I bob. O‘zbek


Bog‘lovchisiz qo‘shma gap


Download 118.47 Kb.
bet11/15
Sana05.04.2023
Hajmi118.47 Kb.
#1273740
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Qo’shma gaping turlari

Bog‘lovchisiz qo‘shma gap


Qo‘shma gap kismlarining o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz birikuvidan tuzilgan turiga bog‘lovchisiz qo‘shma gap deyiladi: Yaxshi o‘g‘il qand yedirar? yomon o‘g‘il pand yedirar. (Makol,) O‘ktamning orkasidan ancha tikilib qoldi, ko‘ngli qandaydir g‘ash bo‘ldi. (О.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro bog‘lovchilarsiz, bog‘lovchi vazifasidagi grammatik shakllar yordamisiz o‘zaro birikadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tuzilishida intonatsiya asosiy vositalardan biri sanaladi. Intonatsiya bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda mazmun munosabatini ifodalanishida ham asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasidagi intonatsiya tenglik, tobelanish intonatsiyasiga mos kelsa ham, lekin ba’zi bog‘lovchisiz qo‘shma gap orasidagi intonatsiya o‘zgacha bo‘ladi. Ulardagi mazmun munosabati ham bog‘langan yoki ergash gapli qo‘shma gaplardagi mazmun munosabatiga teng emas. Shu sababli bog‘lovchisiz qo‘shma gapning alohida turi tarzida qaraladi.



2.2 Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida qo‘shma gaplarni o‘qitish.

Teng tarkibli qo‘shma gaplar


Biriktiruv munosabatli qo‘shma gaplar
Biriktiruv munosabatini ifodalovchi qo‘shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisa bir paytda yoki ketma-ket ro‘y berishi mumkin.
Biriktirish mazmuni ifodalangan bog‘lovchisiz hamda bog‘lovchili qo‘shma gaplar tuzilishi bilan farqlansa-da, ularda bir xil voqea-hodisalar ifodalanib, o‘zaro sinonimik qator hosil bo‘ladi. Masalan: Ertalab xastaning holi yana og‘irlashdi, ko‘p o‘tmasdan o‘lim o‘z og‘ushiga tortdi (N.) - bog‘lovchisiz qo‘shma gap; Ertalab xastaning holi yana ogirlashdi va ko‘p o‘tmasdan o‘lim o‘z og‘ushiga
tortdi - bog‘langan qo‘shma gap; Chunki yosh bolaning bahodirligi, aqli hammaga tarqalgan, hammaning yuragida unga chuqur muhabbat uyg‘otgan edi (N.) - bog‘lovchisiz qo‘shma gap; Chunki yosh bolaning bahodirligi, aqli hammaga tarqalgan va hammaning yuragida unga chuqur muhabbat uyg‘otgan edi – bog‘langan qo‘shma gap.

Download 118.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling