I bob. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 245.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.02.2023
Hajmi245.67 Kb.
#1180558
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 мавзу MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI,MAQSADI VA TADQIQOT USULLAR

 
1.4. Bozor va uning vazifasi 
 
Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng 
keladigan muqobil variantning yoʻqligini isbotladi. 
Birinchidan, bozor ishlab chiqarish va iste’molning oʻzaro 
bogʻliqligini ta’minlaydi. Bu funksiyani u taklifni toʻlov qobiliyatli talab 
hajmiga muvofiqligini oʻrnatish orqali amalga oshiradi. 
Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini 
ijtimoiy baholashni kafolatlaydi. Bunday baholash mexanizmi oddiy, 
samarali va obyektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi boʻladimi yoki 
yoʻqligidan iborat. 
Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun 
sharoit yaratadi. Bunga qoloqlarni ilgʻorlardan «ajratuvchi» raqobat 
yordam beradi. 
«Sof» bozor hech qachon mavjud boʻlmagan, bu hayoliy tizim - 
«mukammal raqobat» deb ataluvchi «hayoliy» modeldir. Erkin bozor 
yoki «mukammal raqobat» ishi qator majburiy shartlar, institutlar 
mavjudligi bilan aniqlanadi: 
- xususiy mulkchilik; 
3
Microeconomics, Second Edition bv Robert S. Pindyck, 12 bet 


13 
- tadbirkorlik va tanlash erkinligi; 
- shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi sifatida; 
- raqobat; 
- bozor narxlari tizimiga tayanish; 
- davlat rolining cheklanganligi. 
Bu barcha institutlar xoʻjalik faoliyatini rivojlantirish asosi sifatida 
iqtisodiy ragʻbatlantirish tizimini vujudga keltiradi. 
Xususiy mulkchilik – bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga 
egalik qilish, foydalanish, taqsimlash huquqidir. 
Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli 
himoyalangan boʻlsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni 
ta’minlaydi. 
Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan 
shugʻullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va oʻz tanloviga 
koʻra har qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, 
ularni bozorda sotish, pullarni bankka qoʻyish va boshqalarni koʻzda 
tutadi. 
Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni oʻz xohishiga qarab 
foydalanish: xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan 
shugʻullanish, iste’molchilar uchun oʻz pul daromadlariga tovar va 
xizmatlarni sotib olish imkoniyatini koʻzda tutadi. Tanlovning toʻgʻriligi 
va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot toʻla 
hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi. 
Shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi ragʻbat, xoʻjalik 
faoliyati sababidir. Bozorda faoliyat koʻrsatayotgan barcha subyektlar 
oʻzining shaxsiy manfaatini koʻzlaydi, ularni Adam Smit ta’biricha 
“koʻrinmas qoʻl” boshqaradi. U bozorning barcha qatnashchilarini 
barcha uchun farovonlikni oshishini ta’minlovchi yoʻnalishda harakat 
qilishga undaydi. Har bir odamni boylikka intilishi umuman butun 
jamiyatning boyligiga olib keladi. 
Raqobat – cheklangan resurslarning koʻproq miqdoriga, ulardan eng 
koʻp qaytim olish maqsadida ularni oʻz ixtiyoriga olish uchun xoʻjalik 
subyektlari oʻrtasidagi musobaqadir. 


14 
Odatda, raqobat odamlarni cheklangan resurslarni olish va 
ishlatishning eng oqilona yoʻllarini izlashda ijobiy rol oʻynaydi. 
Bozor narxlari tizimiga tayanish. Narx bozorda iqtisodiy vaziyat 
koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi va uchta funksiyani bajaradi: 
1)xaridor va sotuvchilar harakatini yoʻnaltiruvchi axborotni beradi; 
2)ishlab chiqarishning samaraliroq yoʻllarini ragʻbatlantiradi; 
3)bozor subyektlari oʻrtasida daromadlarni taqsimlaydi. 
Narxlar bu uchta funksiyani bajarishi uchun, ularning erkin 
harakatlanishini ta’minlash zarur boʻladi. 
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita 
tamoyillar asosida yechiladi: 
- optimallashtirish tamoyili – har bir faoliyatdan va resurslardan 
foydalanishdan maksimal foyda olish; 
- muqobil xarajatlar tamoyili – noyob resurslardan foydalanish 
yoʻnalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni 
solishtirish orqali. 
Iqtisodiy subyektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga koʻra oʻz 
maqsadlariga erishishi uchun xoʻjalik faoliyatida faol qatnashadilar
buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy subyektlar berilgan 
resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi 
yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy subyektlarni ikkiga boʻlib qaraydi – 
iste’molchilar (uy xoʻjaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). 
Iste’molchining maqsadi – mumkin darajada oʻzining ehtiyojlarini 
maksimal darajada qondirish boʻlsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi 
– 
foydani 
yoki 
boshqa 
bir 
faoliyat 
koʻrsatkichlarini 
maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir. 
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo – bu iste’molchilar 
va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:
1)
ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan 
qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;
2)
iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha 
iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;


15 
3)
ishlab chiqarish va iste’mol qilish boʻyicha qabul qilingan 
qarorlarni muvofiqlashtirish. 
Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1-
chizma).

Download 245.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling