Matndagi “no‘xatdekkina miya” birikmasidagi “no‘xatdek” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
Kamqonlik kasalligini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlang.
Nima uchun qimmatbaho va “yoqimtoy” mahsulotlar oldingi rastalarga joylashtiriladi?
Ushbu topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning matnda aniq ifodalangan ma’lumotlarni topa olish; matnda ishlatilgan so‘zlarning kontekstdan kelib chiqib ma’nosini tushunish; ochiq ifodalangan ma’lumotlarni topish va tushunish ko‘nikmalari tekshirilyapti. Ya’ni matnda berilgan tushunchalarni qay darajada tushungani hamda kerakli axborotni qay darajada ajratib olgani baholanmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, rasmli topshiriqlarni bajarish ilk tajribamizda juda past natija ko‘rsatdi. Chunki 11-12 yoshli bolalarning psixologiyasi hamda fiziologik qobiliyatlari diqqatni jamlashga va e’tibor bilan bajarishga to‘sqinlik qildi. Ammo bu ko‘nikma rivojlantirilgandan so‘ng, bu turdagi topshiriqlar ham eng oson bajariladigan topshiriqlar qatoriga kirdi. 5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish ko‘nikmasi rivojlantirishdagi eng birinchi qadam ularni diqqatini jamlashga o‘rgatish va bosqichma-bosqich bu ko‘nikmani rivojlantiruvchi topshiriqlarni osondan murakkabga qarab berib borish degan fikrga keldik. Aynan, 5-sinf darsligida so‘z va jumla darajasidagi ma’lumotlarni tushunishga katta e’tibor qaratish lozim. Shunda ular yuqori sinfda matn darajasidagi axborotlarni tushunish va anglashda qiyinchilikka uchramaydi va bemalol matnga munosabat bildira oladi.
Tajribalarimizda jumla darajasidagi axborotlarni tushunishga ham alohida e’tibor qaratdik. Jumladan,
Matnning bosh g‘oyasidan kelib chiqib, bir-biriga to‘g‘ri keluvchi ma’lumotlarni moslashtiring.
reklama
|
Ehtiyojdan ortig‘ini xarid qilishga undaydi.
|
Musiqa orqali jalb qiladi
|
supermarket
|
Har bir mahsulotning joylashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.
|
a) a-2; b-1,3
b) a-1,2; b-3
d) a-1; b-2,3
e) a-2,3; b-1
Ushbu topshiriqni bajarish uchun o‘quvchi berilgan matnni mazmuniy bloklarga ajrata olishi, kerakli qismlarini idrok qilishi lozim. Ushbu ma’lumotlar matnda yashirin tarzda ifodalanmagan bo‘lsa ham aksariyat o‘quvchilar xatolikka yo‘l qo‘ydi. Bu esa o‘quvchilardagi kognitiv jarayonlarning yetarlicha rivojlantirilmayotganiga isbot bo‘ladi. O‘quvchi javobni topa olmoqda, tushunmoqda, ammo uni qo‘llay olmayapti. Demak, matn ustida ishlash, uni mazmuniy bloklarga ajratish, matnning har bir xatboshisini idrok qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi topshiriqlar metodikasidan ko‘proq foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |