I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Download 0.66 Mb.
|
Almardonova M. MD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsad va vazifalari
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. So‘nggi yillarda ona tili ta’limida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantish sohasida K.Qosimova, A.G‘ulomov, T.Ziyodova, N.Bekniyazova, A.K.Nisanbayeva, H.S.Baqiyeva va boshqalar metodik tavsiyalar berib o‘tgan.
Metodist olim Sh.Abdiraimov ham o‘zining “Ona tili ta’limida o‘qib tushunish malakasini baholash” nomli monografiyasida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini baholovchi test topshiriqlarini atroflicha yoritib bergan va ushbu ko‘nikmani shakllantirishdagi eng samarali usullarni bayon etgan. Metodist olima K.Mavlonova esa “Ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini integratsiyalash asosida o‘rganish metodikasi” nomli monografiyasida ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish metodikasini ishlab chiqqan. F.Sharopova o‘zining “Umumiy o‘rta ta’limda o‘qib tushunish malakasini shakllantirish usullari” nomli monografiyasida ham 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan va metodik tavsiyalarni ishlab chiqqan. Bu sohada xorijlik metodist olimlar ham bir qancha izlanishlar olib borgan va tavsiyalar ishlab chiqqan. Xususan, rus olimlari N.N.Svetlovskaya, N.D.Moldavskaya, K.S.Kovolyeva, G.A.Sidirova va boshqalar o‘qish qobiliyatini shakllantirish masalalarini atroflicha yoritib bergan bo‘lsa, M.Habibian, J.Richards, J.M.Adams va E.Arnbanklar matn bilan ishlash masalalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Ona tili ta’limini rivojlantirishda ham xorij tajribalarini o‘rganib, ularning tajribalaridan yo‘nalish olish orqali samarali topshiriqlar metodikasini ishlab chiqish mumkin. Tadqiqotning maqsad va vazifalari: mazkur ilmiy ishning maqsadi 5-sinf ona tili darslarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi topshiriqlari metodikasini ishlab chiqish. Vazifalari esa: - 5-sinf ona tili darslaridagi o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning bugungi holati bilan tanishish; - 5-sinf o‘quvchilarining psixofiziologik va psixolingvistik xususiyatlarini o‘qib tushunish jarayoniga bog‘lab o‘rganish; - o‘qib tushunish jarayonining tartib va mazmunini takomillashtirish hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqish; - o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda test topshiriqlari metodikasini ishlab chiqish; - 5-sinf o‘quvchilari uchun o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling