Uyning og‘irligi
qancha?
5. Yer sirtida tinch turgan yuk mashinasining og‘irligi 100 kN ga teng. Yuk
mashinasining massasini toping.
6. Yer sirtida turgan 1 kg massali jismning og‘irlik kuchi nimaga teng?
7. Lift 5 m/s
2
tezlanish bilan yuqoriga harakat qila boshladi. Shu paytda lift
ichidagi 45 kg massali bolaning og‘irligi qancha bo‘ladi?
8. Lift 2,5 m/s
2
tezlanish bilan pastga harakat qila boshladi.
Shu paytda lift ichi-
dagi 90 kg massali odamning og‘irligi qancha bo‘ladi?
9. Yer yuzidan qanday balandlikda birinchi kosmik tezlik 6 km/s ga teng bo‘ladi?
32-§. ISHQALANISH KUCHI.
TINCHLIKDAGI ISHQALANISH
Ishqalanish kuchi
Tez ketayotgan avtomobilni to‘xtatish uchun tormoz bosiladi. Tepadan
sirpanib tush gan chana yo‘lning
gorizontal qis-
mida biroz sirpanib borib to‘xtaydi. Bu hodisa-
larda tezlik o‘zgarishi, ya’ni kamayishi namoyon
bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday tezlik o‘zga-
rishining sababchisi kuchdir.
Endi mexanikada
o‘rgani
ladigan yana bir kuch – ishqalanish kuchi
haqida gaplashamiz. Yerda tur gan yukni sudrash
uchun unga harakat yo‘nalishida
F kuch bilan
ta’sir etish kerak (103-rasm). Bunda yukning
harakatlanishiga qarshilik
qiluvchi va harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalgan
F
i
kuch paydo
bo‘ladi.
103-rasm. Ishqalanish
kuchining namoyon bo‘lishi
υ = 0
→
|
F
i
|
=
|
→
F|
F
i
F
→
→