I bob. Qadimgi Yunonistonda davlatchilikning shakllanish xususiyatlari
II BOB. Qadimgi Yunonistonda siyosatning shakllanishining zaruriy shartlari
Download 55.08 Kb.
|
yunon
II BOB. Qadimgi Yunonistonda siyosatning shakllanishining zaruriy shartlari
2.1. Axey Yunonistoni va doriylarning kirib kelishi Yunonistonning materik qismida m.a. III ming yillikda ibtidoiy jamoa tuzumi hukm surardi. Bu davrda yashagan tub aholi leleglar, pelasglar va kriylarning mehnat qurollari toshdan bo‘lib, endigina mis qurollarga o‘tila boshlagan edi. Bronza davri m.a. III ming yillikning o‘rtalaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab katta qishloqlar, mustahkamlangan qal‘alar paydo bo‘la boshladi. Urug‘chilik munosabatlarining emirilish jarayoni faqat m.a. III ming yillikning o‘rtalaridan boshlandi. M.ayu III ming yillikning oxirlarida hind-evropa madaniy birligiga mansub etnik guruhlar o‘z vatanlari – Markaziy Yevropadan turli yo‘nalishlarda ko‘cha boshladilar. Ularning bir qismi Bolqon yarim oroliga kirib kelib, yunon etnosiga asos soldi. Ularni dastlab axeylar deb nomladilar. Bolqon Yunonistonida qabilalarning ko‘chishi bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra bu vaqtda Sharqiy O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘ida ham hind-yevropa tillarida so‘zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo‘ladi. Ular Yunonistonda urug‘chilik munosabatlarining emirilishini vaqtinchalik sekinlashtiradilar. Kelgindilar zabt etilgan qabilalar manzillarini qisman talaganlar va vayron etganlar. Burungi aholi - pelasglar asta-sekin axeyaliklar bilan assimilyatsiyalashib ketgan. M.a. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov berish ishlarida, urf-odat, an‘analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida bolalar qabri) yangi jihatlar paydo bo‘ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan aralashaib yangi moddiy va ma‘naviy madaniyatini vujudga keltirdilar. Kritda bo‘lgani singari, Bolqon yarim oroli janubida taxminan, m.a. XVIII asr oxirlarida Bolqon Yunonistonida mustahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko‘plab paydo bo‘ladi. Bu davrdagi qabrlarda metall qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini Kritdan (qabrlarda krit ko‘zalari, krit namunasiga taqlid qilib yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar bilan aloqalar deyarli bo‘lmagan. M.a. 1600 yillar atrofida Kritda yuksak rivojlangan madaniyat mavjud bo‘lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Axeylar m.a. 3 ming yilliklar oxiri – 2 ming yillikning birinchi yuz yilliklarida Yunoniston janubiga asta-sekin siljib, o‘z manzilgohlarini barpo qila boshladilar. M.a. 16 asrda kelgindilarning mahalliy aholi bilan assimilyatsiyasi tugallanadi. Natijada yangi samarali iqtisodiyot, zodagonlar (ko‘pincha harbiylar), kohinlar, oddiy jamoachilardan iborat ijtimoiy guruhlar shakllandi. Peloponnesda Mikena, Tirinf, Pilos, O‘rta Yunonistonda Orxomen, Fiva va Afina, Fessaliyada Iolk va boshqalar ilk jamiyatning kattaroq markazlari edi. Bu joylarning hammasida mustahkamlangan qal‘alar qalin devorlar bilan o‘ralgan saroylar saqlanib qolgan. Saroylar yonida mol-mulki turli darajadagi mahalliy aholining turar joylari bo‘lgan. Bulardan tashqari yana bir qancha qishloqlar ham bo‘lgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Ko‘pdan-ko‘p kasb korlar ham yuqori darajada shug‘ullangan. Bu madaniyatning markazi Mikena edi. Miken madaniyati ilk Miken ( m.a. 1700 yillardan - 1550 yillargacha), O‘rta Miken (1550-1400 yy.), So‘nggi Miken (1400-1200 yy.) davrlariga bo‘linadi. Miken (Axey) sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri m.a. XV-XIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Miken siyosiy markaz sifatida o‘z hukmronliugini keng qamrovda amalga oshira olmagan. Mikenada 1876 yilda G. Sjliman tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalarda Miken madaniyatiga mansub qazib ochilgan. Mikena istehkomidan va undan tashqarida bir necha o‘n podsholik maqbaralari topildi. Maqbaralar ikki xilda bo‘lgan, bir xillari shaxta, ya‘ni to‘g‘ri burchak o‘ra shaklida bo‘lib, qoya toshda o‘yilgan va tepasi tosh plitkalar bilan yopilgan, ikkinchi xillari katta hajmdagi toloslari (gumbazli maqbaralar) bo‘lib, bu maqbaralar ularda ko‘milgan hukmdorlarning dabdabasidan darak berib turgan. Mikenadagi mashhur ―Agamemnon qabri‖ hashamatli va ulug‘vor qilib qurilgan, 5 metrgacha balandlikda bo‘lgan og‘ir eshiklar usti har biri taxminan 120 tonna keladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlarda ko‘p miqdorda qimmatli buyumlar qurol-yarog‘lar topilgan. Mikena, Tirinf va boshqa saroylardagi ichki binolar har xil rasmlar (freskalar) bilan bezatilgan. Materik Yunonistondagi tasviriy san‘atda urush manzaralari ham uchrab turadi. XX asrning 60 yillarida Mikena akropolida (mustahkamlangan qalba) diniy marosimlar bajariladigan markaz topildi. Markazda qo‘llarini yuqoriga ko‘targan 16 ta loy haykalcha, loydan yasalgan ilonlar va mehrob bor. Muqaddas joy yaqinida turar joy binosi bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha bu binoda bosh kohin yashagan. 1953 yil ingliz olimlari Ventris va Chedvik Mikena saroylari buyumlarida sanoq hisob-kitoblar to‘g‘risida ma‘lumot beradigan loy taxtachalardagi Mikena yozuvlarini o‘qidilar. Miken sivilizatsiyasining asosiy markazlari mil.avv. XV -XII asrlarda Tirinf va Pilos edi. Tirinf Mikenga qo’shni bo’lgan yana bir axey davlat birlashmasi edi. Tirinf hokimining saroy qal‘asi balang va ulug‘vor qurilgan. Qal‘a devorlari og’irligi 12 tonnagacha bo’lgan yaxlit ohaktoshlardan bunyod qilingan. Ularning eni 4,5 metrgacha, balandligi 7,5 metrgacha yetadi. Qal‘a devorlarining ba‘zi joylarida oziq -ovqat va qurol saqlanadigan ombor inshootlari qurilgan. Qal‘aning ichida ikkinchi mudofaa devori tepalikda joylash gan podsho saroyini himoya qilgan. Saroyga yaqinlashish maxsus to’siq inshootlari bilan himoyalangan. Qal‘ada ichimlik suv zaxirasi bilan shahar tashqarisidagi suv manbasiga boradigan yashirin yerosti yo’li qurilgan. Chunki Tirinf uchun eng xavfli raqib Miken 17 km uzoqlikda joylas hgan edi. Tirinf saroyi devorlari ov manzaralari, hashamatli kiyingan xonimlarning ara - vadagi tasvirlari bilan bezalgan. Axey davlatlaridan yana biri Peloponnes yarim orolining janubiy – g’arbida joylashgan, markazi Pilos bo‗lgan Pilos shahar -davlatidir. Pilos podsho saroyi yaxshi saqlanib qolgan bo‗lib, Miken saroy me‘morchiligining eng yaxshi namunasi hisoblanadi. 1939 yillardan boshlab Messeniyada Pilos saroyida qazuv ishi olib borilgan. Saroy devori freskalar bilan, tosh - dan yasalgan pol geometrik va den giz mavjudotlari tasvirlari bilan bezatilgan. Xonalarning biridan Pilos davlati va jamiyati, Miken sivilizatsiyasining turli sohalari to’g’risida ma‘lumot beradigan bir yarim ming loy taxtachadan iborat arxiv topilgan. Pilos doimiy raqobat va o’'zaro urushlar ichida bo’lgan Miken va Tirinfdan uzoqda joylashgan. Pilos mil. avv XIV -XII asrlar- da eng rivojlangan va farovon davlat bo’lgan. Miken, Tirinf va Pilos Janubiy Yunoniston va Peloponnesda shakllangan axey davlatlari edi. O’rta Yunonistonda ilk davlat bir lashmalari Atti ka va Beotiya viloyatlarida mil.avv. XIV-XII asrlarda shakllana boshladi. Mil.avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati mavjud bo’lgani to’g’risida mixxat yozuvlari ma‘lumot beradi. Xett manbalarida (XIV -XIII asrlarda) Axaya deb atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo va Rodos orolida deb turli farazlar qiladilar. Yunonistonning Axaya davri siyosiy tarixi yaxshi yoritilmagan. Ba‘zi olimlar Miken boshchiligida yagona Axaya davlati mavjud bo’lganini yozadilar. Bir ne cha Axaya davlatlari mustaqil mavjud bo’lib, ular vaqtinchalik bir - lashgan bo’lishlari mumkin. Troya urushi yunon qabilalari- ning tarqalishi jarayonining bir unsuri bo’lishi mumkin. Axey koloniyalari Kichik Osiyoning g’arbiy va janubiy qirg’oqlarida payd o bo‗ldi. Rodos va Kiprda axeylar o’rnashib olganlar. Mil. avv. 1000-yillarning oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar tomonidan o’zlashtiriladi. Sitsiliya va Janubiy Italiyada axey faktoriyalari (tayanch nuqtalari) paydo bo’ladi. Axeylarning Old Osiyo mamlakatlari qirg’oq bo’ylariga kuchli bosqini «dengiz xalqlarining» harakati deb ataladi. Ilmiy farazlarga ko’ra, mil. avv. XIII asrda yuz yil davomida doriylar va boshqa xalqlarning Bolqonga kuchli tazyiqi axey sivilizatsiyasining halokatiga olib keldi. Ularning bir qismi Attika va boshqa viloyatlar, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyoning g’arbiy qirg’og’i va Kipr orolida saqlanib qoldi. Mil.avv. XII asr boshida Sharqiy O’rtayer dengizining Osiyo qirg’og’ida filimstimlar deb atalgan xalqlar o’rnashdi. Ularning manzilgohlaridan bu yerda ilgari bo’lmagan, shu yerning o’zida ishlab chiqarilgan Miken sopolga o’xshash buyumlar ko’plab topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari migratsiyasi boshlandi. Yodgorliklarda moddiy-ma‘naviy madaniyatning tushkunligi ko’rinadi. Bu vaqtdan boshlab temir o’zlashtirila boshlanadi. Eng avvalo, Peloponnes yarim oroli va Kritga doriylar kelib o’rnashadilar. Troya urushi to’g’risida muammoli fikrlar juda ko’p. Qadimgi Troya Kichik Osiyoda joylashgan bo’lib, jez asrida paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Lekin Troyaning yoshi Mikendagi shaxta qabrlaridan yosh jihatidan 600 yil katta bo’lgan va Bolqon yarim orolidan kelgan qabilalar tomonidan bosib olinishi mumkin emas edi. Troya shahri hududidan arxeologlar olti madaniy qatlamlarni qazib ochdilar. Bu madaniy qatlamlar Troyada hayot uzluksiz davom etganligidan dalolat beradi. Mil.avv. 1800 -yillar atrofida Troya-VI qatlami paydo bo’ldi. Kiklada Krit shimolining Egey dengizidagi ko’pgina orollar maj muasidir. Ularni yunonlar «kikladalar» ya‘ni «aylana» deb atashgan. Kiklada orollarida qadimda kariy va leleglar yashaganlar. Ularga Krit orolidan ko‗chib kelganlar qo’shilgan. Aholi uzumchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Kiklad a orollari bilan Egey havzasidan chekkadagi o’lkalar bilan dengiz savdosi alohida o’rin tutadi. Kiklada orollari aholisi katta-kichik, pishiq qilib qurilgan bir-ikki qavatli uylardan iborat shahar ko’rinishidagi kichik manzilgohlarda yashaganlar. Kichik shaharchalar jamoa asosida xalq yig'inlari orqali boshqarilgan deb taxmin qilinadi. Kiklada orollarida mil.avv. XVI-XV asrlarda Knoss hukmronligi o’rnatildi. Knossga qaramlik o’lpon to’lash bilan cheklanib, Kiklada o’ziga xos madaniyatni saqlab qoladi. Ammo mil.avv. XV asr o’rtalarida Fera orolida otilgan vulqon Kiklad orollari halokatiga sababchi bo’ldi. Vulqon otilgandan so’ng to’zib ketgan aholi va vayrona orolchalar Peloponnes va Bolqon Yunonistonining boshqa hududlaridan kelgan axeylar o’ljasiga aylandi. Kiklad madaniyati uch yirik davrga bo’linadi: 1. Qadimgi Kiklad davri (2700 -2300-yillar); 2. O’rta Kiklad davri (2300-1500-yillar); 3. So’nggi Kiklad davri (1500 -1100-yillar). Mil.avv. XIII asrda axey davlatlarining tushkunlikka yuz tutishi biulan hozirgi Makedoniya va Epir hududida yashagan doriy qabilalari mil.avv. XII asrda Yunonistonga bostirib kirdilar. Doriylar o’z hududlarini frakiya qabilalari tazyiqi ostida tark etdi. Yunonistonda axey hududlarini doriylar yuz, bir yuz ellik yil davomida egalladilar. Mil.avv. XI asr oxirida doriylar butun Shimoliy va O’rta Yunonistonga o’rnashib, Peloponnesning katta qismini o’zlashtirdilar. Axeylarning bir qismi doriylar taziyqi os - tida Attika hududi va Egey dengizi havzasiga ko’chdilar. Yuqori darajada rivojlangan axey davlatlarini bosib olgan doriylar ibtidoiy jamoa turmush tarzida va harbiy demokratiya sharoitida yashar edilar. Doriylar axeylarning shaharlarini vayron qildilar va ibtidoiy jamoa tuzumida yashashni davom ettirdilar. Yunonlar bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumida yashadilar. Ayrim paytda urug’lar o’zlariga tegishli biror- bir umumiy masalani yechish uchun kattaroq tashkilot - fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar birlashib, qabila - filni tashkil qilgan. Fratriya va urug’ bir um umiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug’ boshliqlari bilan bir qatorda, fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb eslatiladigan yo’lboshchilari bo’lib, urug’ boshliqlari ularga o’z hokimiyatlarining bir qismini berganlar. Bir necha urug’lar bir qabilaga birlashgani uchun qabila oqsoqoli saylanadi. Download 55.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling