I bob. Psixologik maslahatning nazariy masalalari


Download 183.5 Kb.
bet3/16
Sana08.01.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1084169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Psixologik maslahat

Kurs ishining vazifalari: psixolog kasbini tanlagan bo’lajak mutaxassislarda o’z ishining mahsuldorlik omillarini bilishiga erishish, psixologning funksiyalari, psixologning bolalar muassasalaridagi ishi, bo’lajak psixologlarning kasb haqidagi tasavvurlari, psixologning kasbiy mahorati mezonlari, kasbiy yo’nalganligi treninglarini yoritish va tavsiyalar berishdan iborat.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: bu sohadagi yangiliklarni so’nggi yillarda chop etilgan Z.T. Nishonova, N. Kamilova, G. To’laganova kabi olimlarning chop etilayotgan yangi asarlaridan, shuningdek, «O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi», «Respublika bolalar ijtimoiy-moslashuv markazi» tajribasidan olish mumkin bo’lib, ushbu kurs ishi yuqoridagi ishlarning davomi bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining metodlari: anketa, eksperimental metod, test metodi, suhbat, kuzatish, pedagogik tajriba, qiyoslash, nazariy tahlil.
Kurs ishining metodologik asosi: tadqiqotimizning metodologik asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda R.S. Nemov, Ye.D. Rogov, respublikamizning yetuk mutaxassis olimlari Z.T. Nishonova, E. G’. G’oziyev, G’.B. Shoumarovlarning tadqiqotlari hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o'rganish - hayotni, insonni o'rganish degani. Kerak bo'lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo'lib, odamlarga ko'rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o'rganish kerak»1, - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- jamiyatimizda psixologik xizmat sohasi yuksak malakali mutaxassislar bilan ta’minlanadi;
- bo’lajak psixologlarni tayyorlash yo’llari mukammallashadi;
- maktabda psixologik xizmat sifati va samaradorligi oshadi;
- psixodiagnostikaning zamonaviy, yangi metodlari amaliyotga kiritiladi;
- tadqiqot natijasida olingan ilmiy xulosalar va qo’lga kiritilgan metodikalar kelgusi ilmiy va amaliy ishlarda e’tiborga olinishi mumkin.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling