I bob. Mustaqillik davrida sozandalik san’atining nazariy asoslari
Download 93.36 Kb.
|
Mustaqillik davrida sozandalik san\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simfonik orkestr partiturasi
- Damli cholg‘ular orkestri
О‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri partiturasida guruhlarning joylashish tartibi quyidagicha;
1. Puflama cholg‘ular guruhi (kichik nay, nay, surnay, qо‘shnay) 2. Urma torli cholg‘ular guruhi (chang, qonun) 3. Mezrobli cholg‘ular guruhi (prima rubobi, qashqar rubobi, afg‘on rubobi, dutor, dutor bas, dutor kontrabas) 4. Urma zarbli cholg‘ular guruhi (doyra, nog‘ora, qayroq, safoil, litavra, kichik baraban, buben, uchburchak (treugolnik), va tarelka) 5. Kamonli cholg‘ular guruhi (g‘ijjak, g‘ijjak alt, g‘ijjak bas, g‘ijjak kontrabas) Simfonik orkestr partiturasida guruhlarining joylashish tartibi quyidagicha; 1. Yog‘och-puflab chalinadigan cholg‘u cholg‘ular guruhi (kichik fleyta, fleyta, goboy, anliya surnayi, klarnet B, klarnet A, Klarnet bas, fagot, kontrafagot) 2. Mis-puflab chalinadigan cholg‘u cholg‘ular guruhi (Valtorna F, Truba B? Tenor trombon, tenor bastrombon, tuba) 3. Urib zarbli cholg‘u cholg‘ular guruhi (litavralar, ksilofon, qо‘ng‘iroq) 4. Torli-chertib chalinadigan va klavishli cholg‘u cholg‘ulari guruhi (fortepiano, chelesta, arfa) 5. Kamoncha bilan chalinadigan cholg‘u cholg‘ular guruhi (skripka, alt, violonchel, kontrabas) Damli cholg‘ular orkestrini tashkil topishi va rivojlanishi harbiy tarix bilan chambarchas bog‘liqdir. Damli cholg‘ular orkestridan, asosan harbiy maqsadlarda, ya’ni harbiy marosimlarga aloqador musiqalar ijro etilganda va harbiy qism hamda bо‘linmalarining jangovor harakatlarida foydalanilgan. Damli cholg‘ular orkestri boshqa orkestr jamoalaridan ijro uslubi va boshqa kо‘p jihailari bilan farq qiladi. Damli cholg‘ular orkestr partiturasida guruhlarining joylashish tartibi quyidagicha. Damli cholg‘ular tarkibi tо‘rt guruhdan iborat. 1. Yog‘ochli damlilar (kichik fleyta, fleyta, goboy, ingliz burg‘usi (alt goboy) kichik klarnet, klarnetlar, bas klarnet fagotlar) 2. Xarakterli misli cholg‘ular (valtornalar, trubalar, trombonlar) 3. Zarbli cholg‘ular (ma’lum balandlikka ega bо‘lgan: litavralar, ksilofon, qо‘ng‘iroqchalar (kolokolchik) vibrafon va b. Ma’lum balandlikka ega bо‘lmagan: uchburchak (treugolnik), buben, kichik baraban, katta baraban, tarelkalar va b.) 4. Asosiy misli cholg‘ular (kornetlar, altlar, tenorlar, bariton, baslar) Xulosa Xulosa qilib aytganda o‘zbek xalq cholg‘ulari tarkibidagi aksariyat cholg‘ular boshqa xalqlarda ham ancha keng tarqalgan bо‘lib, ular xuddi shunday kо‘rinishda yoki bir oz о‘zgargan kо‘rinishda, shunday nomda yoki boshqacha nomlanishda uchraydi. Cholg‘ular tarixiga oid mavzu о‘zlashtirilayotganda shunday cholg‘ular haqida ham tо‘liqroqm a’lumotlar berilishi foydadan holi bо‘lmaydi. Har bir cholg‘u alohida о‘rganilayotgan paytda esa uning sozlanishi yoki diapazoni qaysidir boshqa cholg‘u ga о‘xshashlik tomonlariga bog‘lanib о‘rganilishi talabalar uchun yengillik tug‘diradi. Misol tariqasida kontrabas dutor torlarining sozlanishi prima rubobi torlarining sozlanishiga teskari ekanligi, ya’ni - rubob prima torlari sol, re, lya, mi, tovushlariga sozlansa, kontrabas dutor torlari - mi, lya, re, sol tovushlariga sozlanadi. Bunday о‘xshashliklarni topa bilish va undan unumli foydalanish talabalar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan mashg‘ulotlarni tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Diapazonlar о‘zlashtirilayotgan davrda ham shunga о‘xshash jihatlardan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Aytaklik, mezrobli cholg‘ular guruhiga kiruvchi cholg‘ularning dastasi 2 oktavalik va bir yarim oktavalik ekanligi mutaxassislar uchun yangilik emas. Prima rubobi, qashqar rubobi, alt dutori va bas dutorlarning dastasi 2 oktavalik hisoblanadi, chunki bu cholg‘ulardagi ochiq tor sadosi bilan eng oxirgi parda bosilganda hosil bо‘ladigan tovush sadosi о‘rtasida 2 oktava farq bor. Misol uchun, rubob primaning birinchi ochiq tori ikkinchi oktava mi tovushiga sozlangan bо‘lsa, shu tordagi eng oxirgi tovush ham mi tovushini, lekin 4- oktava mi tovushini beradi. Shunday qilib, biz yuqorida sanab о‘tgan cholg‘ularning sozlanishini yodlab olgan talaba uning diapazonini aniqlashda birinchi torning sozlanishidan 2 oktava yuqoridagi tovushni topishi juda oson kechadi. Afg‘on rubobi, kontrabas dutorlarning dastasi bir yarim oktavalik xisoblanadi. Nazariy ma’lumotlar imkoniyat darajasida kо‘rgazmali vositalar, amaliy topshiriqlar bilan mustahkamlanishiga erishish zarur. Cholg‘ular alohida о‘zlashtirilayotganda shu cholg‘uda ta’lim olayotgan talabalar bilan suhbat, muloqot shaklida mashg‘ulotlarni tashkil etish ham yaxshi samara beradi. Cholg‘ushunoslikni о‘zlashtirish jarayonida о‘zbek milliy musiqiy cholg‘ulari turlari, ular xaqidagi tarixiy ma’lumotlar, har bir musiqiy cholg‘uning sozlanishi, diapazoni, ijro imkoniyatlari va xususiyatlari, shuningdek cholg‘u jamoalarida foydalanish о‘rni, qaysi cholg‘ular bilan qо‘shilib ijro etilganda yaxshi sadolanishi kabi ma’lumotlarni olishi rejalashtiriladi. Download 93.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling