I bob. Shartnomani bekor qilish


Mehnat shartnomasini bekor qilish


Download 109 Kb.
bet3/12
Sana01.05.2023
Hajmi109 Kb.
#1419002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
huquq

1.2.Mehnat shartnomasini bekor qilish
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari tushunchasi va klassifikatsiyasi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish keng tushuncha bo`lib, u avvalo mehnatga oid huquqiy munosabatlarning tugatilishini bildiradi. Odatda, bunday munosabatlar ijtimoiy hayotda yuzaga kelgan turli holatlar tufayli bekor bo`ladi va ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari deb ataladi. Mehnat shartnomasining bekor qilish tushunchasining mazmuni barcha holatlarni, shu jumladan, xodimning vafot munosabati bilan ham bekor qilinishini ham o`z ichiga qamrab oladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslari MKning 97-moddasida keltirilgan.
Mazkur moddada ta`kidlanishicha, mehnat shartnomasi quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
taraflarning kelishuviga ko`ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;
taraflardan birining tashabbusi bilan;
muddatining tugashi bilan;
taraflarning ixtiyoriga bog’liq bo`lmagan holatlarda;
mehnat shartnomasining nazarda tutilgan asoslarga ko`ra. Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to`g’risidagi shart ish beruvchining korxona rahbari, uning o`rinbosarlari, bosh buxgalter bilan korxonada bosh buxgalter bo`lmagan taqdirda esa, uning vazifasini amalga oshiruvchi xodim o`rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida, shuningdek qonunda yo`l qo`yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin;
yangi muddatga saylanmagani (konkursdan o`tmagani) yohud saylanishda (konkursda) qatnashishni rad etgani munosabati bilan.
Shuni ta`kidlash kerakki, 97-moddada ayrim xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini alohida hollarda bekor qilishning qo`shimcha asoslari ham ko`rsatilgan. Mazkur moddaning 5-bandida (mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslar) va 6-bandida (yangi muddatga saylanmagani,konkursdan o`tmagani) yohud saylanishda (konkursda qatnashishni rad etgani munosabati bilan) keltirilgan asoslar shular jumlasiga kiradi. Mehnat kodeksi 97-moddasining qolgan barcha bandlari (ushbu moddaning 2,3 va 4-bandlari) mehnat shartnomasini bekor qilishning muayyan asoslarini nazarda tutuvchi boshqa moddalarga asoslanadi. Bu haqda darslikning maxsus bo`limida batafsil so`z yuritamiz.
Odatda, mehnat shartnomasini bekor qilish kim tomonidan tashabbus ko`rsatilganiga qarab, uni bekor qilish kim asoslarini guruhga ajratish mumkin. Bu asoslar MKning 97-moddasining 1-bandida ko`rsatilganidek, taraflarning kelishuvi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun mustaqil asos bo`lib hisoblanadi. Mehnat shartnomasini bekor qilishning ana shu guruhiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchidan, taraflarning mehnat shartnomsini bekor qilish to`g’risidagi kelishuvi (MKning 97-moddasi 1-bandi). Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari, ya`ni nomuayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuzilgan shartnomalar istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Ikkinchidan, muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga tuzilgan shartnoma muddatning tugashi bilan bekor bo`ladi (MKning 97-moddasi 3-bandi). Agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom etaversa va taraflar birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab qilmagan bo`lsa, shartnoma nomuayyan muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo`lgan xodimning ishda bo`lmagan vaqtiga mo`ljallab tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e`tiboran bekor qilinadi (MKning 105-moddasi).



Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling