I bob. Shartnomani bekor qilish


Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslari va tartibi


Download 109 Kb.
bet5/12
Sana01.05.2023
Hajmi109 Kb.
#1419002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
huquq

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslari va tartibi.
Qonun talabiga ko`ra, nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tushabbusi bilan bekor qilish asosli bo`lishi shart (MKning 100-moddasi).
Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanini bildiradi:
-texnologiyadagi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi o`zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o`zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqargani yohud korxonaning tugatilgani;
-xodimning malakasi etarli bo`lganligi yoki sog’lig’i holatiga ko`ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo`lib qolishi;
-xodimning o`z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzgani. Avval mehnat vazifalarini buzgani uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yohud unga nisbatan mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta`sir choralari qo`llanilgan kundan e`tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga hilof nojo`ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi;
-xodimning o`z mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda buzgani.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo`lgan mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda buzishlarning ro`yhati:
-ichki mehnat tartibi qoidalari;
-korxona mulkdori bilan korxona rahbari o`rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
-ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo`llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi.
Xodimning o`z mehnat vazifalarini tuzishi qo`pol tusga ega ekani yoki ega emasligi har bir muayyan holatda sodir qilingan nojo`ya harakatning og’ir-engilligi hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan oqibatlarga qarab hal etiladi;
-o`rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko`ra o`rindoshlik ishi cheklanishi sababli o`rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilingani;
-korxona rahbari, uning o`rinbosarlari, bosh buxgalteri bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo`lmagan taqdirda esa, uning vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashish sababli bekor qilingani;
-xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta`tillarda bo`lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno;
- xodimning pensiya yoshiga to`lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo`lganda. (O`zR 22.12.2010 y. O`RQ-272-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta`tillarda bo`lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
-qonunchilikda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslarining cheklangan ro`yhati belgilab qo`yilgani fuqarolarning mehnat qilish huquqlarining muhim kafolatlaridir. Qonunda ko`rsatilgan asoslar mavjud bo`lmagan hollarda mehnat shartnomasini bekor qilishga aslo yo`l qo`yilmaydi. Odatda, mehnat shartnomasini bekor qilish uchun hayotdagi turli holat sabab bo`ladi. Ushbu sabablar esa qonunlarda mehnat sharnomasini bekor qilish asoslari sifatida mustahkamlab qo`yilgan.
MKning 100-moddasining 1-bandida mehnat shartnomasini bekor qilishning quyidagi ikki mustaqil asosi nazarda tutiladi;
-yuqorida keltirilgan sabablar tufayli xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoki ish xususiyatining o`zgarishi;
-korxonaning tugatilishi.
Xulosa qilib aytsak, qonunda belgilab qo`yilgan aniq holatlar mavjud bo`lgandagina ushbu asoslarga binoan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 3-bandida xodim tomonidan mehnat vazifalarini uzrli sabablarsiz muntazam ravishda bajarmasligi mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qlish uchun asos bo`lishi va bu hol bir qancha shartlar bilan izohlanishi haqida so`z boradi.Unga ko`ra, mehnat shartnomasining bekor qilinishi quyidagi hollarda qonuniy hisoblanadi:

Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling