Ushbu matn orqali insondagi qaysi illatlar qoralanmoqda?
ESLATMA. Fikrlaringizni lo‘nda, ixcham ifodalang, 15 ta so‘zdan oshib ketmasin.
Javob:_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Rasmli test topshiriqlari. Bu turdagi testlar o‘quvchilarning ko‘rgan voqelikni anglash, vaziyatga mos harakatlanish kabi ko‘nikmalarini rivojlantiriladi. 5-sinflarda tajriba o‘tkazganimizda matnda berilgan ma’lumotni qidirib topish indekatoriga ko‘ra rasmli test topshiriqlari berganimizda, o‘quvchilarning 80% i xatolikka yo‘l qo‘ydi. Demak, o‘quvchilarda matndagi vizual ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmasi yetarlicha rivojlantirilmagan va bu turdagi topshiriqlardan darslikda foydalanilmagan. Ammo tajribamizda qatnashgan o‘quvchilarda bu ko‘nikma keyinchalik shakllanishiga erishdik. Bu usuldagi topshiriqlar o‘quvchining tasavvur olami kengayishi va tafakkur darajasining yuksalishiga olib keladi.
Matnga ko‘ra anemiya kasalligining oldini olish uchun qaysi maxsulotlarni iste’mol qilish zarur?
1 2 3
4 5 6
7 8 9
Xulosa qilib aytadiga bo‘lsak, ona tili ta’limida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda foydalaniladigan topshiriqlar metodikasiga alohida e’tibor qaratish shart. Sh.Abdurahim o‘z monografiyasida topshiriqlar metodikasidan foydalanish haqida quyidagicha fikr bildiradi: “Mazmunga mos topshiriq metodikasini tanlash o‘quvchining kognitiv darajasini tashxislash, baholash imkonini beradi. Shu bilan birga, ona tili ta’limida o‘quvchilar til o‘rganuvchi emas, balki yetkazuvchisi, til sohibi bo‘lganligi bois topshiriq metodikasi to‘g‘ri tanlanmasa, yetarli darajada e’tibor berilmasa, teskari natija berishi – matnni o‘qib tushunish zerikarli va juda oddiy yumushga aylanishi mumkin. Bu esa ta’limga salbiy ta’sir o‘tkazadi.”15
Do'stlaringiz bilan baham: |