I bob. Psixologik maslahatning nazariy masalalari


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 183.5 Kb.
bet2/16
Sana08.01.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1084169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Psixologik maslahat

Muammoning o’rganilganlik darajasi: psixologiya fani ruspublikamizning mustaqil bo’lishi davrigacha juda tor mazmunda o’rganib kelindi. Shaxsning o’zligini anglashiga yordam beruvchi psixologiya fani davlat siyosati uchun manfaatli emas edi. Yurtimiz mustaqil bo’lgach, fan-texnikaning barcha sohalari tubdan yangi taraqqiyot pog’onasiga chiqdi. Psixologiya fani ham 1991 yildan keyin fanning yetakchi olimlari, nazariyotchilari va fidoyilari yordamida ilmiy va amaliy taraqqiyotga erishdi. Mustaqillikka erishganimizdan keyingi 30 yil davomida, psixol.f.d., prof. E.G’oziyevning kasb-hunar kollejlari uchun «Psixologiya», OUYu lar uchun «Umumiy psixologiya» darsliklari, o’nlab o’quv qo’llanmalari nashr etilib, respublikaning barcha OO’Yu larida bir xil dastur asosida fan o’qitilmoqda. Prof. G’.B. Shoumarov yaratgan ilmiy asoslar respublikamiz maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishiga sabab bo’ldi. Prof. V.M. Karimova Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazini oyoqqa qo’yib, uning konseptual yo’nalishini belgilab berdi. Ushbu mavzu respublikaning taniqli olimlari Z.T. Nishonova, G. To’laganova, F. Akramova, T. Alimov, A. Mamatov, B. Qodirov, yosh olimlardan N. Kamilova, P. Ergashev ilmiy va amaliy yo’nalishdagi salmoqli ishlar qildilar.
Kurs ishining maqsadi: bo’lajak psixolog mutaxassislarning jamiyatimizda nisbatan yangi soha hisoblanuvchi psixologik xizmat haqidagi tasavvurlarini aniqlash, psixologning o’z kasbiga moslashuvi va undan talab qilinuvchi kasbiy xususiyatlar haqida tushuncha berish, tashxis qilish va tavsiyalash ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining obyekti: psixologiya yo’nalishi talabalari oluvchi bakalavriat talabalari
Kurs ishining predmeti: talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda kasbiy motivasiya, kasb haqida tasavvur, kasbiy treninglar.
Kurs ishining ilmiy farazi: agar, bo’lajak psixolog mutaxassislarda kasb haqidagi tasavvurlar to’g’ri shakllantirilsa, ular kasbga doir metodik bazaga ega bo’lishsa, o’z kasblarini rivojlantiruvchi treninglardan foydalanishsa, kasbiy motivasiyani to’g’ri yo’naltirishsa, chet el rivojlangan metodlaridan samarali foydalanib, ularni o’z shart-sharoitlarimizga mos holda qo’llashni o’rganishsa psixologik xizmatning barcha sohalarida rivojlanish va samara bo’ladi.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling