I bob. Mustaqillik davrida sozandalik san’atining nazariy asoslari
II.2.Sozandalar jamoasining shakllanishi
Download 93.36 Kb.
|
Mustaqillik davrida sozandalik san\'ati
II.2.Sozandalar jamoasining shakllanishi
Ansambl (fransuzcha ensemble – birgalikda, uyg‘unlik) ma’nosini bildiradi. Vokal yoki cholg‘u musiqasi asarini bir necha ijrochi tomonidan ijro etilishi ansambl deyilib ular ijrochilar soniga qarab turlicha ataladi. Agar ikki ijrochi uchun bо‘lsa duet, uch ijrochi - trio, tо‘rt ijrochi – kvartet, besh ijrochi – kvintet... bazida orkestrning kichraytirilgan jamoasiga ham ansamb iborasi qо‘llaniladi. Bundan tashqari bir cholg‘udan tuzilgan (qashqar rubobi, doyra, chang va x.z.) yoki bir cholg‘u oilasidan (dutor oilasi yoki g‘ijjak oilasidan) tashkil topgan, aralash va an’anaviy cholg‘ularidan tarkib topgan ansambllar ham mavjud. Bir ijrochi о‘zi biror cholg‘uda chalib ashula aytishi, ovoz bilan biror cholg‘uning jо‘rligi, jо‘rnavozlik ham ansambl deyiladi. Cholg‘u ansambllarida ijro etiladigan musiqa asarining xususiyatiga kо‘ra unison ansambl yoki kо‘p ovozli ansambl bo‘ladi. Unison ansambllarda bir xil balandikdagi tovush bir vaqtda ijro etilsa kо‘p ovozli ansamblda har-xil balandlikdagi tovushlar bir vaqtda ijro etiladi. О‘zbek milliy cholg‘ulari rang-barangligi bois turli tarkibdagi ansambllar tuzish imkoniyati mavjud. Shu bois ansambl uchun repertuar tanlaganda ansambldagi mavjud cholg‘ular va cholg‘u ijrochilarining ijro mahoratini hisobga olgan holda moslashtirish va cholg‘ulashtirishda alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Tanlangan asar ansambl sozandalarining musiqiy-nazariy bilimlarini, ijrochilik mahoratlarini oshirish, kо‘rsatish bilan birga tinglovchiga ham ma‘naviy ozuqa berib ma’qul bо‘lishi shart. An’anaviy cholg‘u ansambllari tarkibiga doyra, nay, qо‘shnay, g‘ijjak, sato, dutor, tanbur, chang, qonun, ud, qashqar rubobi, afg‘on rubobi kabi milliy cholg‘ular kiradi. Milliy ansambllardan yana biri surnay, karnay, nog‘ora va doyralardan tuzilgan ansambl bо‘lib, xalqimiz qadimdan to hozirgi kunga qadar tо‘y-tomosha, sayl va katta yig‘inlarda keng foydalanib kelishgan.Estrada san’ati hozirgi kunda keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. Estrada deganda ko’pchilikning ko’z o’ngida estrada qo’shiqchiligi gavdalanadi. Estrada qo’shiqchiligidan tashqari estrada ansambl va estrada orkestr jamoalari ham mavjud. Estrada orkestrida asosan estrada va jaz musiqalari ijro etiladi. Estrada orkestri torli, damli, klavishli, zarbli va elektromusiqa cholg‘ularidan tashkil topadi. Estrada simfonik orkestrida esa katta jamoa birlashgan bо‘lib unda zarbli cholg‘ular, fortepiano, samsintizator, gitara, bas gitara, truba, trombon, saksofon, simfonik orkestrining kamoncha bilan chalinadigan cholg‘u cholg‘ular guruhi, yog‘och-puflab chalinadigan cholg‘u cholg‘ular guruhi hamda litavra, arfa va boshqa cholg‘ular kiradi. Orkestr (yun. orchestra – yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) – turli musiqa cholg‘u cholg‘ularini chaluvchilardan tuzilgan va ular uchun yaratilgan asarlarni birgalikda ijro etuvchi sozandalar jamoasi. Orkestr kamer ansambldan dirijyor tomonidan boshqarilishi va ba’zi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarning turlari va tuzilishiga orkestrlar simfonik orkestr, xalq cholg‘u cholg‘ulari orkestri, kamer orkestr, puflamalar orkestri, torli cholg‘ular orkestri, estrada orkestri, jaz orkestri va boshqa turlarga bо‘linadi. О‘zbekistonda orkestrlarning barcha turlari mavjud. Download 93.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling