I bob. Mustaqillik davrida sozandalik san’atining nazariy asoslari


Download 93.36 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi93.36 Kb.
#1554001
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillik davrida sozandalik san\'ati

Abdurahmon Xoltojiyev 1957 yil 14 sentyabrda Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahrida dunyoga keldi. Bolaligidan san'atga qiziqishi tufayli o`rta maktabda tahsil olish bilan birga, musiqa maktabidagi to`garaklarga qatnay boshladi. O`qishdan bo`sh vaqtida esa Marg`ilon ipak kombinati qoshida tashkil etilgan “Do`stlik” bolalar ansamblida ustozi Komil Mirzayevdan chang cholg`usining ijro sirlarini puxta o`rgandi. 1972 yildan boshlab, Farg’ona san'at musiqa bilim yurtida chang sozini chalish bo`yicha olgan bilimlarini yanada mustahkamlashga erishdi. U 1976 yili O`zbekiston davlat konservatoriyasining “Sharq musiqasi” fakultetiga o`qishga qabul qilindi. Besh yillik o`quv jarayoniniing dastlabki yillari sozanda va bastakor, O`zbekiston Respublikasi san'at arbobi, ustoz Faxriddin Sodiqovning chang cholg`usiga xos milliy ijrochilik an'analari, zarblari, bezaklari va sayqallarini o`rganish va bu cholg`u asbobining mohir ijrochisi bo`lib yetishdi. 1980 yildan boshlab qo`lda chalinadigan qadimgi cholg`u - qonunni qayta jonlantirdi va targ`ib etdi. 1981-1983 yillarda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ikromjon Bo`ronov rahbarligidagi ansamblda sozanda bo`lib xizmat qildi va armiya safida yigitlik burchini ado etdi.1983 yildan 2002 yilgacha O`zbekiston Milliy telaradiokompaniyasi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansamblida faoliyat olib bordi. 1000 dan ortiq kuy va maqom qo`shiqlarida sozanda sifatida jo`rnavozlik qildi. 2006 yilda Abdurahmon Xoltojiyevning “An'anaviy qonun cholg`u va ijrochiligi” deb nomlangan darsligi nashrdan chiqdi. A.Xoltojiyev 35 dan ortiq chet el gastrol safarlarida bo`lib, qonun sozida milliy kuylarni ijro etdi va ko`plab xorijiy sanat shaydolari olqishiga sazovor bo`ldi. Sozandaning ijodiga o`z maslahatlari bilan yordam bergan O`zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov va turmush o`rtog`i O`zbekiston xalq artisti Zamiraxon Suyunovaning mehnatlarini alohida ta'kidlash o`rinlidir. 1987 yilda Butunittifoq melodiya ovoz yozish studiyasining “Kumush” diski bilan mukofotlangan. 1987 yilda qonun sozi bo`yicha maqomchilar konkursi laureati bo`lgan. Abdurahmon Xoltojiyev san'atdagi samarali mehnatlari tufayli 1998 yil “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi. Hozirda u O`zbekiston davlat konservatoriyasida chang va an'anaviy qonun sozidan talabalarga saboq berib kelmoqda.



Download 93.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling