I bob. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar haqida umumiy ma’lumot. O’zbekistondagi muhofazaga oilingan hududlar
Download 196.92 Kb.
|
durdona 2075
MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………………….3 I BOB. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar haqida umumiy ma’lumot. O’zbekistondagi muhofazaga oilingan hududlar. 1.1.Milliy bog’lar va qo’riqxonalar haqida ma’lumot.
II BOB. Dunyodagi milliy bog’lar, qo’riqxonalar va ular haqida ma’lumot. 2.1. Materiklarda joylashgan milliy bog’lar.
I BOB. Milliy bog’lar,qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan hududlar. O’zbekistondagi muhofazaga olingan hududlar. 1.1.Milliy bog’lar-qoʻriklanadigan, inson faoliyati taʼsiriga uchramagan va tabiiy manzaralari saqlangan, oʻsimliklar va hayvonot olami va ularning yashash muhiti ilmiy va oʻquv-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan katta tabiiy hudud. M. b.da landshaftlarni tiklash, noyob va yoʻqolib borayotgan hay. milliy tabiat bogʻi — alohida vonlar va oʻsimliklar turlarini saqlash ishlari amalga oshiriladi, bir qismi dam oluvchilar va qatʼiy tartibda turistlar uchun ochik/shgi bilan qoʻriqxonalardan farq qiladi. Chet ellarda M. b. davlat tomonidan qoʻriqlanadigan hududlarning keng tarqalgan toifasi hisoblanadi. Jahonda birinchi M. b. AQSH kongressi 1872 y.da qabul qilgan qonun asosida Yellouston daryosining yuqori oqimidagi Qoyali togʻlar hududida tashkil etilgan Yellouston M. b. dir. 1980-y.lar oxirida jahonda 2600 dan ortiq M. b.lar va faoliyati hamda vazifalariga koʻra, M. B.ga yaqin boʻlgan qoʻriklanadigan hududlar tashkil etildi. Ulardan Grenlandiya (Daniya) M. b., maydoni 7 mln.ga, VudBaffalo (Kanada) M.6., maydoni 4,5 mln.ga, Serengeti (Tanzaniya) M. b., maydoni 2 mln.ga, Oʻzbekistonda Zomin milliy bogʻi, Ugom-Chatqol milliy bogʻi mashhur. Qoʻriqxona — belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratnlgan, alohida ilmiy yoki malaniy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonotning dunyosi, foydali qazilmalar va b.), tabiiy obyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari; i. t. va madaniy-maʼrifiy maqsadlar uchun uzoq mud-datga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy majmua. 20-asrning 90-y.larida BMTning "Milliy bogʻlar va ular maqomidagi qoʻriqxonalar roʻyxati"ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer may-doni 4 mln. km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3% ini tashkil qiladi) kiritilgan hududi va uning atrofidagi bel-gilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda Q. tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obyektlarga xavf tugdiradigan har qanday faoliyat (ov qilish, balshq tutish, daraxt kesish, foydali qazil-malarni kavlash, oʻt oʻrish, mol boqish va b.), shuningdek, Q. faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va q.x. obyektlari qurilishi ham taqiqlanadi. Q. hududiga maʼmuriyatning ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi. Oʻzbekistonda qoʻriqxonalarning tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004 y. 3 dekabrdagi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. Qoʻriqxonalarda reja asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, tabiat yilnomalari, ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, qoʻriqxona hududi va milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va qoidalari ishlab chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol bio-sfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi. Download 196.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling