I bob. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar haqida umumiy ma’lumot. O’zbekistondagi muhofazaga oilingan hududlar
-modda. Davlat milliy tabiat bog‘larining ish tartibi
Download 196.92 Kb.
|
durdona 2075
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BO‘LIM. DAVLAT BUYuRTMA QO‘RIQXONALARI VA DAVLAT TABIAT YoDGORLIKLARI 19-modda. Davlat buyurtma qo‘riqxonasi tushunchasi va bunday qo‘riqxonani tashkil etish
18-modda. Davlat milliy tabiat bog‘larining ish tartibi
Davlat milliy tabiat bog‘larining hududlarida tabiiy majmui va obyektlar holatini, ularning rekreatsiya, madaniy va estetik qimmatini inobatga olgan holda muhofaza etish va ulardan foydalanishning tabaqalashtirilgan tartibi belgilab qo‘yiladi. Davlat milliy tabiat bog‘larining tegrasida davlat qo‘riqxonalari hududlari uchun nazarda tutilgan tartibdagi qo‘riq tegralari, rekreatsiya, xo‘jalik va o‘zga yo‘sindagi foydalanish tegralari, tarixiy-madaniy obyektlarning muhofaza tegralari ajratiladiki, ularda davlat milliy tabiat bog‘lari vazifalariga zid bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullaniladi. Davlat milliy tabiat bog‘larining hududida: daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo‘sinidagi kesish bundan mustasno); ekologik jihatdan xavf-xatar tug‘diruvchi sanoat korxonalarining faoliyat olib borishiga; gidrologik va gidrogeologik tartibni o‘zgartirib yuboruvchi harakatlarga; tuproq eroziyasini, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga; davlat milliy tabiat bog‘larining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya ishlari olib borishga; kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini ko‘mishga; iqlimlashtirish maqsadida tirik organizmlarni ko‘chirib keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat milliy tabiat bog‘larida ular hududining tabiiy, ilmiy, estetik va madaniy qimmati pasayishiga olib keluvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Bog‘ning rasamadi bilan faoliyat ko‘rsatishi uchun yo‘llar, boshqa kommunikatsiya va inshootlar qurish zarur bo‘lib qolgan hollarda shikast topgan yerlarni madaniylashtirish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuini o‘tkazish majburiyligi nazarda tutiladi. IV BO‘LIM. DAVLAT BUYuRTMA QO‘RIQXONALARI VA DAVLAT TABIAT YoDGORLIKLARI 19-modda. Davlat buyurtma qo‘riqxonasi tushunchasi va bunday qo‘riqxonani tashkil etish Davlat buyurtma qo‘riqxonalari tabiiy majmuilarni yoki ularning ayrim bo‘laklarini asrash, ko‘paytirish va tiklash maqsadida buyurtma qo‘riqxona oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriylar)dir. Davlat buyurtma qo‘riqxonalari respublika va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin. Buyurtma qo‘riqxonalar vazifasiga ko‘ra: alohida qimmatga ega bo‘lgan tabiiy landshaftlar va majmuilarni asrash va tiklash uchun mo‘ljallangan landshaft (yaxlit) buyurtma qo‘riqxonalarga; qimmatli, nodir va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va jonivorlar turlarini asrab qolish va tiklash uchun mo‘ljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qo‘riqxonalarga; ayrim qazilma boyliklar va ularning majmuini asrab qolish uchun mo‘ljallangan paleontologik buyurtma qo‘riqxonalarga; jonsiz tabiatning qimmatli obyektlari va majmuilarini asrab qolish uchun mo‘ljallangan gidrologik (botqoq, ko‘l, daryo) buyurtma qo‘riqxonalarga; tabiat yaratgan nodir va noyob relyef shakllarini asrab qolish uchun mo‘ljallangan geomorfologik buyurtma qo‘riqxonalariga; nodir geologik va mineralogik hosilalar va tuzilmalarni asrab qolish uchun mo‘ljallangan geologik va mineralogik buyurtma qo‘riqxonalarga bo‘linadi. Noyob mineral va o‘zga xil geologik tuzilmalarga ega bo‘lgan hamda fundamental ilmiy ahamiyatga molik geologik buyurtma qo‘riqxonalarga davlat qo‘riqxonasi maqomi berilishi mumkin. Buyurtma qo‘riqxonalar faoliyat muddatlari ko‘rsatilmay (muddatsiz), 5 yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli) yoki 5 yildan kam muddatga (qisqa muddatli) qilib tashkil etiladi. Respublika ahamiyatiga molik davlat buyurtma qo‘riqxonalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashkil etadi. Mahalliy ahamiyatga molik davlat buyurtma qo‘riqxonalari tabiatni muhofaza etish idoralarining taqdimiga ko‘ra viloyat hokimlarining qarori bilan tashkil etiladi. Download 196.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling