I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.66 Mb.
bet13/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

Ochiq testlar:
- qisqa javobni talab qiluvchi test topshirig‘i;
- ochiq qoldirilgan o‘rinlarni to‘ldirishni talab etadigan test topshirig‘i;
- kengaytirilgan javobni talab qiluvchi test topshirig‘i;
- rasmli test topshirig‘i.
Tajribamizdan kelib chiqib, 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda mana shunday test turlaridan foydalanilganda samaradorlik yanada oshganining guvohi bo‘ldik. Topshiriqlarning xilma-xilligi o‘quvchidan matnga yanada diqqatli bo‘lishni, mazmuniy bog‘liqlikni chuqurroq tushunishni va mustaqil munosabat bildirishni talab qiladi. Berilgan axborotning informativligi topshiriqlarning xilma-xilligi ko‘payishi bilan oshib boradi va yaxshi samara bera boshlaydi. Quyida o‘tkazgan tajriba-sinovlarimizni umumlashtirib, 5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi turli usullarda tuzilgan test topshiriqlarini keltiramiz va o‘ziga xosliklarini izohlaymiz.
Binar test topshiriqlari. Ushbu test turi yopiq test topshiriqlari sirasiga kirib, bunda o‘quvchining o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari ikkita variant orqali rivojlantiriladi va tekshiriladi.
1. Quyidagi hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.
Organizmda qonning kamayib ketishi anemiya kasalligini keltirib chiqaradi.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri

Odam tanasida tanga yasash uchun yetarli temir moddasi uchraydi.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri
Ushbu test topshiriqlari o‘quvchilarda ochiq ifodalangan ma’lumotlarni topish va tushunishni, matndagi verbal va vizual ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni idrok qilishni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, jumla darajasidagi ma’lumotlarni tushungan yoki tushunmaganligini tekshiradi. Ushbu test topshirig‘i orqali 5-sinf o‘quvchilarida diqqatni jamlash va to‘g‘ri tanlov qabul qilish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Tajriba-sinovimizda ishtirok etgan o‘quvchilarning aksariyati ushbu turdagi topshiriqlarga to‘g‘ri javob bergan, ammo gapning grammatik qurilishini to‘g‘ri tushunmagan o‘quvchilar xatolikka yo‘l qo‘ygan.
Quyidagi hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.
Supermarketdagi turli xil yozuvlar keraksiz narsani ham keraklidek ko‘rsatadi.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri
Supermarketda maxsulotlarning joylashuvi katta ahamiyatga ega.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri
Binar testlar o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda samarali usul hisoblanadi. Chunki bunday topshiriqlar, o‘quvchida haqiqiy mazmunni anglash, kinoya, piching etish kabi tagma’nolarni fahmlash kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bu usuldagi testlar asosan 5-sinf darsligidagi ilmiy va publitsistik matnlar uchun qo‘llansa, o‘quvchining berilgan ma’lumotlarni qabul qilishi va uni idrok qilishi, leksik birliklarni yanada chuqurroq anglab yetishi uchun foyda beradi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling