I bob. Qadimgi Yunonistonda davlatchilikning shakllanish xususiyatlari


M.a. VIII-VI asrlarda Peloponnes va Sparta


Download 55.08 Kb.
bet8/8
Sana25.02.2023
Hajmi55.08 Kb.
#1231408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yunon

M.a. VIII-VI asrlarda Peloponnes va Sparta
Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Fukidid, Ksenofont, Aristotel va Plutarx asarlari hamda spartalik shoir Tirteyning she‘rlari Sparta davlatining tarixiga oid eng asosiy manbalardir. Bundan tashqari arxeologik materiallar ham yil sayin tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Sparta polisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tugallanish vaqtiga to’g’ri keladi. Doriy qabilalari mil.avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o’rnashdilar va mil.avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv. X asr da Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarda Sparta manzilgohi paydo bo’ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik doriylar bo’lg’usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o’rnashdilar.
Doriylar Lakoniyani bosib olgandan keyin mahalliy axey aholisini o‘zlariga bo‘ysundirganlar va bu sharoitda mustankam ezish apparatiga zaruriyat tug‘ilgan. Peloponnes hududiga bostirib kirgan doriylar mahalliy aholiga nisbatan ancha kam bo‘lganligi va bu istilochilar hali urug‘doshlik buzilish bosqichida turganliklari sababli ularning hukmronligi juda o‘ziga xos bir tarzda bo‘lgan.
Mil.avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonikaning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin esa Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o’lka Spartaning kam sonli, to’la huquqli fuqarolari tomonidan bo’lib olindi. Mahalliy aholining bir qismi qirib tashlanib, qolganlari huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi. «Ilot» nomining o‘zi hozirga qadar ravshan emas. Ularning hayoti qullarning hayoticha ham qadrlanmagan.
Istilochilar – doriylar – o‘zlarining bosh shahri Sparta nomi bilan spartaliklar deb atay boshlaganlar. Sparta aholisining asosiy sinflari, tabaqalari spartaliklar, perieklar, ilotlar ana shu tariqa vujudga kelgan.
Lakoniyaning iqtisodi juda kam rivojlangan va ibtidoiy darajada edi. Bunda asosiy mashg‘ulot dehqonchilik edi. Qadimgi Spartada yer xususiy mulk emas edi. Butun yer jamoaga qarashli bo‘lib, jamoa o‘z a‘zolariga vaqtincha foydalanish uchun berilar edi. Hunarmandchilik. Spartada hunarmandchilik juda kam rivojlangan edi. Hunarmandchilik bilan perieklar shug‘ullanar edi. Ular eng zarur narsalarnigina tayyorlar edilar. Uylar faqat ikki asbob: bolta va arra bilan qurilardi. qurollarni takomillashtirish va mehnatni tashkil qilish haqida hech kim o‘ylamas edi, buning ustiga bu ish Spartpa davlati tomonidan ta‘qiqlab qo‘yilgan edi. Shunday qilib, ko‘p asrlar davomida Sparta hunarmandchiligi taraqqiyotining muttasil past darajasida edi.
Sparta davlati har qanday tashqi savdoni ta‘qiqlab qo‘ygan edi. Boshqa mamlakatlardan hech qanday tovar keltirilmas edi. Savdo-sotiq faqat mamlakat ichida mahalliy bozorlarda qilinardi. Pullar temirdan bo‘lganligidan juda og‘ir edi. Oziq-ovqat va hunarmandchilik buyumlarini sotib olish uchun juda ko‘p pul kerak edi. Pullar hozirgidek hamyonda olib yurilmas edi, balki maxsus omborlarda saqlanar edi. Bozorga bormoqchi bo‘lgan kishi bu pullarni aravaga yuklab borar edi. Spartada kumush pullar ham bor edi, lekin bu pullar ishlatilmas edi.
Imtiyozli sinfi bo‘lgan spartaning «tenglar jamoasi» deb atalgan. «Tenglar jamoasi» Sparta
quldorlik davlati sharoitida ilotlar va perieklarni bostirish uchun hukmron sinfning (Spartaliklar tabaqasining) harbiylashtirilgan birlashmasi edi. Spartaliklar harbiy ish bilan shug‘ullanganlar. Faqat ana shu harbiy ishgina spartalikka munosib mashg‘ulot hisoblangan. Spartada mustahkam jangchilar tarbiyalab etishtirish uchun maxsus maktablar bo‘lgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqnii Sparta olib mahkamasi gerusiyaga, ya‘ni oqsoqollar kengashiga olib borgan. Agar chaqaloq zaif bo‘lsa va dardchil tug‘ilgan bo‘lsa, uni qoya ustidan pastga uloqtirib yuborgan. Sog‘lom va kuchli chaqaloqni tirik qoldirgan. Lekin u etti o‘shgacha onasi qo‘lida tarbiyalangan. So‘ngra u jamoat maktabiga borib, to balog‘at yoshiga etguncha, ya‘ni 18 yoshgacha shu maktabda turgan. U maktabda yashagan va o‘qigan. Maktabda tartib-qoida juda qattiq bo‘lgan. O‘g‘il bolalar yostiqsiz qatti bo‘yraa ustida yotib, ustilariga engilgina ko‘rpa yopib uxlaganlar. Ular issiqqa ham, sovuqqa ham bab-baravar chidamli bo‘lishlari lozim edi. Sparta o‘g‘il bolalarini chidamli bo‘lishi uchun ochlik va tashnalikka ba‘zi kunlarda ularga sira suv ichirmagan. Har bir kichik gruppa katta gruppa safiga kirganda kaltaklangan. Kaltaklanganda hech bir spartalik o‘g‘il bola dodlamagan va inglamagan, chunki bu uyat hisoblangan. Maktabda ular o‘qish, yozish, hisoblash, qo‘shiq aytish, raqs qilish, vatanparvarlik ruhidagi she‘rlarni yodlaganlar, falsafaa va suxandonlik bilan shug‘ullanishga ruxsat etilmagan.
O‘g‘il bolalarni mumkin qadar qisqa so‘zlashga o‘rgatilgan. Onaning o‘g‘lini urushga kuzatayotganda aytadigan so‘zlari bunday lakonizmga misoldir. Ona o‘g‘liga qalqonni bera turib: «qalqon bilan yoki qalqonda qayt», degan.
Spartalik qizlar o‘g‘il bolalar kabi o‘qish, yozish, hisoblashni bilganlar. Spartaliklar balog‘atga yetib oila qurishgandan keyin ham ularni oilasi harbiylarcha o‘tan. Agar spartalik kambag‘allashib qolsa «Tenglar jamoasi»dan haydalgan. Sparta davlatining butun faoliyati ilotlarni itoatda tutishga qaratilgan edi. Spartaliklar ilotlarni o‘ldirishga haqli edi. Har yilda bir marta «kriptiya» degan hunrezlik qilinar edi («kriptiya» - yunoncha «o‘ldirish»). Armiyada ilotlar yordamchi vazifalarini bajargan. Ilotlar xususiy ho‘jayinlariga emas balki butun Spartaga qarashli edilar, chunki Lakoniya ilotlarini qullikka solish davrida spartaliklarda ijtimoiy jamoa munosabatlari hali yo‘qolgan emas edi.
Sparta davlatining qonunchilik ishi Likurga nisbat beriladi. Uning afsonaviy shaxsliligini Plutarx tasvirlagan. Fukidid va boshqa antik avtorlar tilga olib o‘tganlaridek, mavjud bo‘lgan shaxs hozirga qadar ma‘lum emas. Halq yig‘ini (apella) mavjud bo‘lib, unga 30 yoshga etgan spartalik erkaklar kirgan. Bu yig‘inda, urush va sulx masalalari hal qilingan, ammo unda ovozga qo‘yish odati bo‘lmagan. Hamma masala qichqiriq bilan hal qilingan. Shunisi ham borki, oqsoqollardan birortasi hozir bo‘lgan taqdirdagina yig‘in ochiq deb hisoblangan. Agarda oqsoqollar yig‘inini chaqirishga rozi bo‘lmasalar, ular umuman yig‘inga kelmaganlar va yig‘in ochilmagan. Spartada ayni bir vaqtda ikki podsho bo‘lgan. Biri doriylarning Evripontid urug‘idan, ikkinchisi Axeyaliklarni Agiad urug‘idan. Ular avliyo hisoblangan. Podsholar davlatda real hokimiyatga ega bo‘lmagan. Spartada efor degan ya‘ni Spartadagi barcha muassasalar ustidan nazorat qilgan alohida shaxslar bo‘lgan. Ular beshta bo‘lib, bir yil muddatga saylangan. Agar podsho efor, huzuriga kelmasa, u zo‘rlab olib kelingan. Eng kuchli va davlatni haqiqatdan boshqaruvchi organ gerusiya bo‘lgan. Gerusiya («geront» - «keksa»). Spartaning eng zadogon va eng mo‘tabar urug‘laridan iborat oqsoqollar majlisidir. Gerusiyaga oltmish yoshli 28 kishi va 30 yoshga etgan ikki podsho kirgan. Ular gerontlarni «bolalar usuli» ya‘ni qattiqroq qichqirish bilan saylangan. Sparta aslzodalar davlati bo‘lib, unda hokimiyatga gerussiya va eforlar ega bo‘lgan.
Peloponnesning eng kuchli davlati bo‘lgan Sparta eramizdan avvalgi VI asrdayoq ikki marta qattiq urush qilgandan keyin g‘arb tomonidagi serhosil qo‘shni mamlakat Messeniyani zabt etgan va uning aholisini ilotlarga aylantirgan. Janubiy Yunoniston territoriyasidagi qolgan davlatlarga kelganda, garchi ularni Sparta zabt etolmagan bo‘lsa-da, lekin ular ham asta-sekin unga bo‘ysunishga majbur bo‘lganlar va Pelaponnes ittifoqini tashkil qilgan. Bu itttifoqqa faqat Argos va Axaya kirmagan, ular o‘zlariga mustaqil bo‘lib qolganlar. Ammo o‘rta Yunonistonga joylashgan Megara Polopones ittifoqi kirgan. Sparta boshchilik qilgan Polopones ittifoq harbiy jihatdan ustunligi butun Yunonistonda ustunligi har bir davlatga ma‘lum edi. Spartaliklar intizomli bo‘lganlar. Bu armiya miloddan avvalgi VI-V asrlardagi Yunonistonning eng kuchli armiyasi bo‘lgan.
Xulosa
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati…………………………….
Botir K.I. Davlat va huquqning umumiy tarixi. M., 1998 yil.
Xorijiy davlatlar davlati va huquqi tarixi. / Ed. Jidkova O.A., Krasheninnikova N.A. M., 1998 yil.
Kosarev A.I. Xorijiy davlatlar davlati va huquqi tarixi. M., 2003 yil.
va hokazo



1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. T.: “O’zbekiston”. 2017. – B.47.

Download 55.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling