I bob. Qadimgi Yunonistonda davlatchilikning shakllanish xususiyatlari


Minoy sivilizatsiyasining Krit davri


Download 55.08 Kb.
bet4/8
Sana25.02.2023
Hajmi55.08 Kb.
#1231408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yunon

Minoy sivilizatsiyasining Krit davri
Krit-Miken madaniyati ingliz arxeologi A. Evansning (1851-1941) Krit orolida olib borgan arxeologik qazishmalari, G. Shlimanning (1822-1892) Kichik Osiyodagi Hisorlik tepaligida Troya shahri xarobalarini qazib ochishi, Yunoniston janubida Mikena va Tirinf shaharlarida olib brogan qazishmalari natijasida ma‘lum bo‘ldi. A.Evans Krit orolidagi Knoss saroylarini ochib, 40 yildan oshiq vaqt davomida olib borgan qazishmalari natijasida Kritning afsonaviy podshosi Minoy nomi bilan atalgan ajoyib Minoy madaniyati manzarasini yaratdi.
Bundan tashqari Amorgos, Paros, Sifnos, Siros, Naksos, Tera, Melos, kabi Egey orollaridagi ko‘pgina madaniy yodgorliklar ochildi. Natijada m.a.II ming yillikgacha yashagan xalqlar yaratgan va bu xalqlar yutuqlarini ijodiy o‘zlashtirgan yunonlargacha bo‘lgan axeylarning Miken madaniyati deb atalgan madaniyatngi yaxlit ko‘rinishi shakllantirildi.
Qadimda Egey havzasida uch madaniy birlik: eng qadimgi Krit yoki Minoy madaniyati (m.a.3000-1200 yillar, markazi Krit), Egey dengizi orollaridagi Kiklada madaniyati, Bolqon Yunonistonidagi Miken madaniyatlari mavjud bo‘lgan.
M.a. III-II ming yilliklarda Egey dengizi orollarda ildizi Sharq bilan bog‘liq Krit-Miken sivilizatsiyasi shakllandi. Bu madaniyat Kritning afsonaviy podshosi nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi deb ataladi. Krit sivilizatsiyasi hali yunonlar ibtidoiy jamoa davrini boshidan kechirayotgan paytda vujudga kelgan buyuk madaniyat edi. Krit yoki Minoy madaniyati ilk Minoy (m.a. 3000-2300/2100 yy), O‘rta Minoy (m.a. 2300/2100-1600 yy.) va so‘nggi Minoy (m.a. 1600-1200 yy.) davrlariga bo‘linadi.
Ilk Minoy davri mobaynida Kritda ibtidoiy – jamoa munosabatlarining asta-sekin parchalanishi yuz bergan, u bilan birga mulkiy tabaqalanish ham sodir bo‘lgan. Miloddan avvalgi 2200 yilda qabilalar ittifoqlar vujudga keladi va bu ittifoqlar markazlari – Knoss, Maliya, Fest bo‘lgan. Miloddan avvalgi III ming yillikda rivojlangan bronza asriga o‘tish yuz bergan. Ishlab chiqarish kuchlari tezroq rivojlanadi, dehqonchilik, hunarmandchilikda yangi bosqich boshlanadi. Xuddi shu vaqtda oltin va emaldan yasalgan mashhur Krit zargarlik buyumlari paydo bo‘ladi. Krit kulolchilik, haykaltaroshlikni sifati takomillashadi. Muhrlarning mavjudligi shaxsiy va xususiy mulk rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Kritning saroylar davri umumiy hisobda 2 qismga bo‘linadi: 1) eski saroylar davri (m.a. 2000-1700 yy) va 2) yangi saroylar davri (m.a. 1700-1400 yy).
M.a. 2000 yilda Knossda mahalliy hokimining ancha ilgari qurilgan qarorgohi o‘rnida juda ulkan va muhtasham saroy qurilgan. Saroy vaqt-vaqti bilan qaytadan qurib turilgan. Bu saroy binolari butun bir majmuadan iborat bo‘lib, ikki qavatli, ba‘zilarning taxminicha uch va hatto to‘rt qavatli qilib solingan. Pastki qavatdagi binolar yorug‘lik tushib turadigan quduqlar yordamida yoritilgan. Markazli to‘g‘ri burchakli zal-megaron ommaviy yig‘inlar o‘tkaziladigan joy bo‘lgan. Sopol quvurlar tizimi orqali tashlandiq suvlar oqizib yuborilgan. Saroy binolarining devorlari shuvalib, bo‘yalgan (freskalar). Hashamdor xonalarning devorlari turli rasmlar bilan bezalib, ularga o‘simliklarning, afsonaviy hayvonlarning suratlari solingan va saroyda yashovchilarning hayotini tasvirlovchi manzaralar chizilgan. Krit me‘morlari bino shiftlarini saqlash va bezak uchun yuqoriga kengayib boruvchi ustunlarni ishlatganlar.
Taxminan m.a. 1700 yilda kuchli yer silkinishi tufayli Knoss, Fest va Kato-Zakrodagi saroylar vayron qilingan. Aholi yashaydigan boshqa joylar ham zararlangan. Biroq tez orada saroylar qayta tiklangan va ―yangi saroylar‖ davri boshlangan. Knoss hokimini ustivor deb sanashimiz mumkin, chunki Knoss saroyi eng hashamatli bo‘lgan, orolning turli tomonlaridan unga qarab ketgan yo‘llarning qurilganligi shundan dalolat beradi.
Saroylar qayta qurilgandan keyingi davr Knoss Minosning hokimiyati ostida birlashtirilgan. Krit davlatining eng qudratli davri bo‘lgan bu vaqtda u Sharqiy O‘rta Yer dengizi havzasida hukmronlik qilgan. Fukididning guvohlik berishicha, bu Kritning ―talossokratiya‖, ya‘ni dengizlarda hukmronlik davri bo‘lgan. Krit Egey dengizidagi bir qancha orollarni, Kichik Osiyo, hamda, Bolqon sohilidagi, shuningdek Attikaning aholi yashaydigan manzillarini o‘z hokimiyatiga bo‘ysundiradi. Minotavr to‘g‘risidagi afsonaga ko‘ra Kritga bo‘ysungan yerlar, jumladan Attuka xiroj to‘lagan.
Kritliklar tajribali va jasur dengizchilar bo‘lib, O‘rta yer mamlakatlari bilan qizg‘in munosabat bog‘langanlar. Ular Misr bilan ham savdo sotiq aloqalarini olib borganlar va misr yozuvida ularni ―Keftiu‖ nomi bilan tilga olinadi. Krit Bolqon yarim oroli, Misr, Iberi -yaga oliy nav vino, zaytun moyini eksport qildi. Misrdan rangli shisha, fayans; Kipr orolidan mis; Suriyadan otash; Liviyadan qimmatbaho metallar va fil suyagi olib kelindi.
Orolda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik yuksak darajaga yetadi. Krit kulolchiligida badiiy san‘atning nihoyatda yuksak darajasida shakllangani ko‗rinadi. Sopol idishlarda tabiatning boy manzaralari mohirona tasvirlanadi. Bunday tasvirlar ko‗za (amforalar), zaytun yog‗i va vino saqlanadigan, bo‗yi 2 m gacha bo‗lgan xum (pifos)la rning sirtiga chizilgan.
Qaytadan qurilgan Knoss saroyida devorlarga solingan turli bezakli rasmlar zadagonlarning hashami yanada ortib ketganligini aks ettiradi (masalan, «Moviy kiyimdagi xonimlar»). Devorlarda saqlanib qolgan rasmlarda akrobatchi ayollarning quturgan buqaning boshidan va belidan oshib xavfli sakrashlari tasvirlangan. Ehtimol, bu biror diniy marosimga oid muqaddas harakat bo‘lishi mumkin.
Saroy xo‘jaligiga juda ko‘p mutaxassis hunarmandlar, turli yordamchi xodimlar, xizmatkorlar va shu kabilar xizmat qilgan. Ularning orasida qullar ham bo‘lgan. Agar qisman jamoaga qarashli bo‘lib, qisman yakka tartibda ijaraga berilgan va xususiy mulk bo‘lgan. Krit hukmdori faqat podsho bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga kohin va umuman xudo nazar qilgan shaxs hisoblangan va qonun chiqaruvchilik faoliyatini ham bajargan.
Kritda iyeroglif yozuv va «A» chiziqli yozuvdan foydalanilgan, biroq afsuski ularni o‘qishga hanuzgacha muvaffaq bo‘linmagan. Knoss saroyida 10 ming taxtachada qadimgi Krit yozuvlari topildi. A. Evans bu yozuvlarni 30 yil davomida o’qishga urindi, lekin ocha olmadi. 1950 -yil B-chiziqli yozuv o’qildi. U Knoss saroyining xojalik hujjatlari edi. Hozirgacha B - chiziqli krit yozuvi o’qilgani yo’q.
Kritliklar dinida totemizm elementlari bor edi. Shu bilan birga eng katta xudo ayol (Buyuk ma‘buda, Ona) o‘simliklarni, xayvonlarni va odamlarni himoya qiluvchi bo‘lgan. Devoriy tasvir-freskalar va Krit xudolar panteonida ayol ma‘budalarning oldingi o‘ringa turgani ayollarning Krit jamiyati hayotida mavqeini yuqori darajada bo‘lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari gemma va uzuklarda qalqon tutgan ayol, kabutar bilan ma‘buda, tog‘ cho‘qqisidagi ma‘buda va ikki sher o‘rtasidagi ma‘buda tasvirlari buning yaqqol misoli bo‘ladi. Erkak xudo ham juda mashhur bo‘lib, u ikki yoqlama bolta (labris) shaklidagi xudo tarzida hamda buqa qiyofasida tasavvur qilingan.
M.a. XV asr o‘rtalarida Kritning ichki va tashqi ahvoli o‘zgardi. Krit o‘zining Sitsiliya va Egey havzasidagi mavqeini yo‘qotdi, dengiz davlati emirildi. Shu vaqtda Kritdan 100 km. Shimolda joylashgan Fera orolida (m.a. 1470 y.) vulqon otilib, uning natijsida hosil bo‘lgan tsunami Krit shaharlarida o‘iddat bilan yopirilib, ularni vaytsron qilgan.
M.a. XV asr o‘rtalarida Kritning zaiflashganidan foydalangan Yunoniston janubida yashagan aaxey qabilalari orolga bostirib kirib, Kritning siyosiy yetakchiligiga chek qo‘ydilar. Egey havzasi ikki asr mobaynida doriylar kelgunga qadar axeylar hukmronligi ostida qolda. Axeylar Krit sivilizatsiyasining barcha yutuqlarni o‘zlashtira olmadilar. Aholi soni kamaydi, shaharlar bo‘shab qoldi, sivilizatsiya markazi Egey dengizining boshqa hududiga ko‘chdi.

Download 55.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling