I bob. O‘smirlar ota-onalari haqida so‘rovnoma


Download 120.31 Kb.
bet1/9
Sana02.06.2024
Hajmi120.31 Kb.
#1838174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shoergasheva Fazilat



MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………….......................………..3
I. BOB. O‘SMIRLAR OTA-ONALARI HAQIDA SO‘ROVNOMA
1.1. O’smirlar orasida kechadigan asosiy jarayonlar……………………………….5
1.2. O'smirlarning ruhiy muammolari…………………………………………….15
II. BOB. O’SMIRNING NIZOLI XULQ ATVORI UNING AQLIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI
2.1. O'smirning aqliy rivojlanishining xususiyatlari………………………………17
2.2. O'smirlar bilan ishlashning asosiy yo'nalishlari……………………………...24
Xulosa……………………………………………………………………..…..…..29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...30

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Istiqlolga erishgan O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalqimizning hayoti, davlatimizning siyosiy faoliyatida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik bois, xalqimiz o’zining buyuk kelajagini yaratmoqda. Uni yaratishda ulug’ ajdodlarimiz buyuk pedagog, faylasuflar, din arboblari, mutasavvif donishmandlar, ulug’ allomalarning ta’limotlarini o’rganish sari yo’l ochildi. Asrlar mobaynida xalqimiz saqlab kelayotgan milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy tadqiq qilib rivojlantirishga yangi imkoniyatlar yaratildi.
Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko’p jihatdan uning intellektual potensiali bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy potensiali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg’or bo’ladi. O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaginidek, Vatanimiz kelajagi islohatlarning taqdiri va ularning natijalari, xalqimizning bilim darajasi davr talabiga va tarraqqiyotiga qanchalik mosligiga, qanday mutaxassislar yetkazib berib, o’rnimizni egallashlariga bog’liqdir. Shuning uchun mamlakatimiz rahbariyati ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratayapti. Shunga ko’ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilmoqda.
Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta’lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning o’ziga xos talablari mavjud:
Birinchidan, o’quvchi-talabalarning kasbiy bilimlarni o’zlashtirish darajasi davlat tarmoq ta’lim standartlari talablariga mosligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalari doirasini to’liq qamrab olishga erishish.
Shuningdek, davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalari doirasidan tashqari fundamental va axborot texnalogiyalariga doir bilimlarni o’zlashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ko’nikmalariga ega bo’lish bilan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash shartlari hisoblanadi. Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillaridan biri, ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs- fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mehnat qilish huquqi ruyobga chiqariladi.

Download 120.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling