I bob. Qadimgi Yunonistonda davlatchilikning shakllanish xususiyatlari


Arxaik va klassik davr. Ellinistik davr


Download 55.08 Kb.
bet6/8
Sana25.02.2023
Hajmi55.08 Kb.
#1231408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yunon

2.2. Arxaik va klassik davr. Ellinistik davr
Yunon tarixidagi mil.avv. XI-IX asrlarni tarixchilar «Qorong’i davrlar» deb ataydilar. Chunki bu davrga oid ma‘lumotlar juda kam. Mil.avv. XI -IX asrlardagi yunon tarixini o’rganish bo’yicha asosiy manba bo’lib, Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari xizmat qiladi. Shu sababli bu davr Gomer davri deb ham ataladi.
Gomer «Iliada» va «Odissey» dostonlarida axey sivilizatsiyasi gullab -yashnashining So’nggi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin Gomerning o’zi mil.avv. VIII asrda yashagani uchun O’tmish voqealarini o’zi yashagan davr nuqtayi nazaridan zamonaviylashtiradi.
«Odissey» va «Iliada» dostonlarida yunon jamoasidagi mulkiy tabaqalanishni, urug’chilik munosabatlari zaiflashganini, basileylar bilan hokimiyatga intilayotgan ko’p sonli urug’ zodagonlari qatlami shakllanayotganini kuzatish mumkin. Asta -sekin mehnat taqsimoti natijasida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor va kema yasovchilar to’g’risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar bilan bir qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali xonaki shaklda bo‘lib, ularning soni ko’p emas edi. Xo’jayin qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanmagan. Gomer o’tmish qahramonlarini sharaflab, o’zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining hayotiy tasvirini chizadi.
Urug’-jamoa kichik qishloqlarda yashab, dehqonchilik, chorvachilik shug’ullanganlar. Jamoani saylab qo’yilgan oqsoqol-basiley urf-odat, an‘analar asosida boshqargan. Basiley urug’ mulkini qo’riqlagan, urug’doshlarini sud qilgan va urug’ning afsonaviy asoschisini hurmatlashga bagi‘shlangan marosimlarni o’tkazishda boshchilik qiladi. Axey sivilizatsiyasi asta-sekin parchalana boshladi.
Mil.avv. XIII asr oxiridan axeylarning parokanda ahvoli vaqtida shimoldan doriy qabilalari Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar mil.avv. XI asr ning oxiriga kelib butun Shimoliy va O’rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab oldilar. Bu davrda ularda ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan. Dostonlarda aholi qishloqlarda yashab, shahar to’g’risida tasavvurga ega bo’lmagani bayon qilinadi. Xojalik natural shaklda bo’lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Sav do ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari hatto ularning zodagonlari ham kichik, qo’pol qurilgan, poli tuproq, xona o’rtasida gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar.
Mil.avv. XI asrda xojalik hayotidagi bir qancha qiyinchilikdan so’ng temir o’zlashtirilib, xojalik hayotining jonlanishi boshlandi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam bo’lgan. Taqchil bo’lgan unumdor yerlarnin g asosiy qismini donli ekin- lar egallay boshlagan. Bog’dorchilik, uzumchilik va zaytun daraxtlarini o’stirish yo’lga qo’yilgan. Chorvachilik rivojlangan. Gomer poemalariga ko’ra, qoramol asosiy ayirboshlash vositasi bo’lgan. Hunarmandchilikda katta o’zgarishlar yuz berdi. Mehnat qurollari tayyorlashda temir keng qo’llanila boshlandi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari ish unumdorligini oshirdi. Oila moddiy ehtiyojini o’z mehnati bilan qondirish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Erkin dehqon xojaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo’ldi. Jamoaning alohida bir ko’rinishi sifatida jamoa-polis jamiyat tashkilotining asosiy shakli bo’ldi. Keyinchalik polis shahar - davlatga aylandi. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo’lib, ular huquqlarda teng edilar. Jamoada shakllanayotgan urug’ zodagonlari jamoani o’z nazorati ostiga olishga urinar edilar. Polis-jamoa asosan ikki vazifani bajargan: aholini va hududni qo’shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va jamoaning ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashk iloti yuzaga kelmagan edi.
Mil.avv. IX asr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik polis – jamoalardan yoki ular katta-kichik qishloqlardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xojalik yuritish asosida tirikchiligini o’tkazadigan, oddiy turmush kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi bo’lmagan patriarxal oila bo’lgan. Yunon dunyosida hali katta yer egalari, yersiz, birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa a‘zolari yo’q edi.
Hunarmandchilikning sohasi bo’lgan kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi. Dafn marosimlari o’zgardi. Endilikda tuproqqa dafn etish o’rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish) rasm bo’ldi. Bolqon Yunonistonidan yuqori darajada rivojlan gan Sharqqa yunonlar kirib kela boshladi. Mil.avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning g’arbiy qirg’og’ida yunon qo’rg’onlari paydo bo’lib, ularning aholisi eoliy, ioniy va doriy shevalarida so’zlashgan.
M.a. VIII-VI asrlarda Yunonistonning ijtimoiy taraqqiyoti Gomer davri oxirlaridan boshlab hamma joyda yuz bergan ilku sinfiy jamiyatning qaror topishi jarayonining davomidir. M.a. VII-VI asrlar davrini an‘anasiga ko‘ra ko‘pincha arxaik, ya‘ni dastlabki davr deb ataydilar, chunki XIX asrning uchinchi choragida boshlangan va hozirgacha davom etayotgan buyuk arxeologik nashriyotlarga qadar qadimgi Yunoniston tarixini odatda m.a. VIII asrdan boshlar edilar. Biroq mazkur terminni hozirgi kunda ham saqlash mumkin, chunki xuddi m.a. VIII-VI asrlarda kundalik jamiyatining shakllanishi birinchi marta eng zo‘r va eng aniq ifodalangan variantda yuz bermoqda ediki, bu davr randa antik davr deb nom olgan.
Doriylar istilosi natijasida yuz bergan uzilishlardan so‘ng Yunonistonda yangidan kichik-kichik quldorlik davlatlari paydo bo‘la boshladi. Bu davlatlar istehkom bilan o‘rab olingan manzillardan iborat bo‘lib, ularda dehqonlarning va ayni vaqtda quldorlarning kollektivlari yashab ular birgalikda o‘zlarining umumiy manfaatlarini istehkom bilan o‘rab olingan manzil yonidagi o‘z mulklari bo‘lmish er uchastkalarini va o‘z mulklari bo‘lmish qullarni himoya qilganlar. Bu davlat tuzilishlari qadimgi yunonlarda polislar, ya‘ni shahar-davlatlar deb nom olgan. Natural xo‘jalik katta davlat birlashmalari tuzish uchun shart-sharoit tug‘dirmagan.
Antik davrda qadimgi yunon jamiyatining iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy tashkilotining asosiy shakli polis edi. Polis bu - jamoaning alohida tipi bo’lib, dehqon va shahar aholisini o’zida birlashtirgan yerga ishlovchilar - fuqaro jamoasi edi. Yunon polisining taraqqiyoti va shakllanishini belgilaydigan asosiy shartlari quyidagicha edi: Eng avvalo, davlat va xususiy mulk birlashgan antik mulkchilik shakli edi. Yunon jamoa si a‘zosi bo’lgan fuqaro yerga egalik qilish huquqiga ega edi. Har bir fuqaro polis hududi da yer ulushiga ega bo’lishi shart edi. Yerga egalikning oliy huquqi fuqarolar jamoasiga tegishli edi. Polis tashkilotining ajralmas qismi fuqarolik muassasasi edi. Polis aholisi to’la huquqli fuqarolar, to’laqonli huquqga ega bo’lmagan va huquqi bo’lmagan aholi toifalaridan iborat edi. Polis jamoasi tarkibiga kirgan fuqarolar iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarning majmuasiga ega edilar. Faqat polis fuqarolarigina aholining imtiyozli qismini tashkil etar edi.
Fuqaroning asosiy ramzi ozod kishi mavqeyi edi. Yunon fuqarolik mavqeyini fuqaro ota-onadan tug’ilishi bilan olar edi. Fuqarolik huquqini boshqa polisdan kelganlarga sovg’a qilishga faqat polisning xalq yig’ini haqli edi. Oligarxiya hukmron bo’lgan polislarda fuqarolik mavqeyiga ega bo’lish uchun fuqaro mulkiy senz, yerga egalik, og’ir qurol -aslahasi mavjudligi shartlarini bajarishi lozim edi. Polisning iqtisodiy asosini qishloq xojaligi, yerga fuqaroning erkin mehnat qilishi tashkil etar edi. Yerga egalik, dehqonchilik uzoq vaqt polis fuqarosining imtiyozi bo’lib qoldi. Polis fuqarosidan boshqa hech kim uning hududida yerga egalik qilish huquqiga ega emas edi. Polis fuqarolar jamoasiga tegishli jamoa yerlariga egalik qila olmas edi.
Har bir fuqaroning eng muhim huquqi va bir vaqtning o’zida majburiyati, bu uning o’z polisining himoyasida shaxsan ishtirok etishi edi. Uncha katta bo’lmagan yunon polislari muntazam qo’shin saqlash qobiliyatiga ega emas edilar. Shu sababli, uning himoyasi erkaklar zimmasida edi. Qo’shinning asosini tashkil qilga nogir qurollangan falangani o’rta hol fuqaro-dehqonlar tashkil etar edi. Yunon polisining ajralmas qismi - fuqarolik jamoasida o’z-o’zini boshqarish edi. Xalq yig’ini, kengash, sud va ijroiya hokimiyati lavozimlari fuqaro jamoasining qo’lida bo’lib, hech qachon undan ajralmadi.
Polis jamiyatida barcha huquqiy me‘yorlar manbasi xalq yig’inida ishlab chiqilgan qonun edi. Fuqarolarning qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi ishtiroki ajralmas huquq edi. Shunday qilib, polis fuqarolik jamoasi a‘zolari bo’lgan shahar va qishloq aholisi uyushgan yopiq jamoani tashkil qilib, o’z imtiyozlari va huquqlarini qat‘iy saqlab, himoya qilar edi. Polis hududi shahar va uning atrofidagi qishloqlarni o’z ichiga olgan. Yunon shahar-davlatlari hududi va aholisi soni bo’yicha har xil bo’lgan.
Polis-davlat hududi markazida shahar bo’lib, bu yerda qishloq aholisining bir qismi: hunarmandlar, savdogarlar yashagan, xalq yig’ini to’plangan ibodatxona bo’lgan. Odatda, shaharlar portlar, gavanlar bilan dengi z sohiliga joylashgan. Shahar markazida tepalikda mustahkamlangan qal‘a - akropol bo’lib, bu yerda ibodatxona, shahar xazinasi binosi bo’lgan.Akropol yonida bozor - agora maydoni bo’lib, bayramlar, sport muso - baqalari va xalq yig’ini o’tkazilgan. Polis hududida bir necha qishloqlar joylashgan, lekin shahar markazi boshqaruvi bitta bo’lgan. Polisda aholi asosan uzumchilik, zaytun ekini, hunarmandchilik, savdo bilan shug’ullangan. Aholining ijtimoiy qatlami asosan mayda dehqonlar, hunarmand va savdogarlardan tashkil topgan.
Har bir polisda vaqt o’tishi bilan polis tuzilmasi tugallangan shaklni oldi va barqaror fuqarolik siyosiy tashkiloti (demokratiya yoki oligarxiya) shaklida faoliyat ko’rsata boshladi.
Har biri polisdagi tub joy erkin aholining hammasini rasmangina o‘z ichiga olgan, hukmron quldorlar sinfining yuqori qatlamiga aylangan nasl-nasabli aslzodalarning iqtisodiy va siyosiy hukmronligi endi siyosiy taraqqiyotning ilgarilab borishiga to‘sqinlik qila boshladi.
Shahar demosining iqtisodiy mustaqilligi kuchayib borishi bilan u polisni boshqarishda ishtirok etishiga va aslzodalar hokimiyatini chekkasiga erishish uchun faol harakat qila boshladi. Shahar demosi uning mol-mulkini va savdo – hunarmandchilik faoliyatini aslzodalarning suiste‘mollardan himoya qiladigan qonunlar chiqarishni talab qildi. Dengiz savdosi rivojlanayotganligi munosabati bilan shahar demosi faolroq tashqi siyosat yurgizish masalasini qo‘ydi. Qishloq demosi qarz asoratidan qonunchilik yo‘li bilan himoya qilishga muhtoj edi va dehqonlarning yer uchastkalarini bosib olishga xotima berishni talab qilardi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayoni nasl-nasabli aslzodalarga ham dahl qilmoqda edi, ular orasida ham mulkiy tabaqalanish yuz bermoqda edi. Aslzodalarning, ayniqsa kambag‘allashib qolgan aslzodalarning bir qismi ustaxonalar ochish va savdo sotig‘ni tashkil qilish bilan o‘zi shug‘ullana boshladi. Bu aslzodalarning manfaatlari shahar demosi yuqori qatlamlarining manfaatlari bilan yaqinlashgan edi.
Nasl nasabli aslzodalarning hukmron zamindorlar gruppasi yetilib qolgan islohatlarni o‘tkazishga qarshilik ko‘rsata boshladi. Shu sababli m.a. VII-VI asrlarda shahar va qishloq demosi islohatlar uchun qat‘iy kurashga kirishdi. Savdo-hunarmandchilik polislarining ko‘pchiligida nasl-nasabli aslzodalar hokimiyati ag‘darib tashlandi va xokimiyat demosining vakillari bo‘lmish hukmdor shirankar qo‘liga o‘tdi «Tiran» – (mustabid) tushunchasi Yunoniston tarixining arxaik davrida salbiy ma‘noga ega emas edi. Shu tariqa m.a. VII-VI asrlarda davlat hokimiyatining yangi formasi paydobo‘ldiki, bu forma fanda bosh yoki ilk tironiya nomi bilan mashxurdir. Tiranlarning ko‘pchilik qismi demosning yuqori qatlamlariga yondoshgan aristokratiya gruppasidan chiqqan kishilar edi. Ular zo‘r berib eski zodagon aristokratlar huquqlarini cheklash siyosatini yurgizdilar, ularga qarashli yerlarning bir qismini musodara qildilar eski tartiblarning eng tarafdorlarini qirib tashladilar yoki haydab yubordilar. Lekin eski (aslzodalar) urug‘idan chiqqan tiraklar ko‘pincha tutiriqsiz siyosat yurgizdilar va shu bilan ularni yuqori martabaga ko‘targan demosni o‘zlariga qarshi qurollantirdilar. Tiraniya nechog‘li nomukammal bo‘lishiga qaramay, o‘sha vaqt progressiv hokimiyat edi. Qo‘zg‘olon ko‘targan demosning tepasiga aristokratiyadan bo‘lgan kishilarning chiqib olganligiga sabab shu ediki, dastlabki paytda ular demosning o‘z orasidan chiqqan tubjoy vakillariga qaraganda davlat ishida tajribaga ega edilar. ― To‘ng‘ichi yoki ― ilk tiraniya‖ qisqa muddatli edi. Aristokratlar hokimiyatdan chetlatilgan. Demosning faoliyati uchun keng maydon ochilgandan keyin tiranlar endi kerak bo‘lmay qoldilar. Tiraniya zamonida demosning manfaatlarini ko‘proq izchillik bilan himoya qilgan siyosatchilar yetishib chiqib, siyosiy tajriba orttirgan edilar. Shuning uchun yana qo‘zg‘olonlar yuz berdi.
M.a. VII asrning oxirlari – VI asrning boshlarida Kichik Osiyo va Yunonistonda tangalar paydo bo‘ladi. Birinchi tolaqonli tangalar Kichik Osiyodagi Lidiyada zarb qilindi. Oltin va kumush aralashmasidan iborat elektron deb ataladigan tanga zarb qilindi. Tangalar uzunchoq shaklda, bir tomonida davlat ramzi, ikkinchi tomonida kvadrat tasviri tushirilgan edi. Yunonistonning pul birligini 436,5 gramm og’irlikdagi m ina tashkil qilgan. Bir mina 8,73 gr. og’irlikdagi 50 staterga bo’lingan.
Bu gurkiragan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining natijasi edi. Kichik Osiyodagi yunon shaharlarida Yunonistonning polislariga qaraganda aristokratiya bilan demos o‘rtasidagi kurash davrini ilgariroq kechiran va boy savdo-xunarmandchilik markazlariga aylangan edilar. Bunga ularning qadimgi yunon va qadimgi sharq dunyolarning tutash joyida egallangan tranzit geografik mavqei yordamlashgan edi. O‘tmishda axaya aholisining bir qismi Bolqon Yunonistondagi doriylardan kichik Osiyo sohiliga qochgan edilar. Bu ham xuddi Kichik Osiyo sohilida qadimgi axayya madaniyati elementlarining ko‘p miqdorda saqlanib qolishiga hamda ijtimoiy-iqtisodiy va markaziy taraqqiyotining uzluksiz borishiga yordamlashgan edi. Shu sababli Ioniya yunon polislari miloddan avvalgi VII-VI asrlarda o‘sha vaqtdagi Yunonistonning eng ilg‘or rayoni edi. Ular orasida ayniqsa Milet ajralib turardi.

Download 55.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling