II bob. UGLEVODORODLAR
Organik birikmalarni o‘rganishni faqat uglerod va vodoroddan tashkil
topgan va juda ko‘p moddalarni o‘z ichiga olgan uglevodorodlar sinfidan
boshlaymiz.
Uglevodorodlar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
Uglevodorod Umumiy formulasi
Alkanlar CnH2n+2
Sikloalkanlar CnH2n Alkenlar
Alkadiyenlar CnH2n-2 Alkinlar
Arenlar CnH2n-6
5-§. ALKANLARNING UMUMIY FORMULASI VA GOMOLOGIK
QATORI. RATSIONAL NOMENKLATURA
Alkanlar CnH2n+2 umumiy formulaga ega bo‘lib, ularni tarkibidagi barcha
uglerod atomlari faqat σ (sigma) bog‘ orqaligina bog‘langan bo‘ladi.
Tarkibidagi barcha C atomlari o‘zaro faqat σ (sigma) bog‘lar vositasida
bog‘langan uglevodorodlarga to‘yingan uglevodorodlar deyiladi.
To`yingan uglevodorodlarga alkanlar va sikloalkanlar kiradi. Alkanlar
ochiq zanjirli, sikloalkanlar esa yopiq zanjirli to`yingan uglevodorodlardir.
22
C
H
H H H
H
C
H
H
C
H
H H
H
C C C H
H H H
H H H
metan etan propan
Bir sinfga kiruvchi xossalari o‘xshash bo‘lgan, tarkibi bir-biridan –
CH2– guruh bilan farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Gomologlar
keltirilgan qatorni gomologik qator deyiladi.
Formulasi Nomi
CH4 Metan
C2H6 Etan
C3H8 Propan
C4H10 Butan
C5H12 Pentan
Formulasi Nomi
C6H14 Geksan
C7H16 Geptan
C8H18 Oktan
C9H20 Nonan
C10H22 Dekan
Alkanlarning gomologik qatori:
23
Fomulasi Nomi
CH3 Metil
CH3 CH2 Etil
CH3 CH2 CH2 Propil
CH3 CH
CH3
Izopropil
CH3 CH2 CH2 CH2 Butil
CH3 CH
CH3
CH2 Izobutil
Radikallar formulasi va nomi
To‘yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa,
tegishli uglevodordlarning radikallari hosil bo‘ladi. Radikallarning umumiy
formulasi CnH2n+1 bo‘lib, radikal nomi to‘yingan uglevodorod nomidagi «an»
qo‘shimchasi o‘rniga «il» qo‘shimchasi qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Masalan:
CH4-metan CH3- metil C2H6-etan C2H5- etil
24
Do'stlaringiz bilan baham: |