I. Bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ta’limiy o didaktikdan foydalanishning nazariy asoslari
II.BOB.TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Download 379.58 Kb.
|
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DIDAKTIK MATERILLARDAN FOYDALANISH
II.BOB.TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
2.1 Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ta'limiy o'yinlardan foydalanish. Ona tili darslarida ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; - ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; -ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi; - o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi; - ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o‘rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi. O‘qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko‘nikma negizida o‘quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogic texnologiyani keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida yaqin yillarda ta’limning mutlaqo yangi metidikasi ishlab chiqiladi. Bu esa yangicha pedagogik mahorat talab etadi. . Shunga ko‘ra pedagogic texnologiyada o‘qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi metodik mahorat-yangicha pedagogik texnologiya demakdir. Yangicha pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Maktabda har bir o‘qituvchi ayrim turdagi ta'limiy didaktik o‘yin mashg‘uloti o‘quv materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatning ajralmas qismi hisblanadi. Bunda o‘qituvchilar o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq didaktik o‘yin turlaridan foydalanib o‘tkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma majlisida shu mashg‘ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar o‘tkazib borilishi tavsiya qilinadi. Download 379.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling