I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari
Download 0.66 Mb.
|
Almardonova M. MD
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. 5-SINF O‘QUVCHILARNING O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI 2.1
Birinchi bob yuzasidan xulosalar
1. Ona tili ta’limida “o‘qish” va “o‘qib tushunish” tushunchalarini bir-biridan ajratib olish kerak. 5-sinf darsligidagi matnlar orqali o‘quvchi ham kerakli axborot olishi, ham nazariy bilim o‘rganishi kerakli malakalarni hosil qiladi. 5-sinf ona tili darsligida matnlarning va topshiriqlarning tanlanishi ustida chuqurroq izlanish olib borish lozim. 2. Amaldagi maktab darsligida berilgan topshiriqlar yordamida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish tartibli va izchil amalga oshirilmayotganligi o‘qib tushunish ko‘nikmasi mazmunni qayta ishlab chiqish, ushbu mazmun asosida yangicha topshiriqlar metodikasidan foydalangan holda o‘quv materiallarini yaratishga ehtiyoj borligi dalillaydi. 3. O‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda o‘quvchining fiziologik hamda psixologik holatiga ko‘ra yangi tamoyillar ishlab chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni kutilgan natijaga erishish uchun nafaqat pedagogik ta’sir, balki bolaning yosh xususiyatlari, yashash tarzi, tafakkur kuchi ham inobatga olinishi kerak. Ta’lim jarayonining sifatini oshirishda pedagogika hamda psixologiya sohalari chambarchas bog‘liq ekanligini unutmagan holda metodik tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish kerak. II BOB. 5-SINF O‘QUVCHILARNING O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI 2.1-§. 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish mazmuni va tartibi Har qanday nazariya amalga tatbiq etilishidan oldin uning mazmuni nazariy jihatdan dalillanadi va metodikasi ishlab chiqiladi. Shu boisdan ona tili ta’limida matnni o‘qib tushunish malakasini rivojlantiruvchi mezonlar va tartiblar aniq qilib olinishi lozim. Bunda, avvalo, matnni o‘qib tushunishda hisobga olinadigan quyidagi omillarni keltirib o‘tishimiz joiz: - ko‘zlangan bosh maqsadni aniqlash; - o‘qib tushunish malakasining nazariy asoslarini dalillash va rivojlantirish tartiblarini ishlab chiqish; - rivojlantiruvchi topshiriqlar metodikasini yaratish; - topshiriqlarning tur va metodikasini mazmunga mos tarzda belgilash; -rivojlantirish uchun topshiriq tuziladigan matnlarni tanlashda matn xususiyatlariga e’tibor berish; - rivojlantiruvchi matn va topshiriqlarni tajriba-sinovdan o‘tkazish; - tajriba-sinov natijalari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Demak, o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda bolaning jismoniy va ruhiy holatidan kelib chiqqan holda o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish mazmuni va tartibi ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida psixolingvist olima I.Azimova o‘qib tushunish ko‘nikmasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Matnni o‘qib tushunish murakkab psixolingvistik jarayon bo‘lib, grafemalarni tanish, so‘zni o‘qish, so‘zning lug‘aviy ma’nosini, kontekstual ma’nosini anglash, sintaktik strukturani to‘g‘ri tahlil etish(ya’ni so‘zlarning o‘zaro munosabati, qaysi so‘z gapdagi asosiy tushunchani, qaysilari unga tobe tushunchalarni ifodalayotganini anglash), shuningdek, matn mazmuniy bloklarining o‘zaro bog‘lanishini tushunish kabi darajalardan iborat bo‘ladi”.10 Demak, matnni tushunish, uni idrok qilish, o‘zlashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi: grafemalarni tanish → so‘zni o‘qib, ma’no hosil qilish→ so‘z ma’nolarini anglash, vizual ifodalangan ma’lumotlarni tushunish→ matn qismlari va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni idrok qilish → matndagi ochiq va yashirin ma’lumotlarni tushunish→ matnning g‘oyasi va maqsadini anglash→ matnga baho bera olish → matnda ifodalangan mazmunni real hayotda qo‘llay olish. Ammo bu bosqichlar hammada ham tartibli amalga oshavermaydi. Tushunishga bevosita o‘quvchining ham psixologik, ham fiziologik xususiyatlari katta ta’sir o‘tkazadi. 5-sinf o‘quvchilarida bu bosqichlar biroz sekinlik bilan amalga oshadi. O‘tkazgan tadqiqotlarimizdan shu ma’lum bo‘ldiki, bu sinfda o‘quvchilar matndagi yashirin ma’noni tushunishda, matnning bosh g‘oyasini anglab yetishda biroz sustlik qiladi. Sh.Abdurahim o‘z monografiyasida o‘qib tushunish jarayonini to‘rt darajaga ajratadi: – “so‘z darajasidagi ma’lumotni tushunish – grafema va grafik tasvirlarni tanish, chizmalarni, diagrammalarni o‘qish, uni mazmunga aylantirish, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini tushunish, matnda aniq ifodalangan ma’lumotlarni topa olish, grammatik shakllarning vazifasi hamda ma’nosini anglash; – jumla darajasidagi ma’lumotni tushunish – gap va jumlalarning matndagi vazifasi hamda mazmunini idrok qilish, ochiq va yashirin ma’lumotlarni fahmlash; – matn darajasidagi ma’lumotni tushunish – xatboshilar va matnning umumiy mazmunini tushunish, matnning grammatik qurilishini anglash, matndagi ma’lumotlarni integratsiya qilish, matndagi asosiy va qo‘shimcha ma’lumotlarni idrok qilish, matnni mazmuniy bloklarga ajratish; – anglash – matnning g‘oyasini tushunish, matn muallifining nuqtayi nazariga baho berish, matndagi axborotni real hayotiy vaziyatga tatbiq eta olish”.11 Insonlarda yosh xususiyatlari o‘zgarishi hamda tafakkurning rivojlanishi bilan bu darajalar egallab boriladi. G‘oyani anglash uchun, avvalo, so‘zlarning, jumlalarning asl ma’nosini tushunib yetish, berilgan axborotni to‘laqonlicha fahmlash hamda matndan ko‘zlangan maqsadning nima ekanligini anglab yetish lozim. Tadqiqotlarimizdan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, 5-sinf o‘quvchilari matn darajasidagi ma’lumotni tushunadi, talqin qila oladi, ammo yoshiga nisbatan so‘z boyligining kamligi hamda nutqda deyarli qo‘llamasligi sababli so‘z darajasidagi ma’lumotlarni to‘laqonli tushunib yetmaydi. Demak, darslikda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini tushunish borasida mashq va topshiriqlar yetarli emas. Darslikda asosan jumla darajasidagi ma’lumotni tushunish va matn darajasidagi ma’lumotni tushunish darajasidagi ko‘nikmalar rivojlantirilmoqda, boshqa jihatlar esa chetda qolmoqda. Tajribamizdan kelib chiqib 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinishi lozim degan xulosaga keldik: 1) so‘z darajasidagi ma’lumotlarni tushunish – bunda o‘quvchi matnda berilgan leksik birliklarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini, so‘zlarning kontekstual ma’nosini hamda diagramma va jadvalda berilgan ma’lumotlarni tushunadi. 2) gap darajasidagi ma’lumotlarni tushunish – bunda o‘quvchi matndagi jumlalarning mazmun-mohiyatini, ochiq va yashirin ifodalangan ma’lumotlarni anglab yetadi, grammatik qurilishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tushunadi. 3) har bir xatboshini idrok etish – bunda o‘quvchi matndagi mazmuniy bog‘liqlikni fahmlaydi, matndagi asosiy va qo‘shimcha ma’lumotlarni farqlay oladi, matndagi voqealar o‘rtasidagi sabab-oqibat, qiyoslash va ziddiyat qonuniyatlarini tushunadi. 4) matn darajasidagi ma’lumotlarni tushunish – matnning asosiy g‘oyasini tushunadi, matndagi ma’lumotlarga munosabat bildira oladi va baholaydi, matndan o‘rgangan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi. O‘qib tushunish ko‘nikmasi o‘z navbatida 3 bo‘limga bo‘linadi: 1) matnga kirish hamda ma’lumotlar/mulohazalar bilan ishlash; 2) ma’lumot/mulohazani talqin qilish va uyg‘unlashtirish; 3) mulohaza yuritish va baholash. Bu bo‘limlar o‘quvchining yoshi, fiziologik va psixologik qobiliyati hamda bilim darajasidan kelib chiqqan holda shakllanib boradi. Bu borada tadqiqot olib borgan Sh.Tursunov ilmiy ishida o‘qib tushunishning quyidagi ko‘nikmalarini keltiradi: 1. Ma’lumotni topish. 2. Tushunish. 3. Baholash va talqin qilish. Biz esa o‘z tadqiqotlarimiz natijasida 5-sinf o‘quvchilaridagi tushunish jarayonini quyidagi kognitiv darajalarga ajratdik: Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling