I bob. Sezarning harbiy-siyosiy karerasining boshlanishi
Rim Respublikasining qulashi. Rim imperiyasi
Download 90.74 Kb.
|
Yuliy Syezar diktaturasi. So‘nggi Rim respublikasining qulashi
1.3 Rim Respublikasining qulashi. Rim imperiyasi
Mark Tulliy Sitseron (er. avv. 106-43-yillar) ajoyib notiq, huquqshunos, er. avv. 66 yil pretor, er. avv. 65-yil konsul. Uning nutqlari, xatlari, traktatlari Rim davlati va jamiyatining turli sohalarini o`rganish uchun Rim respublikasining qulashi davrini fojeali voqealari to`g`risida qimmatli ma`lumotlar beradi. Sitseronning Gay Verresga qarshi nutqi er. avv. 73-71 yillarda Sisiliyada noibligi davrida uning provinsiyani boyish maqsadida surbetlarcha talaganini fosh qiladi. Mark Tulliy Sitseron er. avv. 106-yilda Rimga yaqin Arpin shahrida tug`iladi. Uning ota-onasi shahar fuqarosining badavlat suvoriylar toifasiga mansub kishilar edi. Sitseron o`z faoliyatini Sulla hukmronligi yillarida (81) boshlaydi. U birinchi marta Publiy Kvintsiy degan oddiy bir dehqonning g`ayri qonuniy yo`l bilan tortib olingan yeri to`g`risidagi da`vo yuzasidan himoyachi sifatida so`zga chiqib, ishning muvaffaqiyatli tugallanishiga erishadi. Sitseron falsafa hamda notiqlik san`atini chuqurroq o`rganish bahonasi bilan Yunoniston safariga jo`naydi va bu yerda o`tkazilgan ikki yillik sayohat davomida Afina bilan tanishadi. Kichik Osiyoning turli shaharlarida bo`ladi va, nihoyat, bir qancha vaqt Rodosda yashab, mashhur faylasuflardan, ulug` notiqlardan ta`lim oladi. Verres ustidan qozonilgan g`alaba xalq o`rtasida Sitseronning mavqeini g`oyat darajada oshirib yuboradi va bundan buyon uning davlat mansablarida tobora yuqori ko`tarilishiga keng yo`l ochadi. Sitseron nihoyat 63-yilda eng oliy davlat lavozimi konsullikka saylanadi va shu kundan boshlab Rim jamiyati davlatmand doiralarining rahnamosiga, demokrat guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi. 44-yilda, Sezar o`ldirilganidan keyin, respublika tuzumining yangitdan tiklanishiga chuqur umid bog`lagan Sitseron yana siyosiy faoliyatga qaytadi. Antoniyga qarshi ayovsiz kurash boshlaydi; Antoniyga qarshi yozilgan va Demosfenga taqlidan “Filippiklar” deb atalmish o`n to`rtta maxsus nutqida yangidan bosh ko`tarib kelayotgan istibdod da`vogarining kirdikorlarini va yovuz niyatlarini fosh etadi. Shu nutqlar uchun Sitseronning nomi proskriptsiya ro`yhatiga kiritilib, er. avv. 43-yilda Antoniy odamlari tomonidan kallasi kesiladi. Qadimgi zamonlarda Sitseronning 150 ga yaqin nutqi nashr etilgan bo`lsa, bizga qadar shulardan 58 tasi yetib kelgan. Bulardan tashqari falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar, notiqlik nazariyasi va tarixiga doir 7 ta risola va 800 ga maktub asrlar to`foniga chap berib omon qolgan. IV. … U eng ko`p sonli va o`zining ayblarining eng muhim dalillari va izlarini Sitsiliya provinsiyasida qoldirdi, qaysiki u uch yil davomida shunday qiynadi va talon-taroj qildiki, uni avvalgi holatida qayta tiklash mutlaqo mumkin emas edi va uni faqat ko`p yildan keyin sotilmas pretorlar yordami bilan biroz qayta tiklash mumkin. (13) Verres pretor bo`lgan vaqtda sitsiliyaliklar uchun ularni o`zlarini qonunlari ham, bizni senatni qarorlari ham, umuminsoniy huquqlar ham yo`q edi. Sitsiliyada har bir kishiga bu odamning cheksiz ochko`zligi va su`istemolidan chetda qolgan narsagina tegishli, - shuning uchunki buni u ko`rmadi, yoki u to`ygan edi. 4. To`rt yil davomida biror-bir sud ishi, uni qosh qoqishisiz hal qilinmadi: ota yoki bobodan meros qolgan biror-bir mulk yo`qki, Verresning amri bilan sud hukmi bilan begonalashtirilmagan bo`lsa. U tomonidan joriy qilingan yangi jinoiy qoidalar asosida yer egalaridan katta miqdorda pullar undirildi; bizning eng sadoqatli ittifoqchilarimiz dushmanlar qatoriga kiritildi Rim fuqarolari go`yoki qullar kabi qiynoq va o`lim hukmiga duchor qilindilar; eng jinoyatkor odamlar sud javobgarligidan pul uchun ozod qilindilar, … hurmatli, beg`araz kishilar ish ko`rilmasdan sirtdan hukm qilindilar va quvg`in qilindilar; ajoyib mustahkamlangan gavanlar va ulkan yaxshi himoyalangan shaharlar, piratlar va qaroqchilarga ochib qo`yildi; Sitsiyalik matroslar va askarlar, bizning do`stlarimiz va ittifoqchilar ochdan o`limga mahkum qilingan edilar; bizga o`ta kerakli bo`lgan ajoyib flot Rim xalqining buyuk sharmandaligi uchun biz tomondan yo`qotilib yo`q qilindi. (14) Bu manfur pretor qadimgi barcha yodgorliklarni bitta qolmay taladi, ularni bir qismi shaharlarni bezatishni istagan boy podsholardan olingan edi, bir qismi bizning imperatorlarimizdan o`z g`alabalaridan keyin, yoki sovg`a qildilar yoki ularni Sitsiliyani shahar jamoalariga qaytardilar. U buni faqatgina shahar jamoalariga tegishli bo`lgan haykallar va bezaklargagina nisbatan amalga oshirmadi; u muqaddas marosimlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan barcha ibodatxonalarni taladi; U, agarda uning fikricha, yetarlicha mohirona, shu bilan birga qadimgi ustani qo`li bilan qilingan bo`lsa, ma`budlarni biror-bir tasvirini sitsiliyaliklarga qoldirmadi. Download 90.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling