I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


Matnda “qopqon” deb nimalar nazarda tutilyapti? Sizningcha hayotimizda yana qanday “qopqon”lar mavjud?


Download 0.66 Mb.
bet12/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

Matnda “qopqon” deb nimalar nazarda tutilyapti? Sizningcha hayotimizda yana qanday “qopqon”lar mavjud?
Ushbu topshiriq ham matnning umumiy mazmunini qayda darajada tushunilganligini hamda o‘rgangan bilimini real hayotda qo‘llay ola bilishini rivojlantirishga qaratilgan. O‘qib tushunish ko‘nikmasini shunchaki matndagi bor ma’lumotni topa olish orqali emas, balki o‘quvchini mustaqil fikrlashga, tafakkur olamini kengaytirishga qaratilgan topshiriqlar orqali ham rivojlantirish lozim.
Ushbu fikrlarimizdan kelib chiqib, o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda matnning tanlanishi, berilayotgan axborotning informativligi hamda shu matn bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar metodikasinig muhim ahamiyat kasb etishining guvohi bo‘ldik.
2.2-§. 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda foydalaniladigan topshiriqlar metodikasi
Ona tili ta’limida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun matnning tanlanishi qanchalik muhim bo‘lsa, matn asosida tuzilgan topshiriqlar ham shunchalik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda topshiriqlar metodikasiga ehtiyotkorlik va mulohazakorlik bilan yondashilmasa, eng kerakli matn ham o‘z informativligini hamda samaradorligini yo‘qotadi. Shuning uchun ham o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi topshiriqlar tuzishdan oldin topshiriq tuzish metodikasi va mazmuniga alohida e’tibor qaratish lozim. Topshiriqlar metodikasi yillar sayin yangilanib, zamon talablariga moslashtirilib kelmoqda. Maktab darsliklarida, afsuski, topshiriqlar xilma-xilligidan chekinilib, asosan bir xil turdagi topshiriqlardan foydalanib kelinmoqda. 5-sinf ona tili darsligidagi mashq va topshiriqlarning aksariyati grammatik bilimni rivojlantirish hamda o‘rgangan eski bilimlaridan kelib chiqib, yangi ma’lumotga munosabat bildirishga qaratilgan. Ammo, olingan bilimlarni real hayotda qo‘llay olishga undovchi topshiriqlar juda ham oz. Darslikda asosan ochiq turdagi testlardan, ya’ni qisqa javobni talab qiluvchi savollar hamda kengaytirilgan javobni talab qiluvchi savollardan foydalanilgan. Ushbu turdagi topshiriqlar orqali o‘quvchining ham yozma, ham og‘zaki bilimlari rivojlantirilgan. Yillar davomida maktab o‘quvchilarining bilimlari faqatgina bir nechta an’anaviy uslubdagi topshiriqlar metodikasi orqali shakllanib kelmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, 2020-yil nashrdan chiqqan 5-sinf ona tili darsligi birmuncha yangilangan bo‘lib, o‘quvchilar bilimini shakllantirish va rivojlantirishda turli xil topshiriqlar metodikasidan foydalanilgan.
Manbalarda test topshiriqlari shakliga ko‘ra ikkiga ajratiladi:
- yopiq turdagi testlar;
- ochiq turdagi testlar.
Ushbu test turlari o‘z navbatida bir nechta ichki guruhlarga bo‘linadi. O‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozish va so‘zlash kompetensiyalari turli xil test topshiriqlari yordamida rivojlantiriladi va shakllantiriladi. O‘quvchilarning fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlari, egallagan ko‘nikmalari, malaka va layoqatlarini tekshirishda ham foydalaniladigan topshiriqlar metodikasini to‘g‘ri tanlash va ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda quyidagi test topshiriqlarining turlaridan foydalanishni ma’qul deb topdik:
Yopiq testlar:
- binar test topshirig‘i(hukmning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi javob variantlaridan iborat bo‘ladi);
- bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan test topshirig‘i;
- bir nechta to‘g‘ri javobga ega test topshirig‘i;
- moslashtirishni talab qiladigan test topshirig‘i.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling