I bob. Psixologik maslahatning nazariy masalalari


Download 183.5 Kb.
bet5/16
Sana08.01.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1084169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Psixologik maslahat

Psixologik xizmat uch asosiy bogindan tuzilgan:
1) Aniq o’kuv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi.
2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi.
3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi.
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning o’qishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko’rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir4.
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, maxsus o’quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’quvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
Psixologik xizmatning mazmuni: a) psixoprofilaktika,
b) psixologik maorif va ma’rifat, v) psixodiagnostika, g) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya, d) psixologik konsultasiya.
Psixologik xizmat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta’limi Vaziri J.G. Yo’ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o’zgartirish kiritildi5.
Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin:
a) xalq ta’limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o’quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trening mashg’ulotlari o’tkazish va aholining psixologik madaniyatini o’stirish maqsadida, b) ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar uyushtirish, g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish, test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar, d) psixologik maslahat berish, ye) pcixologik konsiliumlar o’tkazish, j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quv dasturi, o’quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hakozolar.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling