I bob. Mustaqillik davrida sozandalik san’atining nazariy asoslari
II bob. O’zbek musiqasida sozandalik san’atining rivoji
Download 93.36 Kb.
|
Mustaqillik davrida sozandalik san\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich
II bob. O’zbek musiqasida sozandalik san’atining rivoji
II.1.A.Ismoilov, A.Abdurashidov va A.Xoltojiyevlarning ijodiy faoliyati Ismoilov Abduhoshim 1952 yil Farg’ona viloyati Quva tumanida tavallud topgan. Ismoilov Abduhoshim – sozanda (g’ijjak), bastakor. 1990 yil O’zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo’lgan. 1989 yil Toshkent konservatoriyasining sharq musiqasi kafedrasini tugatgan .1974-1985 yillarda O’zbekiston teleradiokompaniyasining maqom ansamblida sozanda , 1985-1987 yillarda musiqa rahbari , 1987-1996 yillarda badiiy rahbar ,1997-1999 yillarda “O’zbeknavo” konsert – gastroll birlashmasida sozanda bo’lib faoliyat yuritgan. Ijro uslubiga noziklik va mayinlik, qochirim – nolalarni, rang – barang usullarni ustalik va mohirona ishlatish xos. Ismoilov rahbarligidagi cholg’u ansambli (A. Abdurashidov, A. Xoltojiyev va boshqalar) ijrosi orqali o’zbek musiqasidagi yangi – guruhli badiha uslubi kirib keldi. Repertuaridan yirik xalq cholg’u kuylari (“Cho’li Iroq”, “Nasrulloyi”, “Navro’zi Ajam” va boshqalar), maqom yo’llari (“Chorgoh”, “Segoh”, “Dugoh”) va boshqalar) keng o’rin olgan. Bastakor sifatida o’zining ashula, qo’shiq va yallalari (“Bo’lmas”, “Noz”, “Erka bolbul”, “Sen o’zing”, “O'zbekiston”, “Toshkentim”, “Yorimga ayting”, “Uchrashuv”, “Netay”, “tog’ qizi” va boshqalar), cholg’u va raqs kuylari (“Holim so’rma”, “Gullola”, “To’yona”, “Dil bayrami” va boshqalar) bilan shuhrat qozongan. Qator xorijiy mamlakatlarda o’z ijrochilik mahoratini namoyish etgan.1983 yilda Maqom ijrochilarining 1 – respublika tanlovi laureati bo’lgan. ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich 1956 yilda Margʻilonda tavallud topgan. ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich — sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasi (1981) ni tugatgan. Margʻilondagi «Doʻstlik» bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983—90), Oʻzteleradiokompaniyasining «Maqom» ansamblida sozanda (1990-y. dan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari («Choʻli Iroq», «Yovvoyi Chorgoh», «Qalandar», eroncha «Shoda-shoda» va b.), oʻzbek ashula va katta ashulalarning cholgʻu yoʻllari («Figʻon», «Hanuz», «Ey, sabo», «Bir kelsun» va b.) oʻrin olgan. Ijro uslubiga badihagoʻylik, musiqiyifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida «Nay nolasi», «Nigohing» kabi kuylarni, «Fargʻona ekan doʻstlar», «Margʻilon atlaslari», «Paydo boʻlibdi» va b. ashulalarni yaratgan. Download 93.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling