I bob. O‘zbek
Download 118.47 Kb.
|
Qo’shma gaping turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
O‘zbek tilshunosligida bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar tadqiqiga maxsus monografik ishlar bag‘ishlanmagan bo‘lsa-da, mazkur mavzuni mutlaqo ishlanmagan deb bo‘lmaydi. Bu sohada darslik va o‘quv qo‘llanmalarida, 27 Nurmonov A., Maxmudov N., Axmedov A., Solixo‘jayeva S. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. – Toshkent: Fan, 1992, 176-b. shuningdek, ayrim monografik tadqiqotlarda olimlarimiz ilmiy mulohazalari berilgan. Mazkur mavzu bo‘yicha, ayniqsa, G‘.Abdurahmonov va M.Asqarova kabi yetakchi tilshunoslar tomonidan aytilgan fikrlar muhim ilmiy salmoqqa egadir. G‘.Abdurahmonovning ilmiy-monografik ishlarida tarkibiy qismlari bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlarning yordamisiz aloqaga kirishib, yaxlit bir fikrni ifodalovchi qo‘shma gaplarning maxsus turi bog‘lovchisiz qo‘shma gap sanalishi ta’kidlanadi va bunday gaplarda ohangning hamda ayrim leksik unsurlarning mavqei oshishi alohida uqtiriladi28. G‘.Abdurahmonovning fikriga ko‘ra, bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar mazmunan va ohangda qorishib ketadi. Ular alohida olinganda mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lmaydi. Bunday qo‘shma gap tarkibiy qismlari o‘zaro qo‘shilib ma’lum bir fikrni ifodalaydi29. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalarga qo‘shilgan holda shuni ta’kidlamoqchimizki, bog‘lovchisiz shakllangan MSQ komponentlari alohida olinganda mazmun va ohang butunligini yo‘qotishi xususidagi fikr doimiy ravishda qat‟iylik kasb etmaydigan ko‘rinadi, zotan, ayrim paytlarda bog‘lovchisiz shakllangan MSQ komponentlari alohida olinganda ham mazmun va ohang butunligi saqlanishi ko‘zga tashlanadi. Fikr isboti uchun quyidagi MSQni mustaqil sodda gaplarga ajratib ko‘raylik: Yigitlik kuchimning qaymog‘ini boy oldi, men uni boy qildim (Hamza. Boy ila xizmatchi). – Yigitlik kuchimning qaymog‘ini boy oldi. Men uni boy qildim. G‘.A.Abdurahmonov bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tuzilishida ayrim so‘zlarning qo‘llanilishi, umumiy ikkinchi darajali bo‘laklarning bo‘lishi, ma’lum gap bo‘laklarining har ikki qism tarkibida takroriy qo‘llanilishi kabi omillar vosita bo‘la olishini mutlaqo to‘g‘ri ko‘rsatadi va bu bilan bunday sintaktik qurilmalarning mikromatn qolipini taqozo etishi haqidagi fikr dalili uchun zamin 28. Abdurahmonov G‘. A. Qo‘shma gap sintaksisi.- Toshkent, 1964, 20-21-betlar. 29. Abdurahmonov G‘. A. O‘sha asar, 21-bet. yaratadi30. Chunki eslatib o‘tilgan omillar matn komponentlarining sintaktik derivatsiyasini ta’minlashda salmoqli o‘rin tutadi. M.Asqarovaning tadqiqotlarida bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari bog‘lovchilarsiz yoki bog‘lovchi vazifasidagi grammatik formalarsiz, faqat intonatsiya bilangina birikib, sintaktik butunlik hosil qilishi ta’kidlanadi va bunday qo‘shma gapning ikki turi mavjudligi aytiladi: 1.Teng qismli qo‘shma gap. 2.Tobe qismli qo‘shma gap. Teng qismli qo‘shma gapda komponentlar bir-biri bilan mazmunan teng munosabatda bo‘ladi va o‘zaro tenglik intonatsiyasi orqali birikadi. Tobe qismli qo‘shma gapda esa komponentlar tobelanish intonatsiyasi yordamida birikadi31. Bunday mulohazalar nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki boshqa tilshunosliklarda ham kuzatiladi. Bu haqda ishimizning birinchi bobida eslatib o‘tilgan edi (A.N.Gvozdev, A.G.Rudnev). Nazarimizda, bog‘lovchisiz qo‘shma gap haqida so‘z yuritilganda «tobe qism» tushunchasi birmuncha noqulaylik tug‘diradigan ko‘rinadi. Chunki tobelik haqida mulohaza yuritilganda, hokimlik to‘g‘risidagi fikr ham o‘z-o‘zidan kun tartibiga qo‘yilmog‘i lozim bo‘ladi va natijada «bog‘lovchisiz qo‘shma gap» hamda «ergash gapli qo‘shma gap» tushunchalari qorishib ketadi. Bunday vaziyat, bizningcha, masala tavsifini ancha murakkablashtirib yuboradi. Bu haqda R.R.Sayfullayevaning mulohazalari ham ishning birinchi bobida keltirilgan edi. M.Asqarovaning bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tarkibiy qismlarining o‘zaro munosabatiga qarab bog‘langan yoki ergash gapli qo‘shma gap deyish qiyinligi, bunday qo‘shma gaplar ba’zan tuzilishiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gapga, mazmunan esa ergash gapli qo‘shma gapga o‘xshashi xususida aytilgan fikriga to‘liq qo‘shilish mumkin. Chunki ularda komponentlar munosabatlari buday xulosaga kelish uchun to‘liq imkoniyat yaratadi32. 1. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili grammatikasi.-Toshkent, 1996, 133-bet. 31. G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent,1987,223-226-betlar. G‘ulomov A., Asqarova M. Ko‘rsatilgan asar, 223-bet. M.Asqarova bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibiy qismlarining bog‘lanishi har ikki qism uchun umumiy so‘zlar, olmoshlar ishtirokida voqelanishi mumkinligini ham to‘g‘ri ta’kidlaydi33. Bunday mulohaza qo‘shma gapning mazkur turini mikromatn tarzida o‘rganish uchun, ayniqsa, ularning derivatsion xususiyatlari talqinini berishda muhim ahamiyat kasb etadi. I.Rasulov ham bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiy qismlarining o‘zaro sintaktik munosabati xususida ancha teran fikr bildiradi: «Qo‘shma gap tarkibida kelgan ayrim so‘zlar sodda gaplarning o‘zaro birikishida xizmat qiladi. Tarkibida bu xil so‘z mavjud bo‘lgan sodda gap ikkinchi bir gapni talab qiladi». Bundan tashqari, olim bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar komponentlarining ayrim so‘zlar takrorlanishi, gapning grammatik qurilishi, har ikki tarkibiy qism uchun umumiy bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘laklar, shuningdek, sodda gaplarning o‘rni orqali o‘zaro bog‘lanishini ham to‘g‘ri ta’kidlaydi34. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘lanishi haqida so‘z yuritganda B.O‘rinboyev, yuqorida eslatib o‘tilgan vositalar bilan bir qatorda, sinonimlar, antonimlar, kirish so‘zlar hamda yuklamalar ham muhim mavqega ega ekanligini ko‘rsatadi□. Mazkur fikr bilan to‘liq qo‘shilish mumkin, chunki qo‘shma gapga matn maqomini berishda bunday leksik vositalarning alohida xizmati bo‘ladi. Кўрсатилган асар, 226-бет. Қаранг: Ўша асар, 246-247-бетлар. XULOSAIshdan quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: Qo‘shma gap mavzusi nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida mukammal o‘rganilgan bo‘lishiga qaramay uzluksiz ta’lim bo‘g‘inlarida mavzuni o‘qitishga doir muammolar o‘z yechimini to‘la topgani yo‘q. Qo‘shma gap turlarining maktab, akademik litsey, oliy ta’lim darsliklarida hatto nomlanishida uzilishlar mavjud. Bog‘langan qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap terminlari o‘zi atayotgan tushuncha mohiyatini to‘la qamrab olmaydi. Mavzuni tushuntirishda noaniqlikni keltirib chiqaradi. Go‘yo faqat shu turi bog‘langan, boshqalari bog‘lanmagandek. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari ham bog‘lanadi, faqat ohang yordamida. U “bog‘lovchisiz” emas. Tilshunosligimizda hatto «qo‘shma gap» terminining nomlanishi maqsadga muvofiq emasligi ilgari srilmoqda. Teng qismli murakkab qurilmalarning an’anaviy tilshunoslikda bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarzida o‘rganilishida terminologik nomutanosiblik mavjud. Bunda til birliklarining iyerarxik munosabati qonuniyatlari meyoriga amal qilinmagan. Pog‘onali munosabat qonuniyatiga ko‘ra, tilning va nutqning har bir birligi o‘zidan katta birlik sathidagina sintaktik faollik olishi mumkin. Shu bois gap ham gap ichida emas, balki o‘zidan katta birlik – matn doirasida sintaktik faollik olishi shubhasizdir. Shuning ularni murakkab sintaktik qurilma deb atash maqsadga muvofiqdir. Tobe tarkibli qo‘shma gaplar uzluksiz ta’lim bo‘g‘inlarida ergashgan gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar, tobe gapli qo‘shma gap, bosh gap, ergash gap, tobe gap, hokim gap, havola bo‘lakli gap kabi terminlar bilan yuritiladi. Terminlar bir xilligi ta’minlanishi kerak. Download 118.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling