I bob. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 245.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI,MAQSADI VA TADQIQOT USULLAR
5 I BOB. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 1.1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va alohida isteʼmolchilar qay darajada foydalanishini oʻrganadi. Koʻpchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan subyektlar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni va oʻzaro xatti-harakatlarini oʻrganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil boʻlganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va xizmatlar bilan ta’minlay olmaydi. Uy xoʻjaligi oʻzining har bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham oʻzining har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori darajasi bilan ta’minlay olmaydi 2 . Resurslarni cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov muammosini qoʻyadi: - nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish? - qanday texnika va texnologiyani qoʻllash? - ishlab chiqarilgan mahsulot kim tomonidan iste’mol qilinadi? Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida – ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yoʻllarini oʻrganish turadi. Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik 2 N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 8 bet 6 muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini koʻzda tutadi. Bunda inson har doim ham “barchasi yoki hech narsa” xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Koʻpincha inson bir iqtisodiy ne’matning ma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi. Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat tamoyili yotadi. Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan oʻlchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud boʻlgan 3 metr mato boʻlagidan yo koʻylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham koʻylak, ham kamzul tikish imkoni yoʻq. Bu vaziyatda tanlash kerak boʻladi. Bu tanlov yo koʻylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni koʻzda tutadi. Koʻylakni tanlash qarori kamzulga ega boʻlishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi koʻylakning qimmati kamzulga ega boʻlib, olish mumkin boʻlgan foyda va quvonchlarga teng. Unda koʻylakning muqobil qiymati borligi aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa – uning muqobil qiymati koʻylak boʻladi. Mikroiqtisodiyot fani iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini oʻrganib, ularni oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi. Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam resurslarni sarflab, oʻzining eng koʻp ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. Bu koʻplab yoʻllar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi. Agar resurslar mutloq cheklangan boʻlganida edi, tanlov qilish imkoni boʻlmas edi. Agar cheklanganlik boʻlmaganida, unda tanlov ham kerak boʻlmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning koʻpiga egamiz. Tanlov resurslardan 7 foydalanishning eng yaxshi yoʻllari oʻrtasida boradi va resurslardan foydalanishning eng yaxshi yoʻli kam xarajat qilib eng yuqori natijaga erishish yoʻli boʻladi. Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan voqealarni tushuntirish bilan shugʻullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda iste’mol etiladigan xomashyo narxi oʻzgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan boʻshatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini boʻshatish yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shu haqidagi fikrlar mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi. Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qoʻyilmalar hajmi va xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qoʻllaydi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari boʻlgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining oʻzgarishiga, va shuningdek, boʻlgʻusi oʻz mahsulotining narxiga koʻra firma ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi. Download 245.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling