I bob. Psixologik maslahatning nazariy masalalari


Psixolog quyidagi malakalarga ega bo’lmog’i kerak


Download 183.5 Kb.
bet14/16
Sana08.01.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1084169
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Psixologik maslahat

Psixolog quyidagi malakalarga ega bo’lmog’i kerak:
— o’zgalarga ta’sir ko’rsatish va o’z-o’zini boshqarish malakalari;
— o’z iqtidori va qobiliyatlarini o’stirish texnologiyalarii o’zlashtirish;
— autotrening va psixologik treningning samarali va qulay shakllarini ishlata bilish va o’zgalarga o’rgatish;
— mehnat jamoalaridagi ijtimoiy-psixologik iqlimni o’rganish va uni muvofiqlashtirish malakalari;
— o’zining ijodiy faoliyatini boshqarish va mantiqiy fikrlash orqali ijtimoiy-psixologik jarayonlarni bashorat qilish;
- talabalar va tinglovchilar guruhlarida eng ilg’or pedagogik-psixologik texnologiyalarni joriy etish va ularning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga yetkazish.
Bakalavr - talabalarda quyidagi ko’nikmalar bo’lishi kerak:
— o’z ustida mustaqil va ijodiy ishlash ko’nikmalari;
— o’zgalar mehnati va ijodiy faoliyatini xolis va obyektiv baholash;
— ijtimoiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida taklif-talablar tizimini ishlab chiqarish va ularni eksperimental tarzda sinab, tahlil qilish;
- sosiologik anketalar tuzib, jamoatchilik fikri monitoringini ishlab chiqish;
- ziddiyatli sharoitlarda o’zini tuta olish va o’zgalar ruhiyatini tushunish ko’nikmalarini amaliy faoliyatda qo’llay bilish.
Buning uchun bo’lajak psixologlarni o’qitishda asosiy maqsad - bo’lg’usi mutaxassislarga o’zlari tanlagan ixtisoslik bo’yicha malakalarni yanada mustahkamlash, tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishning psixologik tamoyillari, shart-sharoitlari to’g’risida bilimlar berish, shaxs barkamolligiga aloqador tarbiya vositalarini o’z faoliyatlarida qo’llay olishga o’rgatishdan iboratdir.
Vazifalar - bakalavrlarni ijtimoiy faoliyatning barcha yo’nalishlarida kishilar mehnatini tashkil etish, boshqarishning psixologik omillari, mexanizmlari va shart-sharoitlari bilaya tanishtirish, ijtimoiy faoliyat motivlarini mukammal o’zlashtirish, o’zlaridagi qobiliyat va iqtidorni o’stirish yo’llari hamda mustaqil, ijodiy tafakkurini rivojlantirish omillariga o’rgatish, jamoada faoliyat ko’rsatganda o’zgalarga psixologik ta’sir ko’rsatish sirlaridan boxabar qilish, ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiati va mohiyatini tushunishga ko’maklashishdan iboratdir.
Psixologiya kursi bakalavrlar tayyorlash o’quv rsjasidagi '"Ijtimoiy gumanitar fanlar" blokidagi barcha predmetlar bilan bog’liq va ularni ma’lum ma’noda to’ldiradi. Bundan tashqari, psixologiya kursi mutaxassislik malakasini shakllantiruvchi maxsus kurslar hamda psixologiyaniig u yoki bu ixtisoslikka yo’naltiruvchi sohalari (“Iqtisodiy psixologiya”, "Yuridik psixologiya", "Mehnat psixologiyasi", ''Tibbiy psixologiya", “Muxandislik psixologiyasi”) maxsus bilimlar uchun asos bo’ladi va ularni to’ldirishga yordam beradi.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling