I bob. Qadimgi Yunonistonda davlatchilikning shakllanish xususiyatlari


Davlatchilikning rivojlanish bosqichlari


Download 55.08 Kb.
bet3/8
Sana25.02.2023
Hajmi55.08 Kb.
#1231408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yunon

Davlatchilikning rivojlanish bosqichlari

Yunon tarixi Qadimgi dunyo tarixining bir qismi hisoblanadi. Qadimgi yunon tarixi doirasida Bolqon yarim oroli, Egey dengizi havzasi, janubiy Italiya, Sitsiliya oroli va shimoliy Qora dengiz bo‘yi, Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘idagi qadimgi jamiyatlarning shakllanishi, gullab-yashnashi va tushkunlik davrini o‘rganadi. Yunoniston tarixi uchta katta bosqichga bo‘linadi.
I bosqich - miloddan avvalgi II ming yillik - ilk davlatlar paydo bo‘lishi (Krit Miken davri tarixi).
II bosqich - Miloddan avvalgi XI-IV asrlar shahar davlatlar - polislarning paydo bo‘lishi, antik qulchilikning shakllanishi, yuqori darajada rivojlangan yunon madaniyati davri.
III bosqich - ellinistik jamiyatlar va davlatlarni vujudga kelishi.
Krit- Miken davrining o‘zi ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra uchta bosqichga ajratiladi, shu bilan birga ushbu davrlar Krit va qit‘a Yunoniston tarixi uchun farqlanadi. Krit tarixida bu davr Kritda hukm surgan afsonaviy hukmdor Minos nomi bilan Minoy tsivilizatsiyasi deb yuritiladi, qit‘a Yunonistonida esa Ellada davri deb nom olgan.
Minoy davri quyidagi bosqichlarda rivoj topgan:
1. Ilk Minoy davri (miloddan avvalgi XXX-XXIII asrlar, urug‘chilik munosabatlar).
2. O‘rta Minoy yoki ― eski saroylar‖ davri (miloddan avvalgi XXII-XVIII asrlar, birinchi davlat tuzilmalarining vujudga kelishi, turli ijtimoiy guruhlarning hamda yozuvning shakllanishi).
3. So‘nggi Minoy davri yoki ― yangi saroylar‖ davri (miloddan avvalgi XVII-XII asrlar, Kritning birlashuvi, Krit dengiz qudratchiligi, madaniyat ravnaqi, axeyliklar tomonidan Kritning ishg‘ol qilinishi va Kritning tanazzuli).
Axey Yunonistoniga alohida davrlanish beriladi:
1. Ilk Ellada davri (miloddan avvalgi XXX-XXI asrlarda) - ibtidoiy jamoa munosabatlarning ustuvorligi, yunonlarga qadar aholi
2. O‘rta Ellada davri (miloddan avvalgi XX-XVII asrlar) - yunon-axey qabilalarining Bolqon Yunonistonning janubida joylashishi, davr oxirida urug‘-qabilaviy muosabatlarni yemirilishi.
3. So‘nggi Ellada yoki Miken davri (M.a. XVI-XII asrlar) - ilk davlatlarni tashkil topishi, yozuvi paydo bo‘lishi, Miken sivilizatsiyani ravnaqi va qulashi.
Bolqon Yunonistonida davlatchilik taraqqiyotining yangi davri taxminan ma. XI asrdan boshlanadi. Bu davr antik Yunoniston taraqqiyotining polis davri deb ataladi. Polis bosqichi ham uchta davrga bo‘linadi.
1. Gomer yoki polisdan oldingi davri - (M.a. XI-IX asrlar) - urug‘-qabilaviy munosabatlar.
2. Arxaik davri (M.a. VIII-VI asrlar) - shahar-davlatlar polisllarni tashkil topishi. O‘rta Yer va Qora dengizlarni sohillari yunonliklarni joylashishi.
3. Yunon tarixini klassik (yuqori darajada rivojlangan) davri (M.a. V-IV asrlarda) qadimgi yunon quldorlik jamiyatini polis tuzumini, yunon madaniyatini ravnaqi.
Makedoniyalik Iskandarning Sharq yurishlaridan keyin ellin davlatlarining tashkil topishi bilan qadimgi Yunoniston tarixida ellin davri boshlanadi. Ellinistik bosqich uchta davrdan iborat.
1. Aleksandr Makedonskiy sharqqa harbiy yurishlari va ellinistik davlatlarni tashkil topishi. (M.a. V asrning 30 yillari - III asrning 80-yillari).
2. Ellinistik jamiyatlarni va davlatlarning ravnaqi (M.a. III asrning 80-yillari - II asrning o‘rtalari).
3. Ellinistik tizimni inqirozi va ellinistik davlatlarning qulashi (M. a. II asrning ikkinchi yarmi – 30-yillar).
M.a. 30-yilda so‘ngi ellin davlatlaridan biri - Ptolomeylar Misri o‘z mustaqilligini yo‘qotib, Rimga tobe bo‘lishi bilan antik Yunoniston tarixi nihoyasiga yetadi.
Qadimgi yunon jamiyatida, Gomer ta'riflaganidek, murakkab jarayonlar sodir bo'ladi. O'sha paytda yer hali qabila mulki bo'lib, urug' a'zolariga faqat foydalanish uchun berilgan. Eng yaxshi erlar zodagonlar va boylar vakillariga tegishli edi. Aholi qishloq jamoalariga birlashgan, bir-biridan ajratilgan va kichik hududni egallagan. Jamiyatning iqtisodiy va siyosiy markazi shahar edi. Doimiy hokimiyat organi oqsoqollar kengashi edi. Ibtidoiy demokratiya hali ham saqlanib qolgan, xalq yig'inlari muhim rol o'ynagan. Gomer Gretsiya kichik o'zini o'zi boshqaradigan okruglarga bo'linib ketdi, keyinchalik ulardan birinchi shahar-davlatlar - siyosatlar shakllandi.
Gomer davridan arxaik davrga o'tishning zaruriy shartlari Qadimgi Yunonistonda siyosatning shakllanishi va rivojlanishi edi.

Download 55.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling