I bob. O‘zbek


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida


Download 118.47 Kb.
bet8/15
Sana05.04.2023
Hajmi118.47 Kb.
#1273740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Qo’shma gaping turlari

2.1 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qo‘shma gaplarni o‘qitish.

Qo‘shma gaplar, qismlarining o‘zaro birikish usuli va simantik munosabatiga ko‘ra uch xil bo‘ladi.


1.Bog‘langan qo‘shma gap; 2.Ergash qo‘shma gap; 3.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap. Qiyoslang: Istedod hamisha o‘ar xil bo‘ladi, iste‟dodsizlar esa hamma joyda bir xil. (E.Vohidov) Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna bo‘lishi shart. Fan хalqqa suv-havodek zarur, uni taraqqiy etirmagan mamlakat, shubhasiz, mustamlakaga aylanadi.
Keltirilgan misollarni birinchisi bog‘langan qo‘shma gap bo‘lib, uning kismlari esa yordamchisi vositasida o‘zaro teng bog‘langan; ikkinchisi ergashgan qo‘shma gap bo‘lib, uning qismlari -ki aniklov bog‘lovchisi orqali ikkinchi qismini birinchi qismga tobelik yo‘li bilan bog‘lagan; Uchinchi gap bog‘lovchisiz qo‘shma gap bo‘lib, uning qismlari o‘zaro hech qanday bog‘lovchi vositalarsiz faqat ohang orqali birikkan.

Bog‘langan qo‘shma gap


Qismlarning o‘zaro teng aloqaga kirishuvidan tuziladigan gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi. Boshlangan qo‘shma gap kismlari o‘zaro biriktiruv

bog‘lovchilari( va, hamda), zidlov bog‘lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog‘lovchilari (yo, yoki, yohud, dan..., goh-goh, ba’zan ... ba’zan, hali. .. hali, bir-bir), teng bog‘lovchi vazifasidagi -da, -u(-yu) , na... na yuklamalari, shuningdek, bo‘lsa, esa yordamchilari vositasida bog‘lanadi. Shunga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:



  1. Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap.

  2. Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap.

  3. Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap.

  4. Teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida bog‘langan qo‘shma gap.

  5. Bo‘lsa, esa yordamchi so‘zlari vositasida bog‘langan qo‘shma gap.

Biriktiruv bog‘lovchilari (va, hamda; ba’zan shu vazifadagi ham yuklamasi) yordamida bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlardan bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisalar anglashilib turadi. Masalan: Haqiqat va to‘g‘rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmoniga itoat qiladi va uning vijdoniga hech kim hokim bo‘la olmaydi.
Zidlov bog‘lovchilari (lekin, ammo, biroq, balki) yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga zid bo‘ladi. Masalan: Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilikda isrof bo‘lmaydi. («Ajoyib nasihatlar»).
Ayiruv bog‘lovchilari (yo, yoki, yohud, goh,..., goh, dan.. dan, ba’zan .. ba’zan..) yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gapda birini tanlash lozim bo‘lgan yoki galma-gal ro‘y beradigan voqea-hodisalar ifodalanadigan qismlar birikadi.

    1. yo (yo.., yo) yo.., yo bo‘lmasa, yoki (yoki.., yoki) yo..yoki; hoh..hoh bog‘lovchilari birini tanlash lozim bo‘lgan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni birlashtiradi. Masalan: Yo ko‘k unga o‘z sirlarini ochishni tilamas, yo uning aql ko‘zgusi xiralashib qolgan. (O.Yoqubov)

    2. goh..., goh; dan.. ,dan; ba’zan... ba’zan bog‘lovchilari galma-gal ro‘y beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni bog‘laydi. Masalan: Ba’zan oy

zarin kokillarini yer yuziga yoyib yuboradi, ba’zan bulut oy yuzini qoplab oladi. (Oybek.)
Teng bog‘lovchilari vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gaplar qismlaridan bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea- hodisalar yohud mazmunan zid bo‘lgan voqea-hodisalar anglashilib turadi.
Bunda -u(-yu), -dan, na..na yuklamalari bog‘lovchilarining vazifasini bajaradi. Masalan: Oyko‘l ilgari alohida xo‘jalik edi-yu, kattagina idorasi bor edi.(P.Qodirov) Ikki tomondagi kitoblarga to‘lib turadigan qubbali javonlarda na bir kitob bor, na bir qo‘l yozma bor. (O.Yoqubov)
Bo‘lsa, esa so‘zlari vositasidan tuzilgan bog‘langan qo‘shma gap qismlaridan bir vaqtda yoki ketma-ket ro‘yo beradigan voqea-hodisalar qiyoslanishi anglashiladi. Masalan: Oliy himmatli kishi, mard odam bir lahzada do‘st orttiradi pastkash esa necha yillik oshnaligini bir lahzada barbod qiladi.

Download 118.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling