I bob. Muzey yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy qadriyatlar manbadir


Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muzey ilmiy ommaviy ishlarining o`rni


Download 36.78 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi36.78 Kb.
#1593133
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YOSHLARNI VATANPARVARLIK TARBIYALASHDA MUZEY TADBIRLARINING O

1.2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muzey ilmiy ommaviy ishlarining o`rni.

Jamiyatning ma`naviy, axloqiy kamolga etkazishi keng aholi ommasini, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda muzeylarning katta ahamiyat kasb etishini inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari, Madaniyat va sport ishlari va Xalq ta`limi Vazirligining 2002 yil iyun’ oyida qabul qilgan Respublika Oliy va o`rta-maxsus, kasb-hunar va umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchi va talaba yoshlari o`rtasida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni ko`chaytirish to`g’risidagi qo`shimcha buyruqlari va shu asosda viloyat hokimligining qaror, tadbir-rejalari va ko`rsatmalari muzeylar va o`quv yurtlari o`rtasida mustahkam aloqa o`rnatish, hamda madaniy-ma`rifiy ishlarni hamkorlikda olib borishga keng imkoniyatlar yaratib berdi.


Viloyat «Xotira va qadrlash uyi» muzeyi ma`muriyati mazkur buyruq va tadbirlar rejasi asosida viloyatdagi Oliy va o`rta-maxsus o`quv yurtlari, maktab, litsey va bir qator mehnat jamoalari bilan hamkorlikda shartnomalar tuzdi va ushbu shartnomalar asosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy ekskursiya kunlarini o`tkazilishi viloyat «Xotira va qadrlash uyi» muzeyi faoliyatida ham ma`naviy, ham siyosiy ahamiyatga ega bo`lgan amaldagi o`ziga xos katta ijobiy tadbirlardan biri bo`ldi.
Viloyat «Xotira va qadrlash uyi» muzeyi ilmiy ommaviy ishlari faoliyatida tarixiy kunlarni, atoqli allomalar, lashkarboshilar, davlat arboblarining tavallud kunlariga bag’ishlangan ko`rgazmali tadbirlar muntazam ravishda o`tkazilishi o`zining yuqori samarasini bermoqda. Masalan, 14 yanvar’ «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan viloyat «Xotira va qadrlash uyi» muzeyida 2007 yil 11 yanvar’ kuni «Inson xotirasi muqaddas, qadrlash esa burchdir» mavzusida ko`rgazmali tadbir o`tkazildi. Tadbirda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, baynalminal jangchilar, 57364-harbiy qism askar va zobitlari, «Vatanparvar» avtomobil’ maktabi kursantlari va sanoat kolleji talabalari qatnashdilar. Shuningdek, Namangan shahrining 34-o`rta maktabining 50 dan ortiq yuqori sinf o`quvchilari qatnashdilar. Tadbirda jami 200 dan ortiq kishi shundan 70 talaba yoshlar, 50 nafar o`quvchi, qolganlari urush qatnashchilari, harbiylar, kursantlar ishtirok etishining o`zi tadbir salohiyatidan nishonadir. Shu kuni «Baynalminal jangchilar»ga bag’ishlangan «Barhayot siymolar» ekspozitsion ko`rgazmasini ochilishi marosimi bo`lib o`tdi. Ushbu ko`rgazmani tashkil etishda muzey ilmiy xodimlari tomonidan Namangan viloyatidan Afg’onistonda xizmat qilgan 50 dan ortiq yurtdoshlarimizning suratlari va tarjimai xollari namoyish etildi. «Ijtimoiy himoya yili» munosabati bilan shu kuni urush va mehnat faxriylariga esdalik sovg’alari 80 kishiga hayriya oshi tarqatildi. «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan o`quvchi yoshlar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi va shu kuni 500 dan ortiq o`quvchi yoshlarga bepul xizmat ko`rsatildi.1 Ayniqsa, Namangan iqtisodiyot instituti qoshidagi 1-akademik litsey talabalari ishtirokida faxriylar bilan o`tkazilgan muloqot yoshlarimizda taassurotlar qoldirdi.
Viloyat «Xotira va qadrlash uyi» muzeyida «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan 2009 yil 12 yanvar’ kuni «Vatanning mard o`g’lonlari» mavzusida NamMII qoshidagi 1-akademik litsey, harbiyga ko`maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotlari, ikkinchi jahon urushi zobitlari hamkorligida musiqali badiiylashtirilgan tadbir o`tkazildi. Tadbirda jami 227 nafardan ortiq kishi qatnashdi. Shundan 116 nafari yoshlar ya`ni talaba, o`quvchilar ishtirok etdilar. Tadbirda urush faxriylari o`zlarining suronli jangovar yo`llari haqida yoshlarga hikoya qilib so`zlab berdilar, bu so`zlardan ilxomlangan yoshlar ham so`z olishib, otalaridan mard insonlar bo`lib tarbiyalanish bilan birgalikda «Mustaqil Vatan himoyachisi» degan sharafli nomni e`zozlash, Vatanni ko`z qorachig’iday himoya qilishga so`z berdilar.2
«Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyida ham 2009 yil 13 yanvar’ kuni «Ajdodlarga ehtirom» mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda «Vatanparvar» tashkiloti, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, baynalminalchilar, 63255-harbiy qism serjant va zobitlari, Namangan viloyat hokimligi ma`naviyat-ma`rifat kengashi boshlig’i B.Isoqov qatnashib, mustaqil O`zbekistonning Qurolli kuchlarining kuch va qudrati to`g’risida ma`ruza qildi. Ayniqsa, o`quvchi yoshlar ushbu ma`ruzalaridan o`lkamiz xalqlari o`z ozodliklari yo`lida mard, jasoratli o`g’lonlari bilan faxrlanib-g’ururlanib kelishlarining asl mohiyati bilan tanishdilar.
Yoshlarimiz Shiroq, To`maris, Spitamen, Mahmud Tarobiy, Jaloliddin Manguberdi, Temir Maliklar nomlari, jasorati
ular qalbida katta taassurotlar uyg’otish bilan Ona-Vatan himoyasiga bo`lgan kuch-ishonch ruhini shakllantirishda katta omil bo`lib qoldi.3
Tarixdan ma`lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk sarkarda, davlat arbobi, shoh va shoirdir. Har yili bu buyuk insonni tavallud kunini viloyat «Xotira va qadrlash uyi» muzeyida katta shodiyona bilan nishonlanadi. Jumladan, Bobur tavalludi munosabati bilan 2007 yil 13 fevral’ kuni NamDU tarix fakul’teti o`qituvchi-talabalari, Namangan shahar 7-o`rta maktab yuqori sinf o`quvchilari ishtirokida «Bobur Axsi farzandi» mavzusida ko`rgazmali tadbir o`tkazildi. Tadbir o`quvchi talaba yoshlarda hamyurtimiz Z.M.Boburning Axsi farzandi ekanligi, uning Hindiston sari yo`l solishi, sarkardalik san`ati sirlarini va uning mashaqqatli yo`lni bosib o`tish bilan Hindistondek davlatda «Kuchli Boburiylar davlati»ga asos solishi va uning tarixdagi o`rni haqidagi ko`rgazmali tadbir katta taassurotlar uyg’otdi.4 Bobur siymosi o`quvchi yoshlarimiz ongida milliy qadriyatlar timsolini shakllantirishda katta omil vazifasini bajaradi. Chunki, o`sha davr an`analari, udumlari, madaniyati, diniy qadriyatlar, o`lka tabiati, adabiy muhit va boshqalar «Qomusiy manba Boburnomada» o`z aksini topganligidadir.
Mustaqillikni qo`lga kiritganimizdan keyin o`tmish tariximizni o`rganishga bo`lgan katta imkoniyat va shart-sharoitlar yuzaga keldi. Mustabid-sovet tuzumi davrida buyuk bobokalonlarimiz Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Boburlar hayot faoliyatini hatto nomini tilga olish man etilgan edi. Mustaqillik tufayli Amir Temurning hayot faoliyati, davlatchilik siyosati, sarkardalik san`ati, me`moriy qobiliyati, diplomatiya sohasidagi ilgari surilgan g’oyalarini o`rganishga muyassar bo`ldik. Bir so`z bilan aytilganda ular ruxi hozirda bizni madad va kuch bag’ishlamoqda. Milliy o`zligimizni anglash va milliy qadriyatlarimi barq urmoqda.
Ana shundan kelib chiqib har yili bobokalonimiz Amir Temur tavallud topgan 9 aprel’ sanasini turli mavzular ostida «Amir Temur saltanati», «Temuriylar davrida ilm-fan va san`at rivoji», «Amir Temurning sarkardalik san`ati sirlari»,
«Axsikent Temuriylar davri yodgorligi» va shu kabi yo`nalishlarda5 Namangan shahridagi maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlari o`quvchi, talabalari hamkorlikda tadbirlar o`tkazib kelinayotganligi o`quvchi va talaba yoshlarimizda jahonga mashhur sarkarda, davlat arbobi, fiqhshunos, me`mor Amir Temur va temuriylar bilan g’ururlanishdek omil shakllanishi manbaidir.
Biz yashayotgan shu muqaddas zaminda buyuk saltanatga asos solgan, olamni tebratgan, nomi etti iqlimda mashhur bo`lgan ulug’ Sohibqiron Amir Temur istiqlol sharofati bilan o`z vataniga qaytdi, deyish mumkin.
Yoshlar ma`naviyatini shakllantirish maqsadida viloyat «Xotira va qadrlash uyi» muzeyida oyning oxirgi haftasi payshanba kuni «Ochiq eshiklar kuni» deb e`lon qilingan. Shu kuni muzeyga o`quvchi, talabalar taklif qilinib, muzey xodimlari tomonidan bepul xizmat ko`rsatiladi. Ayniqsa, muzey xodimlari tomonidan, kam ta`minlangan oila farzandlari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga muntazam ravishdabepul xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yilgan. Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning sa`y-harakatlari bilan Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Jaloliddin Manguberdi, «Barhayot siymolar» yubileylarining o`tkazilishi, mamlakat tarixidagi muhim sanalarga bag’ishlab Namanan viloyat «Xotira va qadrlash» uyi muzeyida tayyorlab o`tkazgan ko`rgazma va tadbirlar yoshlarning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasida muhim o`rin egallashi shubhasiz.
«Xotira va qadrlash uyi»da urush va mehnat faxriylari hamda baynalminalchi jangchilar bilan uchrashuvlar o`tkazish, yoshlarga pasport, maktabni tugallaganligi haqidagi guvohnomalarni topshirish, yigitlarni harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini o`tkazish an`anaga aylandi. Bu narsa yoshlarimizda Vatanga mehr – muxabbat, otalarimiz jasoratiga xurmat ruxini shakllanishida manba bo`lib hisoblanadi6.
Istiqlol bizga o`zligimizni qaytardi, milliy qadriyatlarimiz, an`analarimizni qayta in`om etdi. Yurtboshimizning tashabbusi, qo`llab – quvvatlashi samarasi o`laroq, bugun xayrli ishlari bilan nom qoldirgan, insoniyat, yurt taraqqiyoti uchun xizmati singan buyuk ajdodlarimiz bilan xaqli ravishda faxrlanish baxtiga muyassarmiz. Zero, inson xotira bilan tirik, xotira bilan barhayot. O`tmishni yodlab, undan kerakli xulosalar chiqarish esa istiqbol sari, dadil odimlashda bizga kuch beradi, quvvat bo`ladi7.
Urush ko`rgan otalardan bugun necha nafari omon?
O`tgan yili, undan ilgari qancha edi? Soqolining qorasi qolmgan bir farishta surat mo`ysafidlarning axvoli qanaqa, sog’ligi qanday? Bu juda – juda og’ir va og’riqli savollar.
Dushman tig’iga eng avvalo 1923 yili va undan oldin tug’ilgan yigitlar ro`baro` bo`lishdi. Qirg’inbarot keyin 1924,1925, 1926 yillari dunyoga kelgan o`g’illarni yamladi. 1945 yilning yanvaridan 1927 yilda tug’ilganlarni ham jangoxga, hayot – mamotga, o`limga chorladi. Bundan chorak asrga muqaddam urush ko`rgan faxriylar soni Namanganda o`n minglab sanalgan. Bugun butun O`zbekiston bo`yicha (2008 yil 9 may xisobiga) ular 15 000 nafar qolishibdi. Namanganda esa ming kishiga ham etmaydilar. Keyingi yillar hisobiga ular soni yana ham kamaygan, yuzga yaqin otaxonlarimiz o`tib ketishdi8.
Taniqli yozuvchi Xurshid Davron o`zining “Samarqand xayoli” kitobida ajoyib so`zlarni keltirgan. Unda muxlislar tomonidan yuborilgan maktublar taxlili berilgan. “Ruh va fikrimizning tuyg’un qilmoqqa birinchi vosita xotiradir” deb yozadi maktubda Samarqandlik Ismoil Xaqqulov – shu xotira bor ekan, bobolar yodi dilimizda xuddi qondek jo`sh urib turaveradi9. Demak ajdodlar xotirasini abadiylashtirish sizu bizning burchimiz ekanligini unutmaslik zarur ekan.
9 may – Xotira va qadrlash kuni. Biz shu kuni Vatan ozodligi, yurt tinchligi yo`lida xalok bo`lganlarni aloxda extirom bilan yodga olamiz, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo`shgan faxriylar holidan habar olib, ko`ngillarni shod etamiz.
Mazkur sanaga bag’ishlangan tadbirlar va tantanalar esa viloyatimiz shag’ar – qishloqlarida, korxona. Tashkilot, o`quv yurtlaridazo`r tayyorgarlik bilan o`tkazilishi an`anaga aylanib qolgan.10
Har yili Namangan viloyat “Xotira va qadrlash uyi” muzeyida 9 may xotira kunini yuqori saviyada musiqali, badiiy, ko`rgazmali tarzda “Avlodlar sizni unutmaydilar” mavzusi ostida tantanali sur`atda o`tkazilib kelinmoqda. Bu tadbirga urush fahriylari, mehnat faxriylari, baynalminalchi jangchilar, xarbiy qism kursant, ofitserlari, o`quvchilar, talabalar, yozuvchi, shoir, jurnalistlar, san`atkorlaru, televidenie vakillari taklif etlgan holda o`tkazilishi katta an`anaga aylangan. Ushbu tadbirda urush faxriylari yoshlarga o`sha suronli yillar jabru-jafolari haqida so`zlab bersalar, mehnat faxriylari Ona – Vatan mustaqilligi yo`lidagi sharafli ishlari haqida, shuningdek, yoshlarimiz oldidagi ulkan ishlarburch vazifalari haqida o`rtoqlashishadi.
Keksa avlod burchi... Biz shonli uurush va mehnat faxriylarining shu kunlarda olib borayotgan katta targ’ibot ishlari bilan tanishganda ana shu burch haqida o`ylab qolamiz. Chindan ham urush faxriylarimiz yoshlar bilan ishlashda ularga, qalb qo`rlarini sarflashni o`z burchlari deb hisoblaydilar. Hozirgi yoshlarga qahramonona o`tmish voqealarni hikoya qilib berish, ularning ongida otalarning so`nmas jasoratini gavdalantirish faxriylarimiz uchun g’oyat maroqli bo`lib qolmay,benihoya ibratli hamdir.
O`zbek xalqi o`z urush va mehnat faxriylaridan g’oyat minnatdordirlar. Ular xaqli ravishda xalqimizning faxri va shon-sharafidir.11
Xotira kuniga bag’ishlangan tadbirlar, muloqotlar, suhbatlar. uchrashuvlar yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalanish manbasidir.
Xotira va qadrlash uy muzeyida muntazam ravishda har yili 31 avgust qatog’on qurbonlarini yod etish kunini nishonlash tadbiri bo`lib o`tadi.
Bundan o`n yil oldin yurtboshimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan poytaxtimizda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etildi. Xuddi shu erda qatog’on qilingan ajdodlarimiz hayoti aks etgan va ularga ehtirom sifatida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi.
“Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyida Namanganda tug’ilib, o`z sa`yi harakatlari bilan barchaga o`rnak bo`lgan yurtdoshlarimizdan Isxoqxon Ibrat (1862-1937), Muxammadsharif So`fizoda (1869-1937), Usmon Nosir (1912-1944) alohida joy olgan. Ulardan tashqari Sobir Xoliqov, Inomjon Nizomboev, Nuriddin Qoriev, Muxiddin Shohimardonov, Mirsaid Shomirboboevlarga oid xujjatlar Namangan viloyati “Xotira va qadrlash uyi” muzeyida saqlanmoqda.12
Ushbu sana ham viloyat “Xotira va qadrlash uyi” muzeyida qo`shaloq bayram tadbiri “O`zbekiston mustaqilligi kuni” bilan hamnafas o`tkazib kelinishi ramziy ma`no anglatadi. Sababi, “Shoxidlardan meros bu Vatan” mavzusi ostida o`tadigan tadbir – Vatanimizning asl farzandlari – shunday dorilamon kunlarga, xurlik, ozodlikka erishish maqsadida kurashib, tabbaru qonlari to`kilgan yurtdoshlarimizning hech qachon yoddan chiqarmaslik, ruhlarini shod etish biz uchun mana shunday muborak zamonlar qadrini chuqurroq anglashimiz imkonini beradi.
Muzeyda olib borilayotgan ommaviy ishlar orasida “Jadidchilik harakati va uning moxiyatlari” haqida yoshlar o`rtasida o`tkazilayotgan davra suhbatlari, muloqotlar o`zgacha axamiyat kasb etmoqda. Bu borada Namangan viloyat ma`naviy –ma`rifiy ishlar kengashi boshlig’i, dotsent Bahtiyor Isaqov rahbarligida muzeyda muntazam ravishda o`tkazib kelinayotgan ma`ruzalar yoshlar ongida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga xurmat g’oyalarini shakllanishida asosiy manbalardan biri bo`lmoqda. B.Isaqovning “Jadidlar va istiqlol mafkurasi” mavzusidagi ma`ruzasi to`planganlarda katta tasurot qoldirdi.
Shu o`rinda B.Isaqov quyidagi iborani keltiradi, “Buni o`sha davrdayoq yaxshi anglagan jadidlar mazlum xalq va elatlar istiqlolga erishuvining ilk bosqichi zamonaviy ma`rifatga ega bo`lishdan boshlanishi mumkin, deb bilganlar. Haqiqatda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan saqlab qoluvchi yagona kuch ma`rifat hisoblanadi13.”
Shu o`rinda V.Shuraevning “Buxoro farzandlari” risolasida keltirilgan so`zlarni keltirmoqchimiz. Afsuski, ba`zida kishilar teatrsiz, muzeylarsiz, suratlar galareyasiz. Kontsert zallarisiz, kutubxonalarsiz ham bemalol yashashi mumkin, degan fikrda madaniyatga yuzaki munosabatda bo`lishadi. Madaniyat tushunchasi nihoyatda keng. Masalan, turmush, ilmiy-axloqiy, siyosiy va badiiy madaniyat mavjud. Madaniyatga zarar etishi yoki uni inqirozi insoniyatni kulfatga olib keladi. Iqtisodiy madaniyatsizlik xalqning qashshoqlanishiga olib keladi. Siyosiy madaniyat tannazzuli aksil demokratiya, terorga olib kelishini biz Checheniston, Afg’oniston, Tojikiston misollarida ko`rdik. Axloqiy va turmush madaniyatini nazar pisand qilmaslik jinoyatchilikka ro`baro` qiladi. “Chernobil’” va Orol fojiasi esa texnik-madaniyatsizlik oqibatida yuz berdi. Umumiy madaniyatsizlik esa yovuzlik alomati14.
Mustaqillik O`zbekistonimizda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash masalasiga katta e`tibor berilayotganligidan quvonamiz, faxrlanamiz. Yosh kishini bo`yinbog’ini chiroyli tang’ish, teatrda o`zini yaxshi tutishga o`rgatish qiyin emas. O`tmish avlodlar merosini uning hayotiy extiyoji ekanligini anglatish esa mushkuldir, bu shunchaki maqsad emas, balki madaniyat yanada rivojlanishining zaruriy shartidir. Axir hayot bir joyda turib qolmaydi. Bugun bizga mikrokal’kulyatorlar maqul tushgan bo`lsa, ertaga komp’yuterlar zaruriyatga aylandi. Kim buni tushunib etmasa, almisoqdan qolgan bisot bilan yashashga umid qilsa, u holda hayotdan orqada qolib ketishi aniq.
Muzey – bu tirik vujud, ijtimoiy tashkilot, uning ko`rgazmalari qanday yashamsalik keragu qanaqangi hayotga intilish zarurligiga bizni da`vat etuvchi quruq so`zdan ustundir.
Bir so`z bilan aytganda, muzey o`zining ekspozitsiyalari fond kollektsiyalari yordamida keng axoli o`rtasilda ilmiy-ma`rifiy ko`rgazmali tadbirlar olib boradi.
Ularning asosiy shakllari quyidagicha:
1. ekspozitsiya va ko`rgazmalar bo`yicha umumiy mavzuiy suhbatlar o`tkazish.
2. Maktab o`qituvchilari, talabalar, axoli bilan mashxur kishilar hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan uchrashuvlar o`tkazish.
Vatan ximoyachilari kuni
4. Xalqaro xotin-qizlar bayrami
5. Navro`z bayrami
6. Xotira va qadrlash kuni
7. Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni
8. Xalqaro muzeylar kuni
9. Qatog’on qurbonlarini yod etish kuni
10 Mustaqillik bayrami
11. Ustoz va murabbiylar kuni
12. Konstitutitsiya kuni
1 Viloyat qishloq axli o`rtasida ko`chma ko`rgazmalar yordamida ma`naviy –ma`rifiy targ’ibot ishlarini olib borish.
Mustaqillik tufaayli muzeyda olib borilayotgan ilmiy-ommaviy ishlarning mazmun-moxiyati o`zgarishi bilan yuqori saviyaga ko`tarilganligi va bu borada rang-barang tadbirlar o`tkazilayotganligini ko`rishimiz mumkin.
O`qituvchi –tarbiyachi va murabbiylar esa muzey ekspozitsiyasi ko`rgazma zallari, talaba o`quvchi yoshlar uchun amaldagi ko`rgazmali o`quv quroli bo`lib xizmat qilishi mumkinligini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ilmiy-amaliy ochiq darslarni bevosita muzey ko`rgazmazallarida jonli o`tkazishlari muntazam yo`lg a qo`yilganligi o`quvchi-talaba yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy mustaxkamlashlarida katta manbaga aylangan. O`quv tadbirlarni muzeyda tashkillashtirish va o`tkazishdan maqsad shuki, har bir tadbir jonli o`z davriningg nodir, noyob eksponatlaridan foydalanib ko`rgazmali o`tkazilishi yoshlar qalbida ajdodlarimiz merosiga bo`lgan xurmat, extirom tuyg’ulari kuchayishida katta omil vazifasini bajaradi. Muzey oliygohlar, kollejlar bilan aloqani olib borishida bir qator muxim tadbirlarni amalga oshirishi mumkin. Masaldan, NamDU tarix bo`limi hamda ijtimoiy madaniyat bo`limi talabalariga o`tiladigan muzeyshunoslik kursi ma`ruza amaliyotlarini muzeyda, shuningdek O`zbekiston tarixini katta qismini muzeyda hamnafas olib borilsa, buning uchun o`quv yurti boshliqlari, dekanlar, kafedralar bilan o`zaro reja asosida kelishib yo`lga qo`yilsa talabalarning bu fanlarni chuqurroq egallashlarida muzey juda katta manba rolini o`ynaydi. Natijada, talaba muzey zallaridagi, zahiradagi moddiy-madaniyat buyumlarining o`z ko`zi bilan ko`radi va shunga loyiq taxlil qilishi mumkin1.
Xulosa qilib aytilganda “Yoshlarning vataanparvarlik ruhida tarbiyalashda” Xotira va qadrlash muzeylarining o`rni va roli kattadir.
Biz Namangan viloyat “Xotira va qadrlash” muzeyining yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borayotgan ish faoliyatlarini o`rganib taxlil qilganimizda quyidagi taklif va istaklarni amalga oshirish maqsadi ko`zga tashlandi.
- Viloyat o`quv yurtlarini muzeyga jalb qilish masalasi sust holda, natijada viloyat “Xotira va qadrlash” muzeyi to`g’risida yoshlarni bilim saviyasi etarli emas;
- Viloyat o`quv yurtlari uqituvchi-tarbiyachilarining ko`plari hali bu muzeyga tashrif buyurishmaganligi achinarlidir;
- O`quv yurtlari bilan hamkorlikda muntazam ravishda o`tkaziladigan tadbirlar rejasini tayyorlash va uni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir;
- Muzeyga yoshlarni jonli ekskursiyalarini o`tkazish foydadan holi emasdir.


Download 36.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling