I. Bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ta’limiy o didaktikdan foydalanishning nazariy asoslari
Ta'limiy o'yinlarni dars jarayonida qo'llash orqali dars mohiyatini oachish o'quvchilarda yashrin qobilyatlarni yuzaga chiqarish
Download 379.58 Kb.
|
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DIDAKTIK MATERILLARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Do‘stingizni qutqaring”
- Alifbo bilag‘oni”
2.2.Ta'limiy o'yinlarni dars jarayonida qo'llash orqali dars mohiyatini oachish o'quvchilarda yashrin qobilyatlarni yuzaga chiqarish.
Mana sizlarga ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan ta’limiy-didaktik o‘yinlardan namunalar berdik. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda bugungi kun Milliy dasturda ham asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilmoqda. Bularga : oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Darslar davomida esa biz o‘qituvchilardan mana shu talablarni kengroq amalga oshirish uchun juda katta mahorat, izlanuvchanlik, o‘quvchini ta’lim jarayonida turli didaktik o‘yinlardan foydalanib darsga qiziqtirish talab etiladi. Biz bilamizki, ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda quyidagi tamoyillarga tayaniladi: tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e’tiborda bo‘lishi lozim. Matnni o‘qish orqali ham grammatika, ham uning qo‘llanishini o‘rgatishga asoslaniladi. Grammatik savodxonlik doirasida o‘quvchining so‘z boyligini oshirish, so‘zlarning ma’no nozikliklari, farq va o‘xshashliklarini his qilish va anglab yetish, bexato talaffuz qilish va yozish, so‘zlarni bog‘lab gap, gaplardan esa matn tuza olish, birikmalardagi ma’noviy va grammatik, matndagi mantiqiy xatoliklarni topish va tuzatish, o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglash, bir fikrni turli shaklda ifodalash, nutq vaziyatini to‘g‘ri baholash va til imkoniyatlaridan unga mos ravishda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va malakasini o‘stirishga e’tibor qaratiladi. Mana shulardan kelib chiqib mazkur metodik qo‘llanmada ham ana shunday tamoyillarga alohida e’tibor qaratilgandir. “Do‘stingizni qutqaring” o‘yini orqali o‘quvchilar guruh bo‘lib bir-biriga mehrli bo‘lish, hamjihatlik, bilimini yanada mustahkamllash , tezkorlik, hozirjavoblik jihatlarini oshirishga undaydi. “Ha yo‘q” o‘yini esa o‘quvchilarning noto‘gridan to‘g‘ri fikrni ajratishga, tezkorfikrlashga, hozirjavoblikka, analiz-sintez qilishga, kerakli fikrni vaqtida aytishga o‘rgatadi. O‘quvchilar bunda asosiy maqsad eng kerakjli fikrni o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rganadilar. Aniq fikrlashga o‘rganadi. Bundan ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining o‘tilgan mavzularni mustahkamlash qismlarida foydalanish, umumlashtirish darslarida foydalanish yoki yangi mavzini mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. “Alifbo bilag‘oni” o‘yini orqali o‘quvchilarning alifboni qanchalik chuqur o‘rganganliklarini nazorat qilish maqsadida foydalanish yanada foydali bo‘ladi. Darslar davomida bu o‘yindan turli o‘rinlarda foydalanish mumkin. Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning bilimini , xotirasini yanada charxlashga yordam beradi. “Quruvchi” ta’limiy o‘yini esa o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga, bir necha fikrlardan faqat to‘g‘risini ajrata olishga, o‘z fikriga ega bo‘lish kabilarni shakllantiradi. Bu o‘yinni har bir o‘qituvchi o‘zining mavzusidan kelib chiqib darsning turli o‘rinlarida qo‘llashi mumkin. Mustahkamlash va umumlashtirish darslarida yaxshi samara beradi. “Pochtachi “ ta’limiy o‘yinidan ham o‘quvchilarning mavzuni qanchalik o‘zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarning bilimini tekshirishda ularning mavzularni qanchalik o‘zlashtirganligini aniqlash mumkin. Shunday qilib, o‘yinlarning o‘quvchilar bilimini oshirishda, mustahkamlashda, bilimi boyishida o‘rni kattadir. O‘yin, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyat turi bo‘lganligi uchun ham, bu darslarda qo‘llanish o‘quvchilarga o‘zlashtirishga katta yordam beradi. O‘qituvchining esa maqsadiga yetaklaydi. Ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi. Mazkur metodik qo‘llanmada ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan berilgan mavzular yuzasidan ta’limiy –didaktik o‘yinlarni kiritish orqali sizlarga darsning turli jarayonlarida qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan tavsiyalarimiz kiritilgan, turli dars bosqichlariga oid metodik ko‘rsatmalar berilgan. XULOSA Xulosa qilib aytganda bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o‘qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalgam tatbiq etishdir. Biz 216-maktabdagi amalyot jarayonida 1-sinflar bilan ishladik.Bunda darsni qiziq va samaradorli bo'lishi uchun o'qtuvchi va o'quvchilar hamkorlikda,bir birlariga yordam bergan shakilda bo'lishi darkor.Ular munosabatidagi eng muhim xusisiyat bu o'qtuvchi va o'quvchilar ijodidagi hamkorlikdir.Innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi: ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi; mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. Nazarimizda pedagog, o'qutuchilar o'z kasbining chuqur bilimdoni ,ustasi va bolalarni seva olishi jamiyatimizdagi barcha bolalarimizni etuk va komil inson qilib tarbiyalashda o'z hissalarini qoshishadi. Download 379.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling