I-bob Psixologik konsultatstiyaning asosiy tushunchalari va predmeti


Korrekstion psixologiya fanining maqsadi


Download 65.57 Kb.
bet9/14
Sana22.11.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1794783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
I-bob Psixologik konsultatstiyaning asosiy tushunchalari va predmeti.

Korrekstion psixologiya fanining maqsadi talabalarni psixologik korrekstiya sohasidagi hozirgi zamon yutuqlari bilan tanishtirish, olgan bilimlarini amalda ishlata bilishni rivojlantirishdir. Shuningdek korrekstion psixologiya insonning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini ham chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlari, ta’lim-tarbiyasidagi nuqsonlarni tuzatishga mo’ljallangandir. Diagnostika va korrekstion ishlar guruhiy yoki yakka (individual) tarzda o’tkaziladi. Bu asnoda psixolog yaqqol vazifalarni bajaradi:
- Yosh davr taraqqiyotining muayyan mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o’quvchilar, maxsus maktab va bilim yurti tinglovchilarini, oliy o’quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning kamolot darajalarini belgilaydi. o’qituvchilarning kasbiy yaroqligi va layokatini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg’ulari, o’z-o’zini boshqarish imkoniyati, intellektual (aqliy) darajasi va pedagogik qobiliyatini tekshiradi va kachiliklarni bartaraf etishga harakat qiladi;
-Psixolog o’quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidorligi kabilarni o’rganadi, ularga yakkaxol (individual) munosabat va yondashishni yo’lga qo’yadi, mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko’rsatadi, trening (maxsus mashq) o’tkazadi.
-Bolalarning voyaga etgan odamlar va o’z tengqurlari (tengdoshlari) bilan muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnoqiyofasi va etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan xolda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtiradi (adaptastiyalashtiradi). Boshqa soxaning mutaxassislari bilan birgalikda ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olib, tabaqalashgan differenstial diagnostikani amalga oshiridi va korrekstion ishlar olib boradi;
-Nuqsonlarning tibbiy va deffektologik tabiatini aniqlaydi va korrekstion ishlar olib boradi;
-Giyoxvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o’g’irlik, daydilikning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, ularning omillarini tahlil qiladi va va korrekstion ishlar olib boradi;
-Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar kollej tinglovchilari, yangi tipdagi maktab o’quvchilari, oliy o’quv yurti talabalarida uchraydigan o’quv malakalari va ko’nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq – atvordagi bo’zilishlar sabablarini diagnostika qiladi va ularni bartaraf qilish, korrekstiya qilish usullarini axtaradi;
Xalq ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatayotgan psixologning vazifasi muayyan qoida, mezonga asoslanib, o’z faoliyatini tashkil qilib, yosh davr xususiyatlariga binoan bolalar, o’quvchilar, talabalar psixikasini rivojlantirishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tadbiq etishi, o’qituvchilar jamoasiga o’quvchilar, bolalar va talabalar ta’lim tarbiyasini individuallashtirishda yordam berish, ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o’qituvchilarga korrekstion to’zatish ishlarini amalga oshirishda ko’rsatmalar berish, korrekstion ishda aloxida ahamiyat kasb etadigan narsa bu bolalar, talabalar, o’quvchilar o’sishida, rivojlanishda orqada qolish, unda xulqning bo’zilishi, ta’limda o’zlashtirishni yomonlashuvi hisoblanadi.
Birinchidan bola bilan yaxshi munosabat va o’zaro tushunishidan iborat. Muammoli vaziyatlarni shoshilmasdan, aniq xal qilish kerak. Savolni bir necha marta takrorlamaslik kerak. Test olinayotgan vaqtda bolaga o’rgatish, tanqid qilish, xatto maqtash ham mumkin emas, tanqid bolani chalg’itadi, dilini og’ritadi, ko’pincha bolani topshiriqqa bo’lgan qiziqishini pasaytiradi.
Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg’uloti ayrim bolalar, o’quvchilar va talabalar bilan aloxida o’tkazilishi rejalashtiriladi;
b) psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, o’quvchilar, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan bo’ladi;
v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
Korrekstion psixologiyaning asosiy maqsadi mijozning yosh va turli xususiyatlari shuningdek sub’ektiv vokeligidan kelib chiqib tushuntiriladigan shaxs resurslarini faollashtiruvchi va me’yorga mos keluvchi holatga olib kelishdir.
Korrekstion psixologiya ta’sirining asosiy quroli sifatida psixolog chiqadi va korrekstion jarayon psixolog - mijoz juftligida kechadi. Mijozlarning turli xil talablarini va shakllangan vaziyatga munosabatlarini to’rtta asosiy strategiyaga birlashtirish mumkin.
1) vaziyatni o’zgartirish;
2) vaziyatni o’zgartirish uchun o’zini o’zgartirish;
3) vaziyatdan chiqib ketish;
4) mazkur vaziyatda xayotni yangi xususiyatlarini tanish.
Korrekstion psixologiyaning so’ngi vazifalari uchta asosiy soxalarni istalgan o’zgarishlariga erishishidir:
- kognitiv;
- emostional; (his- tuyg’u).
- o’zini tuta bilish.
Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korrekstion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo’nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o’z aksini topsin: dasturni xalq, etnos, millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilarni hisobga olgan xolda tuzish maqsadga muvofiq, o’rta maxsus ta’limi o’quvchilari bilan murabbiylar o’rtasidagi nomutanosiblikni yo’qotish maqsadida maxsus mashg’ulotlar o’tkazish: ulardagi o’qishdan, ijtimoiy muxitdan, egallagan o’rnidan, mavqeidan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o’yinlari, psixodramadan foydalaniladi, emostional zo’riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jixozlash (xona jaxon standartlariga javob berishi, boshqaruv pulti, ekran vositalari, audiotrening, sostial trening, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bo’lishi lozim).
Korrekstion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo’yicha o’tkazilishi shart. Bunda emostional zo’riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak; tuzatish ishlari mashg’ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo’lishi ta’sir o’tkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini qo’llash ham zarur ma’lumotlar to’plash va tanglikni yuqotish imkonini yaratadi.
Hal qilishning psixologik shartlari, ta’lim –tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo’llari yuzasidan yordam ko’rsatish zarur. Bolalar, o’quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini xal qilishda baholi kudrat kumak berishi darkor. Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar berish, nizoli vaziyat va psixologik xolatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar beriladi. Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muxtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini aytsak- pedagogik odob bilan tushuntirish, berilayotgan ko’rsatmalarga ularni ishontirishi shart. Barcha qoidalarga va tasdiklangan hujjatlarga rioya kilingan xolda o’tkaziladigan ishlarni qayd qilish va belgilashi lozim.
O’z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o’z muddatida axborot berib borishi, qabul kilingan hisobot shakllariga xech og’ishmasdan rioya qilishi kerak.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling