I bob. Musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari. I musiqa madaniyati darslarining maqsadi. I


I.2. Musiqa madaniyati darslarining vazifalari


Download 47.21 Kb.
bet4/9
Sana05.04.2023
Hajmi47.21 Kb.
#1273723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Azimaxon

I.2. Musiqa madaniyati darslarining vazifalari
Tarbiyaviy vazifalarga o’quvchilarda musiqaga bo’lgan qiziqish va muhabbatni, musiqa bilan muloqotda bo’lish ehtiyojini tarbiyalash, ularda estetik hislarni, badiiy did, ahloqiy sifatlar va dunyoqarashlarni tarbiyalash kiradi.
Ta’limiy vazifalarga o’quvchilarni musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, bolalar cholg’ularida chalish, musiqa savodi, musiqa-ritmik harakatlar bajarish kabi turli musiqiy faoliyatlarga o’rgatish, ularni o’zbek xalqi va jahon musiqa madaniyatining nodir asarlari bilan tanishtirish, ularga musiqa haqida, kompozitorlar va ijodkorlar, cholg’ular, qo’shiqchilik ovozlari, janr, uslub, shakllar va hokazo haqida bilim-tasavvur va malakalar berish kiradi.
Rivojlantiruvchi vazifalar o’quvchilarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni, musiqiy idrok va diqqatni, tasavvur, musiqiy eshituv va xotirani, kuylash ovozlari, musiqiy asar haqida ijodiy fikr yurita olish va unga baho berish malakalarini hosil qilishni nazarda tutadi. O’quvchilarga musiqiy ta’lim berish tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bo’lishi lozim. Bu musiqiy pedagogikaning muhim talablaridan biridir.
«O’quvchining musiqiy madaniyati» tushunchasi keng qamrovli bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- o’quvchining ijtimoiy-badiiy shaxsiy tajribasi – axloqiy estetik qarashlari, hissiyotlari, did va ehtiyojlari;
- o’quvchining musiqiy rivojlanganligi – musiqa san’atiga qiziqishi, musiqaga emotsional munosabati, musiqiy kuzatuvchanligi, turli xil badiiy musiqa namunalariga bo’lgan ehtiyoji;
- o’quvchining musiqiy bilimlari – musiqani idrok va ijro etish uchun lozim bo’lgan tasavvur, bilim, malaka va ko’nikmaga egaligi, san’at va hayotga hissiy munosabati, rivojlangan musiqiy-estetik didi, musiqaga bo’lgan tanqidiy saralash munosabati va hk. O’quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish maqsadida bir qator vazifalar belgilanadi:
- musiqiy ta’lim-tarbiyani hayot bilan bog’lab olib borish;
- o’quvchilarning musiqa san’atiga mehr, qiziqishlarini o’stirish;
- musiqiy-badiiy didni va musiqa faoliyatlariga ehtiyojini rivojlantirish;
- musiqa haqida bilim, malakalar doirasini tarkib toptirish;
- iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun sharoit yaratib berish va ularning badiiy ehtiyojini qondirish;
- musiqiy faoliyatlar jarayonida badiiy-ijodkorlik his-tuyg’ularini rivojlantirish;
- musiqiy asarlarning badiiy-g’oyaviy mazmuni vositasida o’quvchilarda axloqiy-estetik qarashlarni tarbiyalash. Musiqa haqidagi bilimlarni tizimli ravishda o’zlashtirish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, birinchi navbatda, bolalarda hissiy ta’sirchanlikni, musiqaga qiziqishni rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. «Tarbiyaning eng oliy ko’rinishi – tuyg’ular tarbiyasi» deb yozadi qozoq shoiri M.Shoxonov.
Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi aniq ishlab chiqilgan tizim asosida olib boriladi. Bu tizim o’zaro bog’langan tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi vazifalarni o’z ichiga oladi.
Tarbiyaviy vazifalarga o’quvchilarda musiqaga bo’lgan qiziqish va muhabbatni, musiqa bilan muloqotda bo’lish ehtiyojini tarbiyalash, ularda estetik hislarni, badiiy did, ahloqiy sifatlar va dunyoqarashlarni tarbiyalash kiradi.
Ta’limiy vazifalarga o’quvchilarni musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, bolalar cholg’ularida chalish, musiqa savodi, musiqa-ritmik harakatlar bajarish kabi turli musiqiy faoliyatlarga o’rgatish; ularni o’zbek xalqi va jahon musiqa madaniyatining nodir asarlari bilan tanishtirish, ularga musiqa haqida, kompozitorlar va ijodkorlar, cholg’ular, qo’shiqchilik ovozlari, janr, uslub, shakllar va hokazo haqida bilim-tasavvur va malakalar berish kiradi.
Rivojlantiruvchi vazifalar o’quvchilarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni, musiqiy idrok va diqqatni, tasavvur, musiqiy eshituv va xotirani, kuylash ovozlari, musiqiy asar haqida ijodiy fikr yurita olish va unga baho berish malakalarini hosil qilishni nazarda tutadi. O’quvchilarga musiqiy ta’lim berish tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bo’lishi lozim. Bu musiqiy pedagogikaning muhim talablaridan biridir.

Download 47.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling