I bob. Musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari. I musiqa madaniyati darslarining maqsadi. I
Download 47.21 Kb.
|
Azimaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining maqsadi.
- I.BOB.Musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari. I.1. musiqa madaniyati darslarining maqsadi.
Kurs ishi mavzuning dolzarbligi. Mavzuning dolazarbligi shundaki, musiqa o’qituvchisi bo’lib yetishar ekanmiz, umumta’lim maktabarida musiqa fanini o’qitishda boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va musiqa madaniyati darslarini Davlat Ta’lim Standartlari asosida tashkil etish orqali o’quvchilarni musiqiy bilimini yuksaltirish.
Kurs ishi mavzusining maqsadi. O’rta maktablarda musiqa fanini o’qitishda boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Musiqa madaniyti darslarini o’quv dasturi asosida tashkil etish. Kurs ishining obyekti. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturi. Kurs ishi mazvusining tuzilish xajmi: Kirish, ikkita bob, xar bitta bobida ikkitadan paragirof, xulosa, faydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ularga qilingan ilovalar. I.BOB.Musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari. I.1. musiqa madaniyati darslarining maqsadi. Umumta’lim maktablarining, umuman yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash tizimining keyingi rivojlanishi bilan maktabda adabiyot va san’atning mavqei mustaxkamlanib boradi. Pedagogika fani dastur hamda darsliklarni tuzdi va takomillashtirdi, o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalar yaratildi, o’quvchilarni hayot san’atdagi go’zallik olamiga jalb etishning yangi shakllari ishlab chiqildi. O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari badiiy – ijodiy faoliyati shakl va metodlarni rivojlantirish g’oyalarining vujudga kelishi hamda mustahkamlashni alohida ahamiyat kasb etdi, hozirgi sharoitda maktabning rivojlanishi uchun eng samarali omil bo’ldi. “Biz oldimizga qo’yayotgan rejalarni amalga oshirishda odamlarimizning hissasi tobora ortib borayotganligi – ularning fikri, dunyoqarashi, hayotga, ishga munosabati qanchalik o’zgarganligining dalili, desak, also xato bo’lmaydi. Eng muhimi, bugun biz boshimizdan kechirayotgan tinch – osoyishta va barqaror hayotning qadrini oddiy odamlar hammamizdan ko’ra ko’proq biladi. Bilib qo’yinglar, bu – bizning eng katta boyligimizdir”.3 O'qituvchi kasbining poydevori asosan besh fazilatdan ko'rilgan va u muqarrar metin bo'lmog'i kerak. Bu yusinda biz, birinchi uning salmoqli bilimi, ikkinchi, mustaqil ijodiy qobiliyati. uchinchi, o'z kasbiga cheksiz sadoqati, to'rtinchi, o'quvchilarga bo'lgan mehri, beshinchi, insoniy adolatliligi sifat bclgilari bilan nishonlaymiz. Professor V.A.SIastyoninning fikricha. o'qituvchilik kasbi hunar emas, balki u san'atdir. Zeroki, musiqa o'qituvchisi - bu madaniyat, xalq ta'limi xodimi va san'atkordir. Shu bilan bir vaktning o'zida u artist hamdir. Bunday sharafli nomlarga musharraf bo'lish uchun musiqa ta'lim- tarbiyasini olib borayotgan o'quvchidan katta ijodiy va mas'uliyatli ish samarasi talab etiladi. Musiqa o'qituvchisi bolalaning sevimli ustozi va badiiy havaskorlik ishlari tashkilotchisi, murabbiy hamda do'stidir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ham Umumta'lim maktablarida o'tiladigan barcha fanlar qatorida "Musiqa madaniyati va san'at" fanidan ma'lum darajada bilim va ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi lozim. Musiqa madaniyati darslarida musiqiy ta’limning asosini tarkib toptirishda fortepiano cholg’u asbobi bilan birgalikda, o’zbek xalq cholg’ulari asboblarida musiqiy asarlarni ijro eta olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo’lajak boshlang’ich sinf musiqa o’qituvchisi xalq musiqa ijodi bilan tanishishi, atoqli kompozitorlarning hayoti va ijodini o’rganishi kerak. O’qituvchi o’z ishiga ijodiy yondashib, dastur talablariga muvofiq dars o’tishi mumkin. Ma’lumki, musiqa darslari jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Darsning har bir faoliyat turida turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo’shiqlarga mos raqs harakatlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo’l harakatlari bilan taqlid qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarning yanada qiziqarli va jozibali bo’lishini ta’minlaydi. Barcha dars faoliyatlari bir-biri bilan uzviy, mantiqiy bir butunlikni vujudga kelitirishni taqozo etadi. Musiqiy faoliyatlarni o’zaro mantiqiy uyg’unligi natijasida o’qitishning rivojlantiruvchi, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari amalga oshiriladi. Bugungi kunda, musiqa madaniyati darslarini ilmiy-metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish, boshlang’ich sinf musiqa o’qituvchisi oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Ahloqiy tarbiyaning ko’pgina vositalari ichida musiqa san’ati alohida o’rin tutadi. Musiqa san’ati voqe’likning estetik aksi bo’lib, barcha turdagi san’ati asarlarida voqe’likning qaysidir tomoniga ob’ektiv baho beriladi. Musiqa san’ati nihoyatda ta’sirchan bo’lib u insonlarning ongiga emotsional ta’sir etadi va ularda qo’shiqchilikka bo’lgan qiziqishni kuchaytiradi. Musiqa madaniyati darslarining maqsadi va boshqa fanlar bilan aloqasi 2000 yilda Davlat ta’lim standarti asosida tasdiqlangan umumta’lim maktablari musiqa dasturi va o’quv predmeti endilikda «Musiqa madaniyati» deb atalishi bejiz emas. Shu dasturga ko’ra «milliy musiqa ta’lim tarbiyaning maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosiga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazish», ya’ni o’quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirishdir. Download 47.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling