I bob. Musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari. I musiqa madaniyati darslarining maqsadi. I


Download 47.21 Kb.
bet2/9
Sana05.04.2023
Hajmi47.21 Kb.
#1273723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Azimaxon

Birinchi tashabbus-yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanoatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, istedodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus-yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan.
Uchinchi tashabbus-aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To`rtinchi tashabbus-yoshlar maonaviyatini yuksaltirish,ularni o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlar tashkil etishga yo`naltirilgan.
Beshinchi tashabbus -xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari nazarda tutilgan.
Musiqa ayrim kishilar aytganidek dam olish, hordiq chiqarish vositasi emas. Sanoat bu insonda fikr uyg’otuvchi, his – hayajonlarini bir maqsad tomon yo’naltiruvchi, kishilarni yaxshi ulug’vor ishga safarbar etuvchi, ona –Vatanimizni so’z va ohanglarda tarannum etib yoshlarda Vatan tuyg’usini uyg’otuvchi, uni o’stiruvchi ajoyib – g’aroyib mo’jiza! Buyuk Betxoven musiqani donishmandlik va falsafadan yuksakroq dil izhori – degani bejiz emas. SHarq allomalaridan biri sanalmish Al – Kindiyning tib ilmida qilgan katta xizmati shuki, - degan edi taniqli shifokor – olim Z.Egamberdiev, - u musiqa bilan tabobatni o’zaro aloqadorligini aniqlagan. U musiqani insonga ruhiy taosiri ustida ko’p shug’ullangan va bu sohada jahonshumul natijalarga erishgan Ibn Sino ruhiy kasalliklarni davolashda Al – Kindiyning musiqa bilan davolash 2sohasidagi ishlariga tayangan. Al – Kindiyning yozishicha, kuylar bilan gullar o’rtasida qandaydir o’xshashlik bor. Gullardan taraladigan hushbo’y ifor kishi ruhini ko’taradi, kuchiga kuch qo’shadi. Mutafakkirning musiqa va tabobatga qarshi ya’ni, doir ana shu muloxazalari hozirgi kunda ham o’z qimmatini yo’qotmagan.Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati, oliy insoniy fazilatlari, badiiy madaniyati istiqlol va mustaqillik uchun kurash hamda orzu umidlari aks yetadi.
“Musiqa deb atalmish ilohiy bu mo’jizada shunday bir sehr mujassamki, uni tushunish, tasirini sezish uchun hech qanday tarjimonning keragi yuq” degan edi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. SHuning uchun ham o’zbek xalqining musiqiy og’zaki ijodi, hunarmandchiligi, memorchiligi, adabiyoti qanchalik qadimiy bo’lsa, uning musiqasi shu qadar qadimiy deb ayta olamiz. Kelajagi buyuk davlatimizning vorislari, bo’lajak yosh avlodni munosib tarbiyalab voyaga yetkazish o’qituvchi kadrlarni har tomonlama yetuk, jismonan baquvvat, manaviy va mafkuraviy jihatdan barqaror, milliy istiqlol g’oyalarini chuqur anglagan, badiiy yuksak didli inson qilib tarbiyalashga bevosita bog’liqdir. O`quvchilarni xususan musiqa xalqimizning boy maonaviy musiqiy merosini, asrlar osha sayqal topib kelgan mumtoz asarlarni izchillik bilan o’rganishlari muhum ahamiyatga molik masaladir.
SHaxsni ijtimoiy mohiyatini bilim va malaka tashkil etib uning maorifiy jarayoni orqali esa inson bilimga ega bo’ladi. Yig’ilgan bilim va malakaning sifatiga qarab, shaxs ijtimoiy suroati hamda intelektual salohiyati belgilanadi. Illo, shaxsda bilim qanchalik ko’p bo’lsa, dunyoqarash keng ko’lamli va amaliyotga tayangan bo’lsa, unda uquv va tadbirkorlik fazilatlari keng namoyon bo’ladi.
SHundan kelib chiqqan holda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ilgari surilgan taolimning insonparvarlashuvi tamoyili - taolim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maonaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishni nazarda tutadi.
Bu o’rinda mamlakatimizda yosh avlodning maonaviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, barcha fanlar bilan birgalikda “Musiqa madaniyati” darslarini integratsiyalashtirish orqali yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining yuksak namunalaridan keng bahramand bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va uni rivojlantirish borasida ko’p islohotlar qilinmoqda.
Musiqa-sanoatning oddiygina bir turi bo’lib qolmasdan u bo’lajak kasb egalarining musiqiy madaniyatini va uning yuksak badiiy didini rivojlantira oluvchi vosita hisoblanadi.
SHarq musiqasining buyuk qudrati haqida “SHarq taronalari” xalqaro musiqa festevali qatnashchilariga qarata birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi “SHarq musiqasi – SHarq falsafasi, SHarq dunyosining uzviy bir qismidir. SHarq musiqasining jahon merosida tutgan o’rni benihoya buyuk... Bu musiqa ming-ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda. Uzining yuksak jozibasi bilan dunyo madaniyatiga ozuqa berib umum bashariy qadriyatlarga munosib hissa qo’shmoqda”.
O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo’nalislari bo’yicha Harakatlar strategiyasining to’rtinchi bosqichi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Milliy tarbiya barcha tarbiyaning asosidir. Shuning uchun hаm mustаqillikning dаstlаbki yillаridаn eng аvvаlо tа’lim tizimini islоh qilish, uni milliy-mа’nаviy qаdriyatlаr nеgizidа shаkllаntirish, jismоniy sоg’lоm, mа’nаviy yеtuk, аqliy bаrkаmоl insоnlаrni tаrbiyalаshgа аsоsiy e’tibоr qаrаtildi.
Iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni ijodiy kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratib berish ustuvor vazifalarimizdan biri bo’lishi kerak. [Sh.Mirziyoev. “Xalqimizning roziligi bizning foliyatimizga berilgan eng loyiq bahodir”.208-bet]

Download 47.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling